Rangli va qora



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

7.8-rasm.
“To’liq il” jarayonining texnologik sxemasi 
Sxemada keltirilgan gidrometallurgik jarayonlarida (quyuqlashtirish, tanlab 
eritish, filtrlash) qo’llaniladigan dastgohlarning qisqa ta’rifini beramiz: 

Quyuqlashtirish
(suvzizlantirish) jarayoni – yanchish jarayonidan chiqqan 
bo’tanadagi ortiqcha suvdan holos bo’lish maqsadida ko’llaniladi. Quyuqlashtirish 
uchun qo’llaniladigan dastgohi 7.9. - rasmda ko’rsatilgan. 


164 
7.9. - rasm.
Quyuqlashtirgich. 
1- silindrik chan; 2- quyuqlashgan mahsulotni chiqaruvchi qurilma; 3- aralashtirgich; 4- 
bo’tanani yuklovchi moslamasi. 
Ko’p hollarda quyuqlashtirgich tubiga cho’kkan mahsulotda 50 % -gacha 
suv qoladi. Quyuqlashish darajasi yanchilgan mahsulotning yirikligiga, zichligiga 
va fizika-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq.
Kerakli metallni keraksiz moddalardan gidrometallurgiya usuli bilan ajratib 
olish uchun kon mahsuloti maxsus sharoitda, maxsus kimyoviy modda 
(reagent)ning suvdagi eritmasi bilan aralashtiriladi. Bunda kerakli metall yoki 
uning birikmasi reagent bilan reaksiyaga kirishib, suvda yaxshi eriydigan modda 
hosil qiladi va metall eritmaga o’tadi. Keraksiz birikmalar esa o’z holicha koladi. 
Bu jarayon – 
tanlab eritish
deb ataladi. 
Tanlab 
eritish 
mexanik, 
pnevmomexanik, 
pnevmatik 
(pachuk) 
aralashtirgichlar bilan ishlaydigan dastgohlarda (agitatorlarda) amalga oshiriladi. 
Tanlab eritish dastgohlari 7.10 – rasmda ko’rsatilgan: 
Xozirgi kunda oltin sanoatida asosan pnevmomexanik aralashtirgichli 
agitatorlar va pnevmatik aralashtirgichli agitatorlar qo’llaniladi. Pnevmatik 
agitatorlar – ”pachuk” deb ham nomlanadi. 
Pnevmomexanik aralashtirgichli agitatorning diametri balandligidan kata 
bo’ladi. Agitatorning markazida, dastgohning tubiga yotmaydigan va tishli 
mexanizm yordamida aylantiriladigan quvur o’rnatilgan. Quvurga bosim bilan 
havo beriladi. Quvurning pastki qismida qumlarni agitator tubining markaziga olib 
keladigan “skreboklar” o’rantilgan. 








165 
a) 
b) 
v) 
7.10. – rasm. Tanlab eritish dastgohlari: 
a – mexanik aralashtirgichli agitator; b – pnevmomexanik aralashtirgichli agitator; v -
pnevmatik aralashtirgichli agitator. 
Pnevmatik aralashtirgichli agitator – “pachuk” 15 m gacha bo’lagan konus 
simon tubli silindrik dastgohdir. Dastgohning ichidagi bo’tanani aralashtirish 
uchun siqilgan xavo ishlatiladi. Siqilgan havo yordamida aralashtirish uchun erlift 
prinsipi foydalaniladi. Havo kompressor yordamida markaziy quvurga beriladi. 
Markaziy quvurda xavo, suyuqlik va qattiq zarrachalarning aralashmasi hosil 
bo’ladi. Markaziy quvurdagi aralashmaning zichligi apparatning boshqa qismida 
joylashgan bo’tana zichligidan kam bo’ladi. Zichliklar o’rtasidagi farq natijasida 
butun massa harakatga keladi. 
Tarkibida oltin mavjud rudalarni sianlash jarayonlari davriy va uzluksiz 
maromda olib borilishi mumkin.
Davriy maromda olib boriladigan jarayonlarda, reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar - ruda (boyitma) va eritma dastgohlarga bir vaqtda yuklanadi va ma’lum 
vaqt davomida ishlov berilgandan so’ng, dastgoh maxsulotdan bo’shatilib, yangi 
turkum ashyolar bilan tuldiriladi. 
Uzluksiz maromda olib boriladigan jarayonlarda qattiq ashyo bilan suyuqliq 
bo’tana holda tanlab eritish dastgohiga uzluksiz beriladi va maxsulotlar undan 
uzluksiz chikarilib turiladi. Buning uchun ketma-ket ulangan dastgoxlardan 
foydalaniladi 7.11 - rasm. 
ҳаво 
ҳаво 


166 

a) 
b) 
7.11 – rasm. Tanlab eritish (sianlash) sxemalari 
a - davriy tanlab eritish sxemasi: 1- aralashtirish usulida tanlab eritish dastgohi; 2- 
yig’uvchi dastgoh; 3- filtr (tanlab eritish jarayoning suyuq va quyuq maxsulotlarini ajratib olish 
uchun).
b – uzluksiz tanlab eritish sxemalari: 1- aralashtirish usulida tanlab eritish dastgohi; 2 - 
filtr (tanlab eritish jarayoning suyuq va quyuq maxsulotlarini ajratib olish uchun). 
Tanlab eritish uzluksiz maromda tashkil etilganda, tanlab eritish dastgohlari 
ketma-ket (kaskadda) o’rnatiladi. Kaskaddagi agitatorlar (pachuklar) soni uchtadan 
bo’lmasligi kerak.
Tanlab eritish jarayonidan so’ng bo’tana filtralanadi va hosil bo’lgan tiniq 
eritmadan oltin ajratib olinadi. Filtralash uchun turli turdagi filtralar qo’llanadi: 
ramali filtralar, baraban simon vakoom filtralar, diskli vakuum filtrlar 7.12 –rasm: 
Bo‘tana 





Бўтана 




167 
a) 
b) 
7.12- rasm. Eritmalarni filtrlashda qo’llaniladigan filtrlar: 
a) barabanli vakuum filtr: 1- baraban; 2 – filtratni (suyuq mahsulotni) olib tashlash trubkalari; 3 – 
pichoq (kekni filtrda kesib tashlash uchun); 4 – bo’tanani chiqaruvchi lyuk; 
b) diskli vakuum filtr: 1- disk; 2- pichoq; 3- ichi kovak val; 4 – diskning sektori; 5 – matoli 
g’ilof. 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish