Rangli va qora


Respublikamizdagi metallurgik korxonalar amaliyotida qo’llanilayotgan



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

Respublikamizdagi metallurgik korxonalar amaliyotida qo’llanilayotgan 
zamonaviy jarayon va uskunalar 
Davlatimiz bir qancha metallarni ishlab chiqarish va ularni zahiralari 
bo’yicha dunyoda etakchi o’rinlarni egallaydi. 
Respublikada bir necha yirik kombinatlar mavjud bo’lib, bu korxonalarda 
yuz minglab malakali kadrlar mehnat qiladi. O’zbekistondagi bu korxonalar asosan 
o’tgan asrning 40-50 yillarida bunyod qilindi. 


223 
Mustaqillikdan so’ng, bu sohada Davlat dasturi asosida metallurgik 
korxonalardagi mavjud uskunalarni takomillashtirish, zamonaviylari bilan 
almashtirish, ishlab chiqarishga zamonaviy uskunalarni qo’llab, yangi istiqbolli 
konlardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan, kambag’al va balansdan tashqari 
rudalardan metall ajratib olishga katta e’tibor qaratildi. Natijada bir qancha ijobiy 
ko’rsatgichlarga erishildi. 
1991 yil 1 oktyabrda O’zbekiston xukumati farmoishi bilan NKMK asosida 
«Qizilqumnodirmetalloltin» davlat konserni tashkil qilindi. Davlat dasturi asosida 
kombinatda fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga tadbiq etib, yuqori sifatli 
maxsulotlar olish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, ekologiyaga zararini 
kamaytirishga katta e’tibor qaratilgan. 
NKMKda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun xorij korxonalaridan 
qolishmaydigan, ayrim ko’rsatgichlar bilan ulardan ham o’tib ketayotgan 
texnologiyalar yaratildi: 
1.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash sitemasi; 
2.
Murakkab strukturali konlarni matematik modelini yaratish va ularni 
zahiralarini kompyuter texnologiyalari yordamida hisoblash; 
3.
Karerdagi avtotransportlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemasi; 
4.
Ruda oqimini sifatini boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemasi;
5.
Sulfidli oltin rudalarini navlarga ajratib boyitish texnologiyasi; 
6.
Tarkibida oltin bo’lgan rudalarni gamma-aktivasion tahlil qilish 
texnologiyasi. 
Kombinatda INTEGRA GROUP kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
sulfidli oltin rudalarini navlarga ajratib boyitish texnologiyasi qo’llanilishi 
quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
-
rudani sifati yaxshilanadi, oltin miqdori o’rtacha ikki marta ortadi; 
-
kambag’al va balansdan tashqari rudalarlan qo’shimcha oltin olish 
imkoniyati yaratiladi; 
Kombinatda rudalarni tarkibidagi oltin miqdorini aniqlashda fan texnikani 
so’nggi yutug’i bo’lgan gamma-aktivasion tahlil qilish uskunasi qo’llanmoqda. U 
ruda tarkibidagi oltinni 0,6 g/t gacha bo’lgan miqdorini aniqlaydi. 
Bu uskuna dunyo amaliyotida birinchi marta NKMKda qo’llandi. Tahlil 
uchun 8 sekund kifoya qiladi, shuningdek boshqa elementlarni ham aniqlash 
mumkin. 
Konlarda dunyoda birinchi bo’lib reagentsiz er ostida uranni tanlab eritish 
texnologiyasi yaratildi va ishlab chiqarishga qo’llandi. Quduqda uranni miqdorini 
lahzali bosim neytronlari usulida aniqlanmoqda. Bu geofizik izlanishlarni 
osonlashtiradi. SHuningdek bunday qurilmalarni xarakatlanuvchi tiplari ishga 
tushirilishi, bu uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga o’tqazib ishlatish 
imkoniyatlarini yaratdi. 
GMZ – 3 da sulfidli rudalarni bakteriyalar yordamida oksidlantirish 
qo’llanmoqda (BIOX

). Bu texnologiya texnikani so’nggi yutug’i hioblanadi.
Maxsus bakteriyalar yordamida sulfidlarni oksidlantirib, oksid rudalarni qayta 
ishlash texnologiyasiga yaroqli bo’lgan maxsulot holiga keltiradi. BIOX



224 
texnologiyasi, horijda qo’llanib kelinayotgan sulfidli rudalarni avtoklavda 
oksidlantirish va kuydirish texnologiyalarini o’rniga ishlatiladi. 
«Zarafshon-Nyumont» qo’shma korxonasida balansdan tashqari rudalarni 
uyali tanlab eritish usulida qayta ishlanmoqda. 
GMZ – 2 markaziy ruda boshqarmasi tarkibiga kiruvchi ulkan ishlab 
chiqarish ob’ekti hisoblanadi. Bu korxona yirikligi bo’yicha Indoneziyadagi 
Grasberg korxonasidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Ittifoq parchalangandan 
so’ng bu korxonani rivojlantirish maqsadida eng yangi texnologiyalar qo’llash 
boshlandi: 
-
turli xil markadagi yangi tegirmonlar, klassifikatorlar, cho’ktirish 
mashinalari o’rnatildi; 
-
dunyo amaliyotida pulpadan oltinni gravitasion-sorbsion usulda ajratib 
olishni ionalmashinish texnologiyasi birinchi marta qo’llandi; 
-
uskunalarni takomillashtirish natijasida natriy sianidni sarfi 400 g/t dan 
200 g/t ga tushdi, bunda oltinni ajratish miqdori ilgarigi ko’rsatgichda qoldi; 
-
tog’ masssini karerdan transportirovka qilishda siklik-oqim texnologiyasi, 
rudani tashishni effektivligini keskin oshiradi; 
Mustaqillikdan so’ng Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli 
metallarni ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va yangi metallarni ishlab 
chiqarish maqsadida kombinat respublika xukumati bilan xamkorlikda korxonani 
texnik qayta qurish va rekonstruksiyalash dasturini ishlab chiqdi. 
Bu dasturga asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: 
-
mis boyitish fabrikasining maydalash boyitish kompleksini horijiy, yuqori 
rentabelli uskunalar bilan rekonstruksiya qilish; 
-
Qalmoqir konida siklik-oqim texnologiyasini qo’llash; 
-
rangli metallarga ishlov beruvchi zavod qurish; 
-
mis eritish zavodini yangi mashalli barbataj eritish texnologiyasini qo’llab 
rekonstruksiya qilish.
O’zbekiston o’tga chidamli va qattiq qotishmalar kombinati so’ngi yillarda 
chet el firmalari bilan hamkorlikda fan-texnikani so’ngi yutuqlari jamlangan bir 
qancha ishlab chiqarish bo’limlarini tashkil qilmoqda, bular: 
-
volfram angidridi, kukuni va shtabiklari ishlab chiqaruvchi; 
-
ammoniy, molibdat, molibden kukuni va shtabiklari ishlab chiqaruvchi; 
-
molibden va uni qotishmalaridan turli xil buyumlar ishlab chiqaruvchi 
qo’shma korxonalar. 
Bundan tashqari yuqori tozalikdagi noyob er metallari: skandiy, skandiy 
oksidi, ittiriy, evropiy, samariy, lyutensiy ishlab chiqarish texnologiyalarini yo’lga 
qo’ymoqda. Bu metallarni faqat zamonaviy jarayonlarni qo’llab olish mumkin. 
Buning uchun kombinatda plazmali tiklash, ultra dispers kukunlar olish 
texnologiyalarini qo’llash kerak bo’ladi. 
Ikkilamchi metallurgiya tarmog’iga kiruvchi va temir chiqindilariga ishlov 
beruvchi O’zbekiston metallurgiya kombinatida ham zamonaviy jarayonlarni 
qo’llashga katta e’tibor berilmoqda: yirik emal sexi ishga tushirilgan, chiqindilarni 
parchalovchi yirik stanlar o’rnatilmoqda, temir-tersaklarni saralashda lahzali tahlil 
texnologiyasi qo’llanmoqda, ikkinchi elektr po’lat eritish pechi ishga tushirildi. 


225 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish