Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi.
Kalkulyasiya schyotlari. Kalkulyasiya schyotlari xo‘jalik mablag‘lari - tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tannarx hisoblab chiqilgan, hisob-kitoblar aks ettirilgan jadval (Kalkulyasiya hisob-kitobi odatda jadval shaklida bo‘ladi) kalkulyasiya deb nomlanadi. SHundan kelib chiqib, kalkulyasiyani tuzish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan schyotlar kalkulyasiya schyotlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |