Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Telekommunikatsiya vositalari va internet tarmogi



Download 1,88 Mb.
bet61/191
Sana31.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#248262
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
Bog'liq
2 5337152882879761623

Telekommunikatsiya vositalari va internet tarmogi

Telekommunikatsiya kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.

Kommunikatsiyani tashkillashtirish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:



  • kommunikatsiyani ichki tarkibini aniqlash, ya’ni boshqaruv tizimi elementlari orasidagi informatsiyalarni uzatish kanallarini aniqlash;

  • kommunikatsiyani tashqi tarkibini aniqlash, ya’ni boshqaruv tizimi elementlari orasidagi axborotlarni uzatish kanallarini aniqlash;

  • har bir axborotni uzatish kanalining tarkibini va hajmini va uning maxfiylik darajasini aniqlash;

Kommunikatsiya funksiyalarini tadbiq etish texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:

  • axborotni uzatish kanallari uchun kommunikatsion texnik vositalarni tanlash (tashkiliy talab va moliyaviy zaxiralarni inobatga olgan holda);

  • kommunikatsion texnikani ishlash tartibini aniqlash;

  • kommunikatsion texnikani qullash shakllari va xizmat ko‘rsatuvchilarni sonini va tarkibini aniqlash;

  • kommunikatsion texnikasidan samarali foydalanish maqsadida boshqaruv personalini kvalifikatsion darajasini va tarkibini aniqlash;

Ko‘pgina kommunikatsion texnik vositalar va texnologiyalar uchun yuqorida qayd qilingan masalalarning tekshirilgan yechimlari mavjud (shaxsiy muloqot, majlislarda chiqish qilish va boshqalar). Kommunikatsiya vositalariga quyidagilar kiradi:

  • statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari;

  • telegraf aloqa vositalari va tizimlari;

  • faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari;

  • sputnik aloqa vositalari va tizimlari.

1972 yilda ARPANet tajriba tarmog‘i namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib , barcha kompyuterlar teng huquqli bo‘lishgan va resurslarga faqat faylga murojaat qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin bo‘lgan. 1989 ushbu tarmoq mustaqil tarmoq sifatida tugatildi. A.Proxorovning maqolasida Internet tarmog‘ini tashkil bo‘lishi to‘liq yoritilgan va yuqorida keltirilgan sanalardan farq qiladi. Ya’ni mualliflar bu sohada yagona xulosaga kelishmaganlar.

Umuman olgan Internetni tarmoqlarni tarmog‘i sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

Jeneva SERN (KERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib Xalqaro axborot tarmog‘i – Vorld Vide Veb (VVV) ga poydevor bo‘ldi.

Ushbu kashfiet Dune olimlari tomonidan maxsus Mingyillik sovriniga The Millennium Technology Prize tavsiya etildi.

Ushbu sovrin (The Millennium Technology Prize) – Finlyandiya tomonidan joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin bo‘lib, odamlarni xayotini o‘zgartirishga qaratilgan eng yirik texnologik kashfietlar uchun taqdim etiladi.

Sovrindorlar konkursi har 2 yilda o‘tkaziladi. Ilk bor ushbu sovrinni 2004 yili Tim Berners-Li ga berildi.

2006 yilda Kaliforniya universitetida ishlovchi yapon fiziki professor Syudzi Nakamura berildi. Ushbu olim 1983 yilda svetodiodni (ko‘k, oq, va yashil svetodiodlar va ko‘k lazerlarni) kashf etganligi uchun takdirlanildi. Ushbu kashfiet tejamkorligi bilan odamlarni xayotida keskin berilishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu texnologiya yordamida ixcham axborot omborlarini, ma’lumotlar bazasini saqlashda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

VVV – global gipermatnli tizim bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish Internet orqali bajarilib , uzatish protokoli sifatida HTTP ga asoslangan. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaik grafik brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Neskape brauzerini ishlab chiqdi. Internetdan foydalanishda quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda:

-1981 yilda 213 ta kompyuter

-1983 yilda 562 ta kompyuter

-1986 yilda 5089 ta kompyuter

-1992 yilda 727000 ta kompyuter

-1995 yilda 20 mlndan ortiq kompyuter.

Ya’ni Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni yil sayin oshib bormoqda.

Internet doimo yangilanib boruvchi iqtisodiy fanlar bo‘yicha axborot zaxiralari bazasi hisoblanadi. Internetda axborot izlash tizimi kerakli axborotni qidirish vazifasini yengillashtiradi. Internetda bevosita iqtisodiy gazeta va jurnallarning elektron nusxalari bilan tanishish mumkin. Hozirgi kunda internet orqali masofadan o‘qitish texnologiyasi katta qadamlar bilan rivojlanmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha respublikamizda ham bir talay ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda respublikamizda ko‘pgina provayderlar mavjud , masalan “Naytov”, “Assalom O‘zbekiston”, Ishonch, “Yeastlink”, ”Freenet” . Ko‘pgina korxonalar bevosita provayderlar orqali o‘z kompyuter tarmoqlarini internetga ulab bevosita quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

million iste’molchilarga chiqish imkoni;

sarf-harajatlarni ozligi;

vaqtni tejash;

dunyo bo‘yicha boshqa kompaniyalarga chiqish imkoni.

Bundan tashqari ba’zi-bir firmalar boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ta’sirini kuchaytirishga erishishmoqda. Masalan, Mikrosoft firmasi turizm, avtomobil va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatishga intilmoqda va bu yo‘nalishda o‘z saytlarini kengaytirib quyiadgi saytlarni yaratmoqda: “Yexpedia Site” – bu sayt turizm sohasiga ta’luqli, “Kar-point Site” – mashinalar sotib olish uchun mo‘ljallangan, “Mikrosoft Investia Site” – moliyaviy ma’lumotlarni o‘z ichiga jamlagan sayt.

O‘zbekistonda yaratilgan milliy qidiruv tizimi vvv.uz orqali UzNet domenida joylashgan saytlar haqida ma’lumotlar olish imkoniga egamiz.

Respublikada qabul qilingan dasturlar doirasida hozirgi kunda vvv.gov.uz, vvv.yedu.uz , vvv.ziyonet.uz va boshqa portallar keng rivojlanmoqda. Ushbu portallar orqali nafaqat iqtisodiy balkim yurtimiz xayotiga ta’luqli barcha ma’lumotlar bilan doimiy tanishib borishimiz mumkin.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish