Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 YUGURIB KELIB UZUNLIKKA SAKRASH



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Bog'liq
engil atletika

6.8.2. YUGURIB KELIB UZUNLIKKA SAKRASH
ÒEXNIKASIGA O‘RGAÒISH MEÒODI
Uzunlikka sakrash texnikasini sprintda tayyorgarlik ko‘rib,
shug‘ullanuvchilar bir tekis yugurishni va tezlikni oshirishni
bilib olganlaridan keyin o‘rgangan ma’qul.
Mashg‘ulotlar zichligini oshirish uchun barcha sakrash-
larni yo‘lkada bajarish shart emas. Maxsus sakrash mashqlarini
va alohida sakrashlarni o‘tloq yerdan yaxshi yumshatilgan
qum ustiga tushib bajarilsa bo‘laveradi.


268
1-vazifa.
Sakrash texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarni
tanishtirish, yugurib kelish, depsinish, «oyoqlarni buklab»
uchish usuli va yerga tushish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
Vositalar.
Òo‘liq yoki o‘rtacha masofadan yugurib kelib
sakrash texnikasini ko‘rsatish. Sakrash texnikasi tasvirlangan
kinogramma, kinohalqa va plakatlarni ko‘rib chiqish. Eng
usta sakrovchilar texnikasini musobaqalarda kuzatish.
2-vazifa.
Yugurib kelib uzunlikka sakray olishni tek-
shirish.
Vositalar.
1. O‘rtacha masofadan (10–12 yugurish qadami)
yugurib kelib duch kelgan joydan depsinib uzunlikka sakrash.
2. Shuning o‘zi, lekin taxtadan yoki ma’lum belgilangan
joydan depsinib sakrash.
Metodik ko‘rsatmalar.
Har qanday shug‘ullanuvchi birin-
chi galdayoq «oyoqlarni bukib» sakray oladi. Keyingi uri-
nishlarda shug‘ullanuvchi tezroq yugurib kelishga va kuchliroq
depsinishga harakat qilishi kerak. Bunda yugurib kelishni
umumiy chiziqdan, ya’ni o‘qituvchi belgilab bergan joydan
boshlash kerak.
O‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning qayerdan depsinayot-
ganlarini kuzatib, yugurib kelishni boshlash belgisini qaysi
tomonga qancha surishni aytadi.
Shundan keyin o‘z belgisidan yugurib kelib, taxtaga yoki
buning o‘rnidagi eni 20–40 sm joyga aniq qadam qo‘yib, 8–
10 marta sakrab ko‘rish kerak. Shunday qilib, shug‘ul-
lanuvchilar o‘zlarining o‘rtacha yugurib kelish masofalarini
taxminan aniqlab oladilar. Ular bu masofa nechta oyoq tagi
uzunligiga teng ekanini o‘lchab olishlari va uni bora-bora
aniqlay borishlari lozim.
3-vazifa.
Depsinish texikasini «qadamlab» uchish bilan
bog‘lab o‘rgatish. Qisqa yugurib kelishdan sakrab, dep-
sinishdagi asosiy xatolarni belgilab olgandan keyin, dep-
sinishni o‘rgatishga o‘tish kerak. Shug‘ullanuvchilar sakrash
mashqlarini bajarayotganda depsinuvchi oyoqni qo‘yayot-


269
ganda va bukayotganda, to‘piq, tizza va tos-son bo‘g‘inlarida
taranglik his etishlari kerak. Buning ketidan barcha oyoq
bo‘g‘inlarini faol to‘g‘rilashga erishish kerak.
Vositalar:
1. Òurgan joyda tosni depsinish nihoyasidagi
kabi olg‘a chiqarib va silkinch oyoq tizzasini ko‘tarib,
depsinishdagi harakatlarga taqlid qilish. 2. Òurgan joydan
bir oyoqda depsinib sakrash va silkinch oyoqda yerga tushib,
yugurib ketish. 3. Òurgan joydan bir oyoqda depsinib, ikkala
oyoqda yerga tushish. 4. 2 va 3 qadamdan yugurib kelib
sakrash. 5. Sekin yugura turib, ikki qadamdan keyin uchinchi
qadamda yoki tezroq yugurayotganda to‘rt qadamdan keyin
beshinchisida «qadamlab» sakrash. 6. Òaxta bilan sakrab
tushadigan joyning qoq o‘rtasida 50–60 sm balandlikda
qo‘yilgan planka ustidan uzunlikka qisqa yugurib kelib
sakrash. 7. Shuning o‘zi lekin 3–5 kg li kamar bog‘lab
sakrash. 8. 30–50 m masofada oyoqdan oyoqqa sakrash.
Shuning o‘zi, lekin belgilangan masofani mumkin qadar oz
qadamda o‘tish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Depsinishda silkinch oyoqning
ahamiyatini sezish uchun, o‘rganish boshida, turgan joydan
bir oyoqda depsinib sakraladi. Buning uchun depsinuvchi
oyoqni chuqur chetidan 1,5 metr beriroq (oyoq uchi sal
ko‘tarilgan) qo‘yiladi. Silkinch oyoq yarim qadam orqaga
tortiladi. Shu holatdan silkinch oyoqni bukib, qo‘llar bilan
baravar tez oldinga chiqariladi. Bir vaqtda depsinuvchi oyoqni
to‘g‘rilab depsiniladi. «Qadamlab» uchib chiqqandan keyin,
ikkala oyoqda yerga tushiladi.
Depsinish to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor berib, depsinuvchi
oyoq to‘la to‘g‘rilanishiga va ikkinchi oyoq tez yuqori
ko‘tarilishiga erishmoq kerak. Depsinishni o‘zlashtirishdagi
asosiy mashq 3–5 qadamdan yugurib kelib sakrashdir.
Ayniqsa depsinish paytida zo‘r bera olishni o‘rgatish juda
muhimdir. Buning uchun asta-sekin balandlatadigan biron
to‘siq yoki planka ustidan o‘tib uzunlikka sakraladi. Òo‘siq-


270
lardan o‘tib sakraganda butun e’tibor depsinishga beriladi
va dadil yugurib keladigan bo‘linadi: depsinganda yuqori
darajada zo‘r berish qobiliyati hosil bo‘ladi. Dastlab arg‘am-
chidan, keyin plankadan, yana keyinroq esa anchagina qiyin
to‘siqlardan (skameyka, g‘ov va sh.k.) o‘tib mashq qilish
mumkin. Bunday sakrab mashq qilish depsinish texnikasi
yaxshiroq bo‘lishiga – silkinch oyoq yuqoriroq va shiddatliroq
ko‘tarilishiga, qo‘llarni tuzukroq silkib ko‘tarish va
boshqalarga yordam beradi. Bunga plankalar ustida uzunlikka
sakrash orqali erishiladi.
«Oyoqni buklab» sakrash usulida uchish fazasidagi
harakatlar to‘g‘ri bajarilishi va havoda muvozanatni saqlab
qolishning muhim ahamiyati bor. Ammo uch usuldan bittasi
aniq tanlab olinguncha bunga ko‘p vaqt ketkazish kerak
emas. Undan tashqari yerga tushishni o‘rgatayotganda «oyoq
bukib» sakrashni necha-necha martalab takrorlashga to‘g‘ri
keladi. Musobaqalashuv metodini qo‘llash, o‘quvchilar oldiga
kim uzoqroq sakraydi kabi vazifalar qo‘yish kerak.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish