2. Quyma cho’yanlar.
Bu cho’yanlarda uglerodning ko’p qismi erkin holda,
ya'ni grafit tarzida bo’ladi. Bu cho’yanlarni siniq yuzalari kulrang tusda bo’lganligi
uchun kulrang cho’yanlar deb ham ataladi. Ularning oquvchanligining yuqoriligi
qotganda hajmining kam kirishishi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan
pastligi, oson kesib ishlanishi boshqa cho’yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning
uchun ham bu cho’yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng
foydalaniladi. Ular ko’pincha, quymakorlik cho’yanlari deb ham ataladi.
Domna pechlarida olinayotgan cho’yanlarning 10 - 12% ni cho’yanlar tashkil
qiladi.
Quymakorlik cho’yanlarining GOST 4832 - 80 ga ko’ra LK1 - LK7 markali
bo’ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko’ra besh kategoriyaga, fosfor
miqdoriga ko’ra A, B, V, G va D sinflarga va marganes miqdoriga ko’ra uch
guruhga ajratiladi.
3. Maxsus cho’yanlar.
Bu cho’yanlar tarkibida doimiy mavjud
elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho’yanlarga, ferromarganeslarga
ajratiladi. Yaltiroq cho’yanlarning siniq yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun
ular yaltiroq cho’yanlar deyiladi. Bu cho’yanlarning tarkibida 10 - 25% Mn va 2%
Si bo’ladi. Ularning 3CH1, 3CH2, 3CH3 markalari bor.
Ferromarganeslar tarkibida 70 - 75% Mn va 2,5% gacha Si bo’ladi.
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19 - 92% bo’lib, qolgan qismi Al, Mn, Cr,
C, S, P dan iborat. Mahsus cho’yanlar olinayotgan cho’yanlarning 1 - 2% nigina
tashkil etadi. Mahsus cho’yanlardan po’latlar olishda, temir oksidlaridan temirni
qaytarishda qaytaruvchilar yoki legirlovchi elementlar sifatida foydalaniladi.
Cho’yanlarning yuqorida qayd etilgan asosiy hillaridan tashqari legirlangan
cho’yanlar deb ataladigan mahsus xossali hili ham bo’ladi. Bunday cho’yanlar
tarkibiga doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, P va S) dan tashqari ma'lum
miqdorda legirlovchi elementlar (Cr, Ni, Cu, W, Ti, Mo) kiritiladi. Natijada
mexanik xossalari, korroziya bardoshligi yahshilanadi. GOST 1585 - 79 ga ko’ra
bu hil cho’yanlarga CHX9N5,CHX18D3, ACHC -1, ACHV - 1 markali
antifriksion cho’yanlar misol bo’ladi.
Shuni qayd etish kerakki, cho’yanlarning asosiy strukturasidan tashqari
tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo’lishiga qarab ular juda puxta va
bog’lanuvchan cho’yanlarga ham ajratiladi. Juda puxta cho’yanlarni kulrang
cho’yanlardan olish uchun suyuq holatdagi cho’yanga bir oz miqdorda Mg, Se
yoki boshqa elementlar qo’shiladi.
Bog’lanuvchan cho’yanlar olish uchun esa oq cho’yan quymalari mahsus
rejimda yumshatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |