6.4.2. O‘RÒA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURISH
ÒEXNIKASIGA O‘RGAÒISH MEÒODI
Yaxshi sportchining to‘g‘ri yugurishi, uning erkin va keng
harakatlari – yugurish texnikasini tinmay takomillashtirish
natijasidir. O‘quv mashg‘ulotlari stadion yo‘lkalarida va ochiq
joylarda o‘tkaziladi. Quyida o‘rgatish tartibi – alohida va-
zifalar va ularni hal qilish vositalari ko‘rsatilgan. Undan
tashqari, metodik ko‘rsatmalar ham berilgan.
1-vazifa.
Yugurish texnikasi haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish.
Vositalar:
1. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasi
xususiyatlarini tushuntirish. 2. Yugurish texnikasini o‘qituvchi
yoki malakali yuguruvchi tomonidan ko‘rsatib berish.
Metodik ko‘rsatma.
Yugurish texnikasi haqida to‘g‘ri ta-
savvur hosil qilish uchun, kinohalqalar, kinogrammalar va
rasmlar, suratlardan foydalaniladi.
O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini ko‘rsat-
ganda, mashg‘ulotdagilar yon tomondan, orqadan va oldindan
ko‘ra oladigan bo‘lsinlar. Yugurishni ko‘rsatuvchi to‘g‘ri
yo‘lda ham, burilishda ham (burilishni to‘la o‘tmasa ham
bo‘ladi) yugurib ko‘rsatishi kerak.
2-vazifa.
Òo‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Òo‘g‘ri yo‘lkada yugurish texnikasini tushun-
tirish va ko‘rsatish. 2. 80–100 m masofalarda takror-takror
yugurish. 3. Òizzani baland-baland ko‘tarib yugurish, sakrab-
sakrab yugurish, bedana qadam yugurish, boldirni orqaga siltab
yugurish, joyda turib qo‘l harakatlariga taqlid qilish va hokazolar.
Metodik ko‘rsatma.
Bu vazifani hal etishda o‘qituvchi
oyoq tagini yerga to‘g‘ri qo‘yishni, depsinishni, silkinch oyoq
sonini olg‘a chiqarishni, yugurish paytida qo‘llarni to‘g‘ri
harakatlantirishni o‘rgatishi kerak.
Dastlabki yugurib o‘tishlarda tezlik kam, keyin esa o‘rta-
cha tezlikda yuguriladi. Bunda guruh-guruh bo‘lib ham,
yakka-yakka ham yuguriladi.
193
O‘qituvchi avvalo qo‘pol xatolarni tuzata boshlaydi: hara-
katlar umuman qovushmayotganini, son baland ko‘taril-
mayotganini, depsinish to‘la bo‘lmayotganini, gavda oldinga
yoki orqaga haddan tashqari og‘ib ketayotganini, yon to-
monlarga tebranishlarni va shu kabilarni. Yugurib o‘tish
paytlarida o‘qituvchi har qaysi sportchining texnikadagi shax-
siy kamchiliklarini va o‘z xususiyatlarini aniqlaydi.
3-vazifa.
Yo‘lkaning burilishida yugurish texnikasini
o‘rgatish.
Vositalar:
1. Burilishda yugurish texnikasini tushuntirish
va ko‘rsatish. 2. Normal va kichraytirilgan radiusli yo‘lkada
takror-takror yugurish. 3. Òo‘g‘ri yo‘lkadan burilishga kirib
borishda va, aksincha, burilishdan to‘g‘ri yo‘lga chiqishda
yugurish.
Metodik ko‘rsatma.
Uchinchi vazifaning hal etilishi o‘quv-
chining to‘g‘ri yo‘lkada yugurishni qanday o‘zlashtirgan eka-
niga bog‘liq. Agarda burilishda yuguruvchining harakatlari
erkin bo‘lmasa, u paytda to‘g‘ri yo‘lkada yugurishga qaytish
ma’qul.
Aylana radiusini kichraytirib, 10–15 m gacha keltirish
mumkin. Gavdaning aylana ichkarisi tomon engashish
darajasi burilish radiusi qanchalik keskin ekaniga va yugurish
tezligiga bog‘liq. Burilish radiusi qancha kichik bo‘lib,
yugurish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, gavda shuncha ko‘p
engashadi.
4-vazifa.
Yuqori start texnikasini va start tezlanishini
o‘rgatish.
Vositalar:
1. Yuqori startdan yugurishni ko‘rsatish.
2. «Startga!» va «Diqqat!» komandalarini bajarish va «Marsh!»
komandasidan keyin 20–30 m ga yugurish. 3. Yuqori startdan
keyin start tezlanishiga, undan keyin esa erkin yugurishga
o‘tish. Masofa 60–70 m gacha. 4. Burilish boshlanishida
yuqori start olish.
194
Metodik ko‘rsatma.
O‘rganishning boshida yuqori start
olishni komandasiz, talabalarning o‘zlari mustaqil, keyin
3–5 tadan guruh-guruh bo‘lib jamoa bilan bajaradilar.
O‘rganish vaqtida «Diqqat!» komandasidan keyin
«Marsh!» komandasigacha (o‘q uzilsa tuzukroq) bo‘lgan lahza
ancha uzoq (4–5 sekund) bo‘ladi, chunki to‘g‘ri turib olishga
ulgurishlari kerak. Bora-bora pauza normal darajagacha
qisqartiriladi. Boshni to‘g‘ri tutishga (dastlabki qadamlar tusha-
digan joyga qaraladi) e’tibor berish lozim. Start tezlanishida
tezlik ortgan sari gavda to‘g‘rilana boradi.
5- vazifa.
O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini
takomillashtirish.
Vositalar:
1. 100 m dan 300 gacha yugurishni takrorlash.
2. 400 m masofada tezlikni o‘zgartirib va tezlanib yugurish.
3. Yuqori startdan 400–800 m ga yugurib, masofa oxirida
tezlanish.
Metodik ko‘rsatma.
Òalabalardan ba’zilari ortiqcha ku-
chanib, juda ham tirishib yuguradilar, lekin hech qanday
maslahat yoki tushuntirishdan foyda chiqmaydi. Bunday
hollarda 400 m ga va undan ham ortiqroq masofaga o‘rtacha
tezlikda yugurish tuzuk natija beradi. Chunki charchay bosh-
lagan odam bemalolroq, tejamliroq yugura boshlaydi. Dep-
sinishga (depsinadigan oyoq to‘g‘rilanishiga) alohida e’tibor
berish lozim.
Yugurish texnikasini tuzatish uchun maxsus tayyorlov
mashqlaridan foydalaniladi. Masalan, depsinayotganda oyoq
chala to‘g‘rilanadigan bo‘lsa, buni tuzatish uchun tizimtik
sakrab-sakrab yugurish yoki uch hatlab, besh hatlab sakrash
va shu kabi oyoq yozuvchi mushaklar kuchini o‘stiradigan
boshqa mashqlar nihoyatda qo‘l keladi. Yugurayotganda gavda
ortiqcha engashsa yoki tos-son bo‘g‘inini bukish natijasida
bo‘sh oyoq soni baland ko‘tarilmasa, buni tuzatish uchun
sonni ataylab baland-baland ko‘tarib, gavdani bir oz ko‘tarib,
yelkalarni orqaga tortibroq yuguriladi.
195
Yugurish paytida yon tomonlarga tebranish – ko‘pincha
oyoqlarni keng qo‘yish sababli hosil bo‘ladi. Bunday xatoni
stadion yo‘lkasida chizilgan chiziq bo‘ylab, oyoq taglarini
parallel qo‘yib yugurish bilan tuzatsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |