Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Download 1,88 Mb.
bet63/191
Sana31.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#248262
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191
Bog'liq
2 5337152882879761623

Masofaviy ta’lim — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim muassasasidan uzoqda o‘quv dasturidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning texnik vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Kunduzgi o‘qitish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo‘nalishlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy xal etilishi mashgulot (ta’lim jaraѐni) mazmuni, ta’lim shakli metodlari xamda vositalari o‘quvchilarni ma’naviy jixatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunѐqarashni xosil qilish ishiga xizmat qiladi. Ta’lim shakli o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarning tashqi ifodasidir. Єadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiѐt extiѐjlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. xozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda: Ta’limni tashkil etish shakllari

An’anaviy ta’lim shakllari (sinf-dars tizimi) Yakka tartibdagi ta’lim

An’anaviy bo‘lmagan (noan’anaviy) ta’lim shakllari. a) yangi bilimlarni baѐn qilish darsi; b) o‘tilgan materialini mustaxkamlash darsi; v) bilim, ko‘nikma va malakalarni shakillantirish va tekshirish darsi; g) kirish darslari va takroriy umumlashma darslar; d) aralash darsi. Repitito r lik ta’limi a) ma’ruza b) fakultativ v) seminar g) laboratoriya mash½ulotlari; d)ekskursiya; ye)baxs munozara; j)davra suxbati: z)viktorina y)matbuot konferensiyasi: k)mo‘jizalar maydoni va boshqalar.

An’anaviy ta’lim o‘zida XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592- 1670 y) tomonidan asoslangan sinf-dars tizimi moxiyatini aks ettiradi. Mazkur tizim moxiyati quyidagilardan iborat: a) o‘quvchilar ѐshlari va tayѐrgarlik darajalariga ko‘ra sinflar tarzida guruxlanadilar va umumiy ishini bajaradilar: b) o‘quv predmetining mazmuni bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval bo‘yicha keladilarO‘qituvchining dars jaraѐnidagi faoliyati o‘quvchilar tomonidan fan asoslarining o‘zlashtirilishi ularda zarur ko‘nikma va malakalarni xosil bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo‘yilmoqda: 1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi xamda pedagogik jixatdan to‘½riligi; 2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi; 3. O‘qtishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari vazifalari xamda mazmuniga muvofiq keladigan, o‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash; 4. Mash½ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruxli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo‘shib olib borish; 5. O‘qtiuvchining raxbarlik vazifasi bilan o‘quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish; 6. Darslarning o‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo‘lishiga erishish; 7. O‘quvchilarning ѐsh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish; 8. Darsda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish; 9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish; 10.Darsda o‘quvchilar erkinligini ta’minlashga erishish. Bir soatlik darsga mo‘ljallangan dastur o‘quv materiali mazmunini baѐn qilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tashkil etilgan mash½ulot turi dars turi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malaka bilan qurollan- tirishda mash½ulotning asosiy qismini ish½ol qilgan ta’lim shakli u ѐki bu dars turini tashkil etadi

Hozirgi kunda, mamlakatimizda jami 95 oliy ta’lim muassasalari va filiallar faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2016/2017 o‘quv yilida 77 tani, 2017/2018 o‘quv yilida esa 86 tani tashkil etgan.

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalarining ortganligi bilan bir qatorda 51 oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 22 oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi ta’lim va 9 oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakllari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Birgina 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 66 ta, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 48 mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi. Ayni vaqtda 344 ming 790 nafar yosh talabalar safidan joy olgan.

Talabalar sonining ortishi o‘z navbatida professor-o‘qituvchilar sonining ham ortishini taqozo etdi. Respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar soni 2018/2019 o‘quv yilida 25 ming 418 nafarga yetdi.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab 11 oliy ta’lim muassasasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda qo‘shma ta’lim dasturi asosida jami 1 ming 130 nafar talaba tahsil olmoqda.

2016 yilda respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 31,1 foizga kamaygan. Xorijiy mamlakatlar bilan solishtirganda oliy ta’lim muassasalarini akkreditlashtirish uchun ilmiy salohiyat 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim, ilmiy darajani olish uchun xorijdagi talablar 2016 yildagi bir bosqichli tizimga nisbatan ancha past.

2017 yil fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilmiy kadrlarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi va bunga ko‘ra birinchi bosqich falsafa doktori (PhD) xalqaro talablarga muvofiq tayyorlana boshlandi. Doktoranturaga qabul kvotasi 2 marta oshdi. Dissertatsiyani ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi. Natijada dissertatsiya ishlar himoyasi 2017 yilda 2016 yil bilan solishtirganda 2 martaga va 2018 yilning yarim yil natijalari bo‘yicha 2,5 marta ko‘paydi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 2017/2018 o‘quv yilida 34,2 foizga erishildi va 2016 yilning yakuniy ko‘rsatkichlaridan 3,1 foizga oshdi.

2017 yildan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimiga masofaviy o‘qitish shakllari joriy etildi, bugungi kunga qadar 1 ming 855 nafar tinglovchi mazkur kurslarda malakasini oshirdi.

2018 yil davomida maktabgacha ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 14 tayanch oliy ta’lim muassasasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunga qadar 15 ming 110 nafar tinglovchi kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga yuborildi.

Oxirgi ikki yil ichida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar davlat byudjetidan moliyalashtirish hajmining o‘sishiga olib keldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar 83,7 foizga oshdi.

Shu jumladan, 2018 yilda jami 784,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 351,3 milliard so‘m – ish haqiga, 269,0 milliard so‘m – stipendiyaga, 86,3 milliard so‘m – ish haqidan ajratmaga va 78,1 milliard so‘m – boshqa xarajatlarga sarflandi.​


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish