203
ekonomik jihatdan tarkibida ko’p miqdorda glinazem bo’lgan ma’dandan
foydaliroq bo’lishi mumkin.
Asosiy alyuminiy ma’danlariga quyidagilar kiradi: boksitlar, nefelinlar,
alunitlar va kaolinlar. Boksitlar alyuminiyning asosiy ma’dani hisoblanadi.
Boksitlar alyuminiy sanoatining asosiy bazasi hisoblanadi.
Boksitlar murakkab tog’ jinsi bo’lib, tarkibida quyidagi asosiy moddalar
mavjud. Asosiy tog’ jinsini tashkil qiluvchi alyuminiy oksidlarining gidratlari;
temiroksid, oksidgidratlari va karbonatlar ko’rininshdan kremniy-kvars, opal va
kaolinit ko’rinishida; titan-rutin va boshqa birikmalar ko’rinishida.
Boksitning sifati alyuminiy ma’danni singari tarkibidagi glinazem va
kremnizemga qarab aniqlanadi. Tarkibida Al
2
O
3
qancha ko’p va kremnizem SiO
3
qancha kam bo’lsa, shuncha sifatli hisoblanadi.
Al
2
O
3
va SiO
3
ning massa tarkibidagi nisbati boksit modulining deb
yuritiladi. Modul qancha yuqori bo’lsa, boksit ham shuncha yaxshi hisoblanadi.
Klassifikasiyaga binoan boksit markalari B-V dan B-8 gacha bo’ladi.
Tarkibidagi Al
2
O
3
(quruq modda bo’yicha hisoblanadi). 52 % dan to 28 %
gacha, Al
2
O
3
/ SiO
3
(massa bo’yicha) nisbati 12,0 % dan 4,0 gacha bo’ladi.
Glinazem ishlab chiqarishda ishlatiladigan boksit uchun tarkibidagi
oltingugurt va uglerod kislotalari ma’lum miqdorda bo’lishi shart.
Masalan: oltingugurt 0,7 – 1,0%, S – 1,3% dan oshmasligi kerak. Boksitning
Dunyo bo’yicha zahiralari hozirgi kunda 10 mlrd t.ni tashkil qiladi.
Tarkibida alyuminiy bo’lgan tog’ jinslari orasida kaolin va tuproq keng
tarqalgan. Ularning tarkibidagi alyuminiy kaolinit Al
2
O
3
SiO
3
2N
2
O ko’rinishda
uchraydi. Kaolinlarning eng yaxshi navlari tabiatda keng tarqalganligi sharofati
bilan va tarkibida Al
2
O
3
ning nisbatan ko’pligi (36-39 %) uchun glinazem ajratib
olishda xomashyo sifatida ishlatish mumkin.
O’zbekistonda alyuminiy xomashyosining bir nechta to’plangan joyi
mavjud. Ulardan biri Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan gumsoy
konidir. Ma’dan zahiralari 400-500mln. T. bilan baholanadi. Ularning
tarkibidagi alunit 36-55 % ni tashkil qiladi. Alunitning tarkibi K
2
SO
4
Al
2
(SO
4
)
3
4Al(OH)
3
.
Alunit ma’danlarida oz miqdorda oltin Au(0,004 % g/t), kumush Ag(2,0-4,6
g/t), qalay Sn(0,0004-0,03 %), qo’rg’oshin Pb va Rux Zn(0,001-0,1 %), mis
Cu(0,03-0,15 %), hamda simob, molibden, galliy, vismut, ftor va boshqalar
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: