8
Funksional belgisiga ko’ra, registrlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Saqlash registrlari
2. Operatsion registrlar
3. Yordamchi registrlar.
Saqlash registrlari ma’lumotlar, komandalar, adreslar va oraliq natijalarni
bevosita protsessorda saqlash uchun xizmat qiladi.
Protsessor va AMQlarning saqlash registrlarini ko’rib chiqamiz.
Ma’lumotlar registri (MR). U ma’lumotlarni xotira
va protsessor orasida
almashinishida 16 razryadli so’zlarni vaqtincha saqlash uchun qo’llaniladi.
Komanda, son yoki simvolni xotiradan protsessorga o’qish jarayonida bu so’z
avval ma’lumotlar
registriga kelib tushadi, so’ngra
yoki komanda registriga,yoki
protsessorning boshqa registrlariga uzatiladi. Ma’lumotlar
protsessordan xotiraga
qayta uzatilayotganda ular avval MRga joylashtirladi va so’ngra xotiraning tegishli
yacheykalariga yoziladi. Ma’lumot so’zi MR da joylashgan vaqtda, u arifmetik va
mantiqiy amallar bajarish uchun qo’llanilishi mumkin.
Akkumlyator (A). A registri protsessorning
asosiy elementlaridanbiri
hisoblanadi. Mashina bir vaqtning o’zida faqat ikki operandlar ustidan arifmetik va
mantiqiy amallar bajarishi mumkin. Odatda,birinchi
operand xotiradan MRga
uzatiladi, bu vaqtda ikkinchi operand xotiradan MRga uzatiladi, bu vaqtda ikkinchi
operand A da joylashadi. Komanda yordamida
berilayotgan amal MR va A
ichidagi operandlar ustida bajariladi
va natija A ga joylashtiriladi, ya’ni to’planib
(akkumlyatsiyalanib) boradi.
Uzatish registri (S). Bu bir razryadli registr bo’lib, akkumlyator to’lib qolgan
holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. U yana siklik ravishda
siljishlarni tashkil qilishda ham qo’llaniladi.
Komandalar registry (KR). Bu registr mashina tomonidan bevosita amal
bajarilishi jarayonida amal kodini saqlab turadi. Komandaning amal kodi KRdan
9
boshqaruv qurilmasiga uzatiladi va deshifratsiyalanadi. So’ngra komandani amalga
oshirish yuzasidan vazifalar bajariladi: operandni o’qish yoki komanda tomonidan
belgilangan amalni bajarish. Komanda so’zining adres qismi adres registrida
saqlanadi.
Operatsion registrlar. Operatsion registrlar saqlashdan tashqari, o’z holatini
ma’lum tarzda o’zgartirish xossasiga ega. Masalan, komanda hisoblagichi, stek
ko’rsatkichi va boshqalar kabi operatsion registrlar xotiraga murojaat qilgandan
keyin o’z holatini bittaga o’zgartiradi.
Yordamchi registrlar. Ular buferlash, qisqa muddatga saqlash va shu kabi
yordamchi amallarni bajarishga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: