8-rasm. Ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy to’qima.
1-tashqi qatlam, 2-o’rta qatlam, 3-o’suvchi qatlam, 4-biriktiruvchi to’qima.
O’zgaruvchi epiteliy. O’zgaruvchan epiteliy bajaraligan fiziologik vazifasiga ko’ra doim taranglashib va bo’shashib turadigan organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Bularga buyrak jomi, buyrakning kichik va katta kosachalari, qovuq, siydik chiqarish yo’llari kiradi. Bunday epiteliy prostata bezining yirik chiqaruv kanalchalari devorida ham uchraydi. Demak, o’zgaruvchi epiteliyning gistologik tuzilishi shu organlarning bajaradigan vazifasiga batamom moslashgan bo’ladi. Qovuq sekin-asta to’lishi bilan uning hujayralari yassilanib boradi, bo’shashishi bilan esa yana o’z holiga qaytadi. Binobarin, hujayralarning shakli bir shakldan ikkinchi bir shaklga o’tadi.
O’zgaruvchan epiteliyning ikkinchi fiziologik xususiyati shundan iboratki, uning ayrim hujayralari sekret ishlab chiqarib, epiteliy yuzasini (qovuqning ichki yuzasini) konsentrlangan siydik moddasining zaharli ta’sirirdan saqlab turadi. Sekretning har qismi siydik bilan aralashib, uni deffuziya holatdagi suyuqlikka aylantiradi va shu bilan organizm uchun zaharli bo’lgan siydikning qayta so’rilishiga to’sqinlak qiladi.
O’zgaruvchan epiteliyning gistologik tuzilishi hozirgi vaqtgacha yaxshi o’rganilmagan. Ayrim olimlar mazkur epiteliyning har bir qavatidagi hujayralar oyoqchasimon ingichka o’simtalar yordamida bazal membrana bilan bog`liq bo’ladi, deb uni ko’p qatorli epiteliyga kiritadilar va bir qavatli, ko’a qatorli o’zgaruvchan epiteliy deb yuritadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa bu epiteliyning gistologik tuzilishini ko’a qavatli epiteliy tuzilshiga o’xshatadilar.
Umuman olganda, gistologik tuzilishi jihatidan bu epitely uch qavat hujayralardan tashkil topgan: oraliq qavat: yuqori qavat yoki qoplovchi hujayralar qavati. Har bir qavat hujayralari shakli, yadrosining joylashishi va hujayra kiritmalarining tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
1. Bazal hujayralar qavati mayda, kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan tashkil topgan. Ular doim mitoz yo’li bilan bo’linib turadi. Bazal membrana ustida joylashgan, shuning uchun ham bazal hujayralar deyiladi. Chegaralari aniq emas, har xil shaklga ega, sitoplazmasida hamma organlar mavjud. Ayniqsa, endoplazmatik tur va uning ribosomalari yaxshi rivojlangan. RNK ning miqdori boshqa hujayralarnikiga nibatan ko’p. Mayda bazal hujayralar orasida ulardan yirikroq, lekin bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydigan, sitoplazmasida RNK kam bo’lgan hujayralar ham uchraydi.
2. Oraliq qavat hujayralari noksimon yoki shakli noto’g`ri bo’lib, bir yoki ikki qavatni tashkil etadi. Ular ingichka, sitoplazmatik o’simtadan iborat oyoqchalari bilan bazal membranaga tutashib turadi. Sitoplazma qismi bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydi, ya’ni bazofil xususiyatini yuqotadi. Yosh hayvonlarda bu bir qavat hujayralardan tashkil topgan bo’ladi, hayvonlarning yoshi kattalashgan sari ikki qavatga aylanadi. Hujayralar bir-biriga nisbatan zij joylashishiga qaramasdan, ularning chegarasi yaxshi ko’rinib turadi.
3. Yuqori, ya’ni qoralrovchi qavat, bir-biriga nisbatan qavat hosil qilib tuzilgan, shakli piramidasimon hujayralardan iborat. Mitoz yo’li bilan ko’payish natijasida ko’p yadroli hujayralar yaxshi ko’rinadi, yadrolarning soni ikkitadan o’ntagacha bo’lishi mumkin.
Yuqori qavat hujayralar organlarining bajaradigan vazifasiga qarab o’z shaklini o’zgartirib turadi. Ichi siydikka to’la qovuqda hujayralar yassilanib borsa, u bo’shashi bilan pirmidasimon shaklga kiradi. Hujayralarning apikal qismida kutikula shaklaida jiyak bo’lib, ustki qismi mukopolisaxaridlar, ya’ni sialomusin moddasi bilan qoplangan bo’ladi.
O’simlik bilan oziqlanuvchi hayvonlarning siydik pufagida shilliq parda yaxshi rivojlangan bo’lib, o’rta qavat hujayralarining stioplazmasida ham sekrektor tomchilari uchraydi. Gistoximyaviy metodlar va elektron mikroskopda o’rganish natijasida yuqori qavat hujayralari orasida sekretor hujayralar borligi aniqlangan. Buday hujayralar qo’y, maymun, ot va boshqa hayvonlarning siydik pufagida (qovug`ida) ham uchraydi. To’qima yuzasiga ishlab chiqarilgan shilliq modda to’qimani siydikning zaharli ta’siridan himoya qiladi va siydik tuzlari bilan aralashib, ularning cho’kishiga, uzoq turib qolishiga to’sqinlik qiladi.
O’zgaruvchan epiteliyda regenerasiya jarayoni muttasil sodir bo’lib turadi. Siydikni analiz qilib bunga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatda, sog`lom odamning siydigi tarkibida epiteliy hujayralari usraydi. Ular to’qimaning yuqori qavatlaridan tushib turgan hujayralardir (fiziologik regenerasiya). Har xil patologik jarayonlarda mana shu regenerasiya tezlashishi va siydik tarkibidagi epiteliy hujayralari soni ortib ketishi mumkin (reporativ regenerasiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |