RAHMANOVA Z.P.
UMUMIY GISTOLOGIYADAN AMALIY MASHG`ULOTLAR
SAMARQAND - 2010
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMAQAND DAVLAT UNIVERSITETI
UMUMIY GISTOLOGIYADAN AMALIY MASHG`ULOTLAR
Oliy o`quv yurtlari biologiya va ekologiya yo`nalishi bakalavriyat bosqichi talabalari uchun o`quv-uslubiy qo`llanma sifatida tavsiya etilgan
Samarqand - 2010
Umumiy gistologiyadan amaliy mashg`ulotlar Uslubiy qo`llanma - Samarйand: SamDU nashri, 2010.- 90 bet.
Umumiy gistologiyadan amaliy mashg`ulotlar uchun mo`ljallangan mazkur uslubiy qo`llanma yangi zamonaviy o`quv dasturi asosida umumiy gistologiya fanidan tayyorlangan. U to`qima va organlarning tuzilishi, funksiyasi haqida talabalarga tushuncha berish, gistologik preparatlarni mustaqil o`rganish kabi mavzularga bag`ishlangan. Uslubiy qo`llanmada keltirilgan barcha ma’lumotlar talabalarning nazariy darslardan olgan bilimlarini to`ldiradi va mustahkamlaydi.
Mazkur fandan o’zbek tilida adabiyotlar kamligi tufayli har bir amaliy mashg`ulot oldindan o`rganiladigan to`qima to`g`risida qisqacha nazariy tushunchalar bilan boyitilgan.
Mas’ul
muharrir: biologiya fanlari nomzodi,
dos. Jabborov A.R.
Tuzuvchi: Z.P. Rahmanova
Taqrizchilar: Samarkand Davlat Universiteti Zoologiya kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi,
professor J.L. Laxanov
O’zbekiston Qorakulchilik va cho`l ekologiyasi
ilmiy tadqiqot instituti professori
q/x.f.d.: Yusupov S.Yu.
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
SO`Z BOSHI
Umumiy gistologiya fani biologiyaning bir bo`limi bo`lib, universitetlar biologiya fakultetlarida umumiy kurs sifatida o`qitiladi.
Keyingi yillarda biologiya va gisologiya bilan aloqador boshqa fanlar to`xtovsiz rivojlanib borayotganligi tufayli gistologiya fani o`qitilishiga talab va ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Nazariy va amaliy mashg`ulotlarda asosan umumiy gistologiyaga doir mavzular o’rganiladi. Shu bilan birga bu soxadagi adabiyotlarni, o`quv qo`llanma va uslubiy qo`llanmalarni yangi o`quv dasturi asosida tayyorlash va chop etish dolzarb xisoblanadi.
Umumiy gistologiyadan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`tishga mo`ljallangan o`quv va uslubiy qo`llanmalar juda kam. Mavjud o’quv va uslubiy qo’llanmalar soni esa juda kam bo’lishi bilan birga, zamonaviy texnologiyalar talabalariga javob bera olmaydi.
Umumiy gistologiyadan amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan ushbu uslubiy qo’llanma Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya etgan o’quv dasturi asosida tayorlangan.
Uslubiy qo’llanmani yozishda E.Qodirovning «Gistologiya» (1994), K.A. Zufarovning «Gistologiya» (1982), I.V. Almazov, Ya.S. Sutulovning «Atlas po gistologii i embriologii» (1978), L.A. Almatov, N.A. Allanazarovalarning «Umumiy gistologiyadan laboratoriya ishlari» (1995) va boshqa risolalarda foydalanildi.
Qo’llanma Oliy o’quv yurtlari biologiya va ekologiya yo`nalishi bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo’ljallangan.
Muallif
Do'stlaringiz bilan baham: |