Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Alisher Navoiy «Majolis un-nafois». Zahiriddin Muhammac Bobur «Boburnoma». Zayniddin Mahmud Vosifiy «Badoye' ul-vaqoyeV Xondamir «Habib us-siyar». Hasanxoja Nisori> «Muzakkir ul-ashob». Somiy «Tuhfai Somiy». Mirzo Haydai «Tarixi Rashidiy». Lutf Alibek Ozar «Otashkada». Herman Vamberi. P.M.Melioranskiy. Nasrullo Davron. Ergashali Shodiyev. Amir Nur Saidbek. Abu Said Mirzo. Husayn Boyqaro. Abdurahmon Jomiy. Muhammad Shayboniyxon. Mullo Shodi^ «Fathnomai xoniy». Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma», «Futuhoti xoniy», Rzbexon «Mehmonnomai Buxora». «Tavorihi guzida - nusratnoma*. Xonikaxon. Alachaxon Abulmakorim. Chin Sfi.
Adabiyotlar
LAlisher Navoiy. Majolis un-nafois. Mukammal asarlar tpIami. 20 tomlik, 13-jild. Toshkent: «Fan», 1996.
2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobumoma. Toshkent: «Fan»-1960.
3. Ibrohimov A. XVT asr zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari. Toshkent: «Fan», 1976.
4. Mallayev N. zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: «O'qituvchi», 1976, 609-633-betlar.
5. Nisoriy Hasanxoja. Muzakkiri ahbob. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
6. Muhammad Solih. Shayboniynoma. Toshkent: .G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989.
7. zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 3-tom. Toshkent: «Fan», 1978, 88-104-betlar.
8. zbekadabiyoti. Kptomlik. 3-tom. zDBAHToshkent, 1959,803bet
XIV - BOB XOJA - HIKOYANAVIS ADIB
14.1. Xoja va uning adabiy merosining rganilishi tarixi
Xoja taxallusi bilan ijod qilgan ulu mutafakkir adib va shoir Ibodulla Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahobxoja zining muhim ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy mazmunda bitilgan kichik nasriy hikoyalari bilan shuhrat qozongan yirik ijodkordir. Adibning hayoti va Ijodiy faoliyati haqida uning z asarilari «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» hamda XVI asr adabiy hayot oynasi blgan Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkirul-as'hob» tazkirasida ma'lumot keltiriladi.
Kichik nasriy hikoyalardan tashkil topgan «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti»), «Gulzor» singari asarlar hamda «Maqsad ul-atvor» nomli pand-nasihat mazmunidagi doston ijod etgan bu ulu so'z san'atkorining hayoti va ijodiy faoliyati asosan XX asrning birinchi yarmidan rganila boshlandi. Bu boradagi dastlabki izlanishlarni taniqli adib va adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Xojaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasini yozgan olima Maiuba Mirzaaxmedova bu haqda quyidagi mulohazalarini bayon etadi: «Fitrat tomonidan «Miftoh ul-adl» hikoyalarining nashr etilishi Xoja ijodini rganish va unga dastlabki qiziqish boshlanishidan darak beradi» (Mirzaaxmedova M. Xoja. Toshkent: «Fan, 1975, 5-b.). Tadqiqotchi A. Fitrat, N.Mallayev, V.Zohidov, S. Qosimov singari adabiyotshunoslarning bu boradagi izlanishlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. A.Fitrat «O'zbek adabiyoti namunalari» (Toshkent - Samarqand, 1928) majmuasida «Miftoh ul-adl»dan sakkizta hikoyaga rin beradi. Biroq olim asar noma'lum qalamkash tomonidan ijod etilganligini e'tirof etadi. Shuningdek, u «Miftoh ul-adl»ning yozilgan davrini XIV asr sifatida krsatadi. Bu fikr keyingi yillarda nashr etilgan majmualarda, hatto taniqli sharqshunos olim E.E.Bertels tadqiqotlarida ham z hukmronligini saqlab qoladi (Qarang: sha kitob. 3-12-b.).Adabiyotslmnos V.Zohidov Xoja va uning asarlari haqidagi maqolalarida «Miftoh ul-adl» XVI asrning taniqli adibi Xoja tomonidan Shayboniyxonning li Muhammad Temur Sultonga baishlab yozilganligini ma'lum qiladi (Zohidov V. «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» haqida. «O'zbek adabiyoti tarixidan (mualiiflarning maqolalartplami).
Toshkent, 1961). Shuningdek, olim S.G'aniyeva bilan hamkorlikda har ikkala asardan namunalarni nashr ettirdi (Poshshoxja. «Miftoh ul-adl» va «Gulzor»dan. Toshkent, 1962,). Adibning hayoti va faoliyatiga oid mavjud fikrlarga aniqlik kiritish adabiyotshunos AJbrohimovning ilmiy izlanishlarida ham kzga tashlanadi. Tadqiqotchi «Xoja hayoti va ijodi haqida ba'zi ma'lumotlar» («O'zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1965 yil, 4-son)nomli maqolasida Hasanxoja Nisoriy adibning li ekanligini keltirilgan asosli dalillar bilan isbotlaydi. Xojaning hayotiga doir birmuncha mufassalroq ma'lumotlar Ismoil Bekjonning «Shoir va davlat arbobi» («O'zbekiston adabiyoti va san'ati» haftanomasi. 1991 yil 15 mart) nomli maqolasida uchraydi.
Ulu adib va shoir, zamonasining yirik davlat arbobi bIgan Xojaning hayoti, ijodiy merosining rganilishi tarixidan ayon bIadiki, bu borada adabiyotshunosligimiz oldida yechimini kutib turgan muammolar hali juda kp. Awalo, adib asarlarini tIa holda qayta nashr etish davrimizning kechiktirib blmaydigan vazifalaridandir. Shuningdek, adibning ijodiy merosi yuqorida nomlari keltirilgan qator maqolalar va M.Mirzaaxmedovaning risolasida ham adib hikoyalari davr mafkurasi nuqtai nazaridan tahlil jarayoniga tortilganligini unutmaslik lozim. Bulardan tashqari, ularda ilohiy-irfoniy mazmunda bitilgan hikoyalarni tahlil etishdan ochiq-oydin voz kechilganligi kzga yaqqol tashlanadi. Aytilganlarni inobatga olib, biz ham mavjud manbalar asosida ijodkorning hayoti va ijodi haqida fikr yuritishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |