O‘quv-uslubiy ishlar
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasining pedagog-xodimlari ta’lim jarayonida ilg‘or pedogogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishadi. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llaniladi. Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda: 2018-2019 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy hisob va hisobot”, “Moliyaviy hisob”, “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”, “Teoriya buxgalterskogo ucheta”, “Buxgalteriya hisobi” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlanib nashr etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |