14.2. Adibning hayoti va faoliyati
Podshohxoja 1480-yilda Xurosonning Niso viloyatida zamonasining yetuk ziyolilaridan blgan, turkiy va fors-tojik tillarida dilbar she'rlar hamda nasr namunalarini ijod etgan Abdulvahobxqja binni Sulaymonxoja oilasida dunyoga keladi. Manbalarda ma'lumot berilishicha, bu kishining shajarasi turk mashoyixlaridan Zangi otaga, undan esa Ahmad Yassaviyning ustozlari Arslonbobga borib taqalgan. Abdulvahobxoja Buraxonning qizi Anbar onaga uylangan va Niso viloyatida istiqomat qilgan. Uning «Orif» taxallusi bilan ijod qilganligi ilohiy va irfoniy ilmlardan yaxshi xabardor bIganligidan dalolat beradi.
Oila muhiti Podshoxojani ilmga havasini juda erta uyotgan krinadi. Ma'lumotlarga ko(ra, u dastlab otasi qlida, keyinchalik Niso va Marv
madrasalarida tahsil oladi. Fozil kishilar xonadonida tarbiya topgan Podshoxoja adabiyot bilan birga fiqh, tasawuf, riyoziyot va handasani puxta rganadi. Uning yoshlik yillari Husayn Boyqaro saltanatining tobora inqirozga yuz tuta boshlagan davriga tri keladi, Tarixdan ma'lumki, Badiuzzamon Mirzoning li qatl etilgandan sng (1497 yil oktabr) ota-il, aka-ukalar rtasidagi adovat yanada alangalanadi. Badiuzzamon Mirzo va uning tarafdorlari blgan temuriy shahzodalar otalariga qarshi qilich qayrab jang maydoniga otlanadilar. Bu davrlarda, aniqroi, 1496-yildan Podshoxoja rasmiy lavozimlarda faoliyat krsata boshlaydi. U Niso va Obivard hokimi Kepak Mirzo (asli ismi Muhammad Muhsin Mirzo) tomonidan vaqf mulki hisob-kitoblarini yurgizuvchi — sadrlik lavozimiga tayinlanadi. Podshoxojaning bu muhim vazifaning necha yil davomida ado etib kelgani haqida ma'lumotlarga ega emasmiz. Biroq tarixiy voqealarga tayanib shuni aytish mumkinki, yosh shoir bu faoliyatini uzoq yillar davom ettirgan emas. Shayboniyxon 1507-yilda Hirotni z tasarrufiga tkazgach, Kepak Mirzo hamda Abumuhsin Mirzo Mashhad yaqinidagi mavzelardan birida Shayboniyxonning li Temur Sulton va Ubaydulloxon tomonidan asir olinib qatl etiladi. Shuningdek, bu ikki shahzodaning yaqinlari ham shu davrda yo asir olingan, yo ldirib yuborilgan. Xoja 1500-yildanoq temuriylarga xizmat qilishni txtatgan krinadi. 1508-yilning aprel oyida Shayboniyxon Movarounnahrga qaytayotib, Nisoda txtaydi va Hirotdan Muhammad Solihni chaqirtirib, uni shu viloyatning hokimi etib tayinlaydi. Bu davrda Podshoxoja yetuk shoir va adib sifatida ancha tanilgan edi. Shayboniyxon unga Durun nohiyasining hokimligini ishonib topshiradi. 1508-1510-yillarda adib Valiahd Temur Sultonga baishlangan «Miftoh ul-adl»
nomli asarini yozadi.
1510-yilda Muhammad Shayboniyxon Hirotni Ismoil Safaviy qshinlariga jangsiz topshirib, mustahkam istehkom sifatida Marvga chekinadi. U yaqin atrofdagi hokimlar, jumladan, Xojani z oldiga chaqiradi. Shu yilning 10-dekabrida esa u qurshovda qolib, fojiali Hm topadi. Ubaydulloxonning z vaqtida yetib kelishi Xoja, Shayboniyxonning boshqa a'yonlari va ichkilarini limdan qutulib qolinishiga sabab bladi.
Bu mudhish voqealardan keyin, Xoja bir muddat Samarqandda, 1513-yilning oxiridan Buxoroga kelib yashay boshlaydi. 1514-yilgacha u
asos blgan. Biz «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» asarlarining o*ziga xos xususiyatlarini MMirzaaxmedovaning fikrlariga tayanib yoritishga harakat qilamiz (Bu haqda mufassal ma'lumot uchun qaralsin — Mirzaaxmedova M. Xoja. Hayoti va ijodi. Toshkent: «Fan», 1975, 35-59-betlar).
«Gulzor» kichik muqaddima, kitobning tasnifi va ta'lifi bobi hamda davlatni boshqarishda insof va adolat bilan ish krish, raiyatga munosabat, axloq-odob masalalariga baishlangan qirqqa yaqin hikoya tplamlaridan tashkil topgan. Asar yagona voqealartizimiga ega emas. Asarda hikoyalardan tashqari bir qancha qifa, ruboiy, rnasnaviy, azal va boshqa janrdagi kichik she'riy parchalar mavjud. Kitob sngida she'riy xotima berilgan.
«GuIzor» asaridan rin olgan nazmiy parchalar Xoja hikoyalarida ilgari surilgan oyaviy mazmunni muayyanlashtirish, qissadan hissa chiqarishga xizmat qildirish maqsadida bitilgan.
«Miftoh ul-adl» n besh bobdan iborat blib, unda olimlar, odil sultonlar, zolim podsholar va diyonatsiz beklar, hukmdorlarga mute' blmoqlik, shohlarning beklar va vazirlar bilan mashvarat qilmoqlari, hukm chiqarmoq bayoni singari mavzulardagj ijodkorning mulohazalari hadislarga tayanilgan holda keltiriladi, ana sha fikrlar tasdii uchun turli hikoyalaiga rin beriladi (1-7-bobIar). Bular orasida «Iskandar va Marib sulton», «Iskandar va Doro», «SuIton Mahmud, vazir va ikki boyqush», «Sulton Mahmud aznaviy va Ayozi Xos», «Bahrom Gr, uning vaziri Rostiravshan va cho'pon», «Mahmud aznaviy va tolibul ilm», «Nshiravon va Ozaibayjon begi», «Mmin podshoh va tundagi rilai» singari asar tadqiqotchilari tomonidan shartli nomlangan hikoyalar muhimdir. Tplamning 8-15- boblarida da'vo qilmoq, ont ichmoq, rilik, zino laddi, quzb haddi, ta'zir haddi, azot haddi, sayd qilmoqning bayoni cabi xilma-xil masalalar haqida adibning mulohazalari keltiriladi.
«Miftoh ul-adl» va «Gu!zor»dagi ko*plab hikoyalarning bosh qahramonlari hukmdorlardir. Xoja z davrining yirik jamoat aibobi, 'eshqadam din peshvosi sifatida diniy qadriyatlardan nur olgan, Qur'oni arirn hamda hadisi sharif oyalari badiiy ifoda etilgan kichik nasriy urdonalari bilan zamon hukmdori, shayboniy shahzodalarga pand-nasihat qilishni nazarda tutadi. Shu bois uning hikoyalarida podshoh, vazir va beklar timsoliga tez-tez murojaat qilinadi. Ayniqsa, adib Iskandar va Nshiravonning ibratli siymosini adolat timsoli darajasiga ktarishga
harakat qiladi. Hikoyalaridan birida tasvirlanishicha, bir viloyat hokimining odilligi va yurtining ma'murligi Iskandarni hayratga soladi. Unda hikoya qilinishicha, Iskandar Zulqamayn bir viloyatga boribdi. U yerda suruv-suruv qylar blib, chponi yq ekan, mevalari pishib yotgan bolar bor-u, boboni yq ekan, mol-matolarga tla dkonlar bor-u, sotuvchi hamda qorovuli yq ekan. Iskandar bu viloyatning tartib-qoidalaridan nihoyatda taajjublanibdi. Shunda u viloyatning podshohi: «Bizning oramizda biror kishi muflis (qashshoq) blsa, barimiz yiilib, mol jam qilib, ul kishini mol va amvol bilan hamda jamiyatda zlarimiz birlan teng qilurmiz...»,-debdi. Iskandar bu viloyatning tartib-qoidalaridan oyat shod va mamnun blibdi.
Iskandan Zulqarnayn adolati bilan dong taratgan hukmdor blsa-da, viloyat hokimi bu borada undan yanada tajribaliroq blib chiqadi. Adib mulkning ma'murligi-yu, xalqning saodati hukmdoiga boliqligini keltirilgan ixcham hikoyada badiiy tasvir etadi. Hukmdor va xalqning bir-birini yaxshi anglashi, ularning zaro jipsligi nurli kelajakka asos blsa, noahillik esa mamlakatni vayron etib, ulus boshiga qonli musibatlar keltirishi tarixiy haqiqatdir. Adib zamonasining yirik mutafakkiri sifatida ayni mavzuda juda kplab hikoyalar ijod etgan. Bular orasida «Nshiravon va Hakim» tarzida shartli nomlangan quyidagi hikoya nihoyatda ibratlidir:
Nshiravon beklari va hakimlarini yiib, xalq bilan qanday munosabatda blish haqida kengashganida, beklar xalqdan olinadigan soliqni kpaytirib, qshinni mustahkamlash kerak, deydilar. Donishmand Abuzarjumhur esa, bu xato yldir, bu yo'1 el-yurtni ham, davlatni ham xonavayronlikka olib boradi, deydi. Uning taklifi bilan beklar bir joyga, uning zi boshqa bir joyga ovga chiqadilar va shikorlarini (ovdan olingan ljalarini) podshoga keltirib beradilar. Beklar birinchi kuni kp ov ovlaydilar, biroq ikkinchi kuni ljasiz qaytadilar. Chunki birinchi kundagi dahshatli ov hayvonlar va qushlarni tzitib, qrqitib qygan ediki, tum-taraqay qochib, oyib blishadi. Donishmand esa oz blsa ham, har kuni ma'lum lja bilan qaytadi. Podsho uning oliq-soliqni kpaytirishga qarshi e'tirozi tri ekanini e'tirof qilib adolat bilan ish kradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |