Rahmanova z


-rasm. Zich tolali biriktiruvchi to’qima (V.G.Yeliseyevdan) 1



Download 6,85 Mb.
bet23/50
Sana14.07.2022
Hajmi6,85 Mb.
#800015
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
9 3 Umumiy gistologiya (Raxmanova Z) Amal

13-rasm. Zich tolali
biriktiruvchi to’qima (V.G.Yeliseyevdan)
1-birlamchi tutam, 2-ikkilamchi tutam, 3-uchlamchi tutam,
4-hujayralar, 5-tolalar.


Sinov uchun savollar

1.Biriktiruvchi to`qimalarga kaysi to`qimalar kiradi?


2.Mezenxima to`qimasi kanday tuzilgan?
3.Retikulyar to`qima organizmning kaysi kismlarida uchraydi?
4.Siyrak biriktiruvchi to`qima kanday tuzilgan va organizmning kaysi kismlarida uchraydi?
5.Zich biriktiruvchi to`qimasi tuzilishini aytib bering.
Qon

Qon odam va xayvon organizmida muxim ahamiyatga ega bulgan muxim


to’qimalardan biridir. Kon gistostrukturasi jixatidan hujayralar va plazmadan iborat. Qon haqida gapirganda qon yaratuvchi a’zolar-ko’migi limfa tugunlari, taloq haqida ham gapirishga to’g`ri keladi. Bularni alohida ajratib o’rganish mumkin emas, chunki istasangiz-istamasangiz biri haqida gap borganda ikkinchisini ham qisqacha bo’lsa ham tilga olib o’tishga tug`ri keladi. Qon hayvonlarda bo’lsin, odamda bo’lsin doim harakatlanib turadi. Shu harakati jarayonida uning tarkibi doim o’zgarib turadi. Shu jihatdan qaraganda, qon yaryatuvchi organlardagi qonning tarkibi bilan tomirlarda aylanib yurgan, ya’ni periferik qonning tarkibi o’rtasida biroz farq bo’ladi.
Qo’sh, qon o’zi nima, u nimadan paydo bo’ladi? Ma’lumki, organizmning embrion rivojlanishi davrida ektoderma, entoderma va mezodermadan tashqari, ular oralig`ida mezenxima deb ataluvchi embrion to’qimasi ham rivojlanadi. Kelajakda mazkur to’qimadan bir qator yangi to’qimalar rivojlanadi. Binobarin, qon va limfa ham ana shu mezenxima hujayralaridan rivojlanadi.
Mezenxima hujayralari, odatda, protoplazmatik o’simtalarga o’xshash bir nechta o’simtalari bilan o’zaro tutashib, to’rsimon shaklda tuzilgan. Bularning hammasi kamtabaqalangan hujayralar qatoriga kiradi. Hujayralarning orasini yarim suyuqlik holatida bo’ladigan modda to’ldirib turadi. Mezenximaning turli qismlaridagi hujayralarning ko’payishi va tabaqalanishi embrionda har xil to’qimalar rivodlanishiga olib keladi. Bular jumlasiga qon va limfa, ularning tomirlari, shaklli elementlar hamda suyuqliklari kiradi. Qon va limfaning boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farqi organizmning ichki muhitini ta’minlashda ishtirok etishdir. Embrion rivojlanish davrida oldin qon tomirlar sistemasi, so’ng limfa sistemasi paydo bo’ladi. Qon va limfa o’zining tarkibiy tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshash moddalardir. Masalan, qon asosan suyuq plazma va unda erkin suzib yurgan shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfa tomirlari o’z suyuqligini qon tomirlarga quyib, uni har tomonlama to’ldirib turadi (limfa haqida tegishli paragrafga qarang). Qon organizm uchun muhim bo’lgan bir necha xil vazifalarni bajarishi hammaga ma’lum. Shulardan birinchisi uning trofik (oziqlantiruvchi) vazifasi bo’lib, ichaklardan qonga so’rilgan barcha oziq moddalarni organizmga tarqatib beradi va to’qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan chiqindi moddalar organizmdan tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi.
Ikkinchisi, organizmda gazlar almashinuvi (nafas) jarayonini ta’minlaydi, ya’ni qon o’pka pufakchalari (al’veolalari) dan kislorod biriktirib olib, organldar to’qimalariga tarqatadi va u yerdan karbrnat angidrid gazini olib, o’pka orqali tashqariga chiqaradi. Bu vazifani asosan qizil qon tanachalari-eritrositlar bajaradi.
Uchinchisi, organizmda himoya vazifasini bajaradi. Bu vaifani bajarishda qon tarkibidagi bir nechta elementlar ishtirok etadi. Masalan, qonning oq qon tanachalari-leykositlar fagositoz xususiyatiga ega, ya’ni organizmga tashqaridan tugan har xil mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Kasallik tufayli nekrozga uchragan, organizm uchun yot moddalarga aylangan hujayralarni yutadi. Qonning ba’zishaklli elementlari har xil immunitet hosil qiladi. Qonning mana shu xususiyati tufayli organizm sog`lom bo’ladi.
Bundan tashqari, qon organizmda bir nechta gumoral vazifvani ham bajaradi. Ekdokrin va nerv sistemasi bilan birga u organizmning ichki turg`unligini (muhitini), ya’ni gomeostazini saqlab turishda ham ishtirok etadi.
Qon tuzilishiga ko’ra ikki qismiga bo’lib o’rganiladi: suyuq qismi-plazma va unda erkin suzib yuruvchi shaklli elementlar-eritrositlar, leykositlar va qon plastinkalari- trombositlar. Qon plazmasi hajmi jihatidan qonning 55-60% ni, shaklli elementlari 40-45%ni tashkil etadi. Qonning umumiy massasi odam organizmining taxminan 7% ni tashkil etadi. Masalan, massasi 70 kg keladigan odamda taxminan 5-5,5 l qon bo’ladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish