Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


Mobil ta’limning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Mobil ta’limning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi. 
Dunyoda masofaviy ta’limni 
tartibga solish nazariyani mobil ta’lim uchun tegishli nazariy asos sifatida qabul 
qilishadi va mobil ta’lim ham qo‘llanilish nuqtai nazardan mantiqan masofaviy 
ta’limning ishlash algoritmlariga asoslanadi. 
Asosan tadqiqotlarda mobil ta’limni qo‘llanilishiga qarab to‘rtga ajratishgan:
1) yuqori darajada masofaviy ijtimoiylashtirilgan mobil o‘qitish,
2) yuqori darajadagi masofali individual o‘qitish,
3) past darajadagi masofali ijtimoiylashtirilgan mobil o‘rganish,
4) past darajadagi masofali individual o‘qitish[5, 12-b].
Mobil ta’limni loyihalashtirish va dasturlashtirish nuqtai nazardan yuqoridagi 
ilmiy qarashlarga ko‘ra sodda ijtimoiylashtirilgan individual mobil ta’lim va murakkab 
ijtimoiylashtirilgan individual mobil ta’lim turlariga bo‘lib o‘rganish mumkin bo‘ladi. 
Bu ma’lum bir ma’noda mobil ta’lim dasturning ta’limy funktsiyasi darajasidan kelib 
chiqqan holda baholanadi. Ta’limiy imkoniyatlar xuddi masofaviy ta’limda 
bo‘lganidek mobil ta’limda ham barcha tamoyillarni o‘zida mujassamlashtirilishi 
nuqtai nazardan baholanadi. 
Tadqiqotlar davomida mobil ta’limning texnik ta’minoti uning dasturiy 
ta’minitiga mos ravishda sinxron rivojlanishda emasligi, mobil ta’lim uchun 
ilovalarning barcha sohalari uchun yetarli emasligi yoki ba’zilari uchun umuman 
mavjud emasligi haqidagi ilmiy maqolalar o‘rganib chiqildi.


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
204 
Mobil ta’lim sifati. 
Mobil ta'lim hamma joyda mavjudlik va bo‘sh vaqtdan 
foydalanish kabi imkoniyatlari boshqa ta’lim shakllariga nisbatan bir qator afzalliklarga 
ega. Ammo ushbu afzalliklar ta’limiy darajasini ko‘rib chiqish uchun mobil ta’limga 
“sifat” va “daraja” degan tushunchalar asosida maxsus so‘rovnomalar asosida tahlil 
qilingach foydalanishga tavsiya etilishi kerak bo‘ladi. Mobil ta’lim tizimlaridagi sifatni 
baholash asosan ikkita toifaga bo‘linishi mumkin: dasturiy ta’minot tizimi va o‘quv 
xususiyatlari sifati[2, 75-b].
 
Hozirgi kunda ta’lim resurslari bozorida aynan mobil 
ta’lim ilovalari asosan ma’lum bir yoshdagi maktabgaha va umumiy o‘rta maktab 
o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan.
 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki mobil qurilmalar uchu 
dasturiy vositalarning eng ommoboplari bu virtual o‘yinlar hisoblanadi. Keyingi 
yillarda har bir dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsulotlarini ommaviylashuv 
reklamasini geymifikatsiya asosida amalga oshirmoqda va bu ta’limy mobil ilovalar 
uchun ham qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
 
Mobil ta’limni ishlab chiquvchilar talabalar ehtiyojlariga mos keladigan tatbiqiy 
nuqtai nazardan sodda dasturlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, ular avvalgi 
o‘quv uslublari va vositalari bilan taqqoslaganda farq qiladigan dasturlarni taklif 
qilishlari va talabalar mobil ta'limning umumiy o‘quv faoliyatidagi afzalliklarini 
tushunishlari kerak[3, 235-236-b.]. 
Mobil ta'lim - bu yangi ming yillik uchun o‘rganishning innovatsion uslubi bo‘lib
ushbu texnologiyaning ta'minoti mobil muhandislar va dasturiy ta'minot ishlab 
chiquvchilari, o‘qituvchilar hisoblanib, bunda talabalar yuqoridagilarni ma’lum bir 
ma’noda sifatini belgilovchilardir [1, 158-b]. Ushbu ta’lim vositasini yanada 
rivojlantirish va takomillashtirish uchun o‘quvchi, talabalarning mobil ta’limni qabul 
qilish haqidagi tasavvurlarini bilishi, takliflarini o‘rganishi va tahlil qilishi juda 
muhimdir. Tahlillar va takliflar odatda dasturiy vositalarni ko‘chirib olishni taklif 
etuvchi virtual bozorda(Play Market, AppStore, Amazon) doimiy qayd etib boriladi.
Ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va har bir ta'lim 
muassasasida virtual o‘quv muhitini yaratish kelajakda yosh avlodni yanada barkamol 
bo‘lib o‘sishiga hissa qo‘shadi. Tadqiqotlar davomida mobil ta’limning texnik 
ta’minoti uning dasturiy ta’minitiga mos ravishda sinxron rivojlanishda emasligi, mobil 
ta’lim uchun ilovalarning barcha sohalari uchun yetarli emasligi yoki ba’zilari uchun 
umuman mavjud emasligi haqidagi ilmiy maqolalar o‘rganib chiqildi.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish