4-MA’RUZA: Toshkent Moliya Institutining Buxgalteriya hisobi sohasiga qo`shgan o`rni
Reja:
2. Buxgalteriya hisobi va audit; Kafedra tarixi
3. O‘quv-uslubiy ishlar
4. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda Ustoz-murabbiylar faoliyati
Tayanch so`z iboralar: Toshkent moliya institute. moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod , O‘quv-uslubiy ishlar
Moliya instituti haqida
Toshkent moliya instituti - moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta fakultet (moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi.
Buxgalteriya hisobi va audit; Kafedra tarixi
Kafedra institutning mutaxassislik tayyorlovchi ixtisoslik kafedrasi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bo‘yicha respublikada bazaviy kafedra hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega. 1931-yilda Toshkent moliya instituti tashkil topishi bilan paydo bo‘lgan.Shu davr mobaynida kafedrada ko`p ustoz murabbiylar faoliyat kursatgan. Hozirgi kunda kafedrani i.f.d., professor A.Karimov boshqarib kelmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001- yil 16-avgustdagi 343-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” bakalavriat yo‘nalishi va “Buxgalteriya hisobi (real sektor bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari va 2017 yilda malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalari yaratilgan hamda takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida jami 24 nafar pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Pedagog-xodimlardan 2 nafari iqtisod fanlari doktori, 1 nafari xizmat ko‘rsatgan professor, 6 nafari iqtisod fanlari nomzodi, 3 nafari PhD, 8 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari o’qituvchilardan tashkil topgan. Kafedraning ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib bormoqda. 2019-2020 o‘quv yilida kafedra ilmiy salohiyati 50 foizni, o‘rtacha yosh 44 yoshni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |