2.1 – rasm.
Domna pechining umumiy ko’rinishi (a) va uning zonalari bo’yicha
temperaturaning taqsimlanish grafigi (b):
1
– koloshnik;
2
– yuklash apparati;
3
–
rubalar;
4
– shaxta;
5
– raspar;
6
– zaplechnik;
7
– o’txona;
9
– cho’yan chiqish
novi;
10
– shlak chiqish novi;
11
– temir ustun.
Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik
konusli eng katta qismi
4
shahta
deb ataladi. Bu qism o’z navbatida silindrik
shaklli qism
5
bilan tutashgan bo’lib, u
raspar
deyiladi. Raspar kesik konusli qism
6
bilan tutashgan bo’lib, bu qism
zaplechik
deb ataladi. Bu qism o’z navbatida
silindrik shaklli qism
7
bilan tutashgan bo’lib, bu qism
o’txona
(gorn) deb ataladi.
O’txona tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar yoki yuqori sifatli
shamot g’ishtlardan ishlanadi.
Pech metall halqali taglik plitaga, taglik esa beton poydevorga o’rnatilgan
bo’lib, temir ustunlar
11
da turadi.
O’thona pechning eng muhim qismidir, chunki unda yoqilg’i yonadi hamda
suyuq metall va shlak to’planadi.
O’txonaning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori qismigacha
(shahtaning balandligi) bo’lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi.
O’thonaning yuqori qismida aylana bo’lib joylashgan bir necha teshiklar
bo’lib, ularga maxsus uskunalar - furmalar
8
pech’ devoridan 150 - 200 mm
ichkariga chiqarilib o’rnatiladi va ular orqali pechga yoqilg’ining yonishi uchun
qizdirilgan havo 0,25 MPa (2,5 atm) gacha bosimda haydalib turiladi. Furmalar
soni pechning hajmiga qarab 16 tadan 24 tagacha bo’ladi. Furmalar mis yoki
alyuminiy qotishmalaridan yasalgan bo’lib, ish jarayonida erib ketmasligi uchun
uning havol devorlari orqali sovuq suv aylantirib turiladi. Furmalarning pastrog’ida
shlak, undan pastroqda esa cho’yan chiqarish novlari 9, 10 o’rnatilgan. O’txonada
yig’ilayotgan cho’yan har 2 - 4 soatda, shlak 1 - 1,5 soatda o’z novlaridan
kovshlarga chiqarib turiladi. Cho’yanni pechdan chiqarish maqsadida 50 - 60 mm
li teshikni ochishda elektr burmashinadan, berkitishda esa utga chidamli
tiqinlardan foydalaniladi. Metallurgiya kombinatlarida bir vaqtda bir necha
domnalar ishlaydi. Urtacha hisobda 1 t cho’yan olish uchun 2035 kg temir ruda,
146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg ohaktosh yuklanib, 3575 kg havo
haydaladi. Natijda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi
ajraladi.
Domnalarning bir me'yorda ishlashi uchun barcha ishlar maksimal darajada
mehanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo’lishi kerak. Bu ishlarni
bajarishda uning yordamchi qurilmalarining (shihtani yuklash apparatlari, havo
qizdirgichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta.
Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisoblash mashinalaridan
foydalanish yuqori samara bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |