RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA DASTURLASH TILLARNI
MUSTAQIL O‘RGANISH VOSITALARI
Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktaranti
Rustamov Umarbek Anvar o‘g‘li,
Ubaydullayev Sa'dulla Xamidulla o‘g‘li
TDPU talabalari
Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko‘p komponentlidir. Ta'lim
samaradorligi pedagog va talabaning faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga,
ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukammalligiga, jamiyatda ilmli
kishilarga bo‘lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan ko‘pgina omillarga bog‘liq.
Jamiyat o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ehtiyojlari asosida ta'lim samaradorligi
yuqori bo‘lishini talab etadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiy strukturalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni
amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon, tadbirkor,
ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Xuddi shu
o‘rinda Prezidentimiz M.Sh.Mirziyoyevning anjumanda so‘zlagan nutqlariga alohida
to‘xtalib o‘tish joizdir. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala –
bu yosharimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan
ham ko‘proq his etadigan kim, bu albatta – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz,
qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib,
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
343
o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya,
tarbiya va faqat tarbiya hisobidan” [3], deya ta’kidlaganlar. Pedagogik amaliyot hamda
tadqiqotlarda qator ish usullari qo‘llab ko‘rildi. Ta'limni muammoli tashkil etish,
ta'limda o‘quvchilarni faollashtirish, hamkorlik pedagogikasi, tayanch bilimlarga
asoslanish, ta'limni optimallashtirish va boshqalar tajribadan o‘tdi. Lekin bu pedagogik
vositalar ayrim o‘qituvchilarda samarali natija bersa ham, uni ommaviy talqinda ta'lim
tizimiga to‘la-to‘kis kirita olmadik desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bugungi kunda dasturlash sohasi ya’ni IT sohasi shiddat bilan rivojlanib
bormoqda. Xatto 2019-yilda paydo bo‘lgan va insoniyat jamiyatlariga jiddiy havf
tug‘dirgan koronavirus ham sohaning rivojlanish tendensiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsata
olmadi. Bunga asosiy sabab sohani o‘rganishdagi keng ko‘lamli imkoniyatlardir.
Dasturlash sohasidagi onlayn ta’lim platformalari ta’lim oluvchilar uchun har qanday
sharoitda ta’lim olishni kafolatlamoqda. Dasturlash tillarini o‘rgatishga mo‘ljalangan
mashhur platformalar qatoriga Udemy, Khan Academy, Sololearn, Dex, W3,
CodeCamp va boshqalarni misol qilish mumkin. Quyida Sololearn platformasining
imkoniyatlariga to‘xtalinadi.
Dasturlash tillarini mustaqil o‘rganishda foydali bo‘lgan mashhur platformalardan biri
https://www.sololearn.com
hisoblanadi. Platformadan foydalanish quyidagicha amalga
oshiriladi.
Platformadan foydalanish uchun dastlab ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
Do'stlaringiz bilan baham: |