103
qarshi tomonga engashtiriladi yoki
aylantirib buriladi (28-, 29-, 30-
rasmlar). Gavda qismlarining bunday
turishi uloqtiruvchi kuchining as-
bobga ta’sir etish yo‘lini uzaytirishga
imkon beradi.
Oxirgi
kuch berish oldidan
oyoqlarni asbobga nisbatan sezilarli
ildamlatishdan maqsad ham shu.
Uloqtirishga tayyorlanishda yugurib
kelish tartibi buzilmasa, uloqtirish tomon umumiy olg‘a
intiluvchi harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirishga
tayyorlanish eng to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va asbobni
qo‘ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim
qismlari siljish tezligining o‘zgarish tavsifi umumiydir. Buni
chizmaviy tasavvur etsa ham bo‘ladi. (G.V.Vasilev fikricha):
1. Uloqtiruvchining asbob bilan
birga dastlabki tezligi
(yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish).
2. Òezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish).
3. Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va asbobga
nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligini oshirish (oxirgi
kuch berishga tayyorlanish).
29-rasm.
Lappak
uloqtirishdan oldingi holat.
30-rasm.
Nayza uloqtirishdan oldingi
holat.
28-rasm.
Yadro itqitishdan
oldingi holat.
104
31-rasm.
Yadroni itqitib
yuborishdan oldingi holat.
32-rasm.
Lappakni uloqtirib
yuborishdan oldingi holat.
33-rasm.
Nayzani uloqtirib
yuborishdan oldingi holat.
4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib,
gavdaning yuqori qismlari bilan asbob harakatini tezlatish.
5. Olg‘a intiluvchi va aylanma harakatlarning to‘liq
to‘xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o‘zi o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, uni uloqtiruvchining bir holatdan ikkinchi
holatga oddiygina o‘tishi deb bo‘lmaydi. Bunda oyoqlar,
gavda, uloqtiruvchi va bo‘sh
qo‘l
qanday holatda eka-
nining barcha qismlari bir-
biriga aloqador bo‘lib, bu-
ning muhim ahamiyati bor.
Masalan, har qanday uloq-
tirish turida ham asbobni tor-
tish jarayonida (31-, 32-,
33-rasmlar), uloqtiruvchi
bukilgan holatdagidan ko‘ra
kuchliroq ish bajarishi
uchun, u gavdasini tezroq
tiklashi muhim.
105
Oxirgi kuch berishdan to‘la foydalanish uchun mushak-
larning qayishqoqlik xususiyatidan foydalanish imkoniyatini
ham nazarda tutish kerak.
Uloqtirishni bajarayotganda
mushaklar qayishqoqligidan bilib foydalanish, sportchilarga
iroda kuchi sarflash bir xil ekanida ham asbobga ko‘proq
kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi. Mushaklarning
qayishqoq xususiyatidan foydalanish ayniqsa yakunlovchi
fazada muhimdir. Ma’lumki, mushaklar cho‘zilgandan keyin
o‘z uzunliklarini tiklash (qisqarish) xususiyatiga ega. Mu-
shaklarni cho‘zish uchun qanchalik ko‘p
kuch sarflangan
bo‘lsa, ular qisqarayotganda shunchalik ko‘p ish bajaradilar.
Mushak cho‘zadigan kuchni ko‘paytirish, uning qisqa-
rayotganda shunga yarasha ko‘p ish bajarishiga, ya’ni uning
qisqarish tezligi shunchalik ortishiga imkon beradi.
Shunday qilib, muskullar elastikligidan foydalanishda ham
uloqtiruvchilarning samarali imkoniyatlari bor ekan. Mushak-
larning qayishqoq xususiyatidan mohirlik bilan foydalanishni,
masalan, yadro itqituvchilar panja bilan yakunlovchi harakat
bajargan paytda kuzatish mumkin. Yadroni itqitish vaqtida
barmoqlarga juda zo‘r kelib, panja va barmoqlarni bukuvchi
mushaklar cho‘ziladi. Harakat oxirida asbobning siljish tezligi
ortib, uning harakatining barmoqlarga bosimi kamayadi-
da, bukuvchi mushaklar qisqarib, o‘zlarining qisqarish kuch-
larini barmoqlar orqali yadroga o‘tkazadi. Demak, cho‘zi-
layotganda mushaklar qanchalik katta bosimga bardosh bera
olsa (albatta, haddan ortiq cho‘zilmasdan), ular qisqarish
uchun shunchalik ko‘p samarali kuchga ega bo‘ladi, ya’ni
yadroni itqitish shunchalik samarali bo‘ladi. Ma’lumki,
unchalik rivojlanmagan mushaklar
qarshilikni keraklicha
samara bilan yenga olmay qolishlari ham mumkin. Lekin
bizning tekshirishlar (D.Markov) shuni ko‘rsatdiki, agar
oldindan (dastlabki holatda) panja va barmoq mushaklari
taranglansa, bunday holda ham anchagina samaraga erishish
mumkin ekan. Buning sababi shuki, taranglangan mushaklarni