Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 SAKRASH ÒEXNIKASI ASOSLARI



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Bog'liq
engil atletika

4.4. SAKRASH ÒEXNIKASI ASOSLARI
Yengil atletik sakrash yugurib kelib yerdan depsinish
natijasida hosil bo‘lgan uchish, ya’ni tayanchsiz faza vaqti
uzoqligi bilan xarakterlanadi. Sakrash turiga qarab,
UOM
uchish fazasida ma’lum trayektoriya buylab harakatlanadi.
Uch xatlab sakrashning ayrim xususiyatlari bor. Unda
galma-gal tayanch va uchish fazalari bo‘ladi. Ko‘chma
tayanch (langarcho‘p) bilan bajariladigan langarcho‘p bilan
sakrashlardan yana ham ko‘proq farq qiladi. Bu sakrashning
birinchi qismi tayanchli, ikkinchisi esa (qo‘l langarcho‘pdan
uzilgan paytdan boshlab) — tayanchsiz.


82
Sakrashda yaxshi natija ko‘rstish,birinchi navbatda, sakrovchi
gavdasining boshlang‘ich uchish tezligi bilan belgilanadi.Bunda
sakrovchi sakrash balandligi va uzunligini oshira bilishiga
samarali vosita bo‘ladigan harakalar muhim rol o‘ynaydi.
Har qaysi sakrash yaxlit harakatdir.Lekin analiz qilishni
yengillashtirish uchun, uni quyidagi fazalarga ajratish mumkin:
1. Yugurib kelish va depsinishga tayyorlanish – yugurish
boshlanishidan toki oyoqni depsinish joyiga qo‘yganga qadar.
2. Depsinish — oyoqni depsinish joyiga qo‘ygandan
boshlab,depsinish tugashiga qadar.
3. Uchish – depsinuvchi oyoq tayachdan uzilgan paytdan
toki yerga tegishga qadar.
4. Yerga tushish – yerga tekkan paytdan gavda harakati
to‘liq to‘xtaguncha.
4.4.1. YUGURIB KELISH VA DEPSINISHGA
ÒAYYORLANISH
Sakrash uchun yugura boshlashdan oldin sportchi butun
e’tiborini bajarajak mashqiga jalb qilib, fikr-zikrini yig‘ib,
sakrashni bajarayotganda maksimal kuch beradigan bo‘lib
olishi kerak.
Sakrovchining yugura boshlashdan oldingi dastlabki holati
har doim bir xil va odatiy bo‘lishi kerak. Bunda, odatda,
gavda sal oldinga engashgan, oyoqlar sal bukilgan, qo‘llar
yarim bukilgan bo‘ladi Bu holat umuman yugurishdagi startda
turishga o‘xshab ketadi. Maqsadga intilib, hayolni bir joyga
to‘plab, faqat olg‘a tomon qarab turish sakrovchinig dastlabki
holati to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Datlbki holata bir necha soniya
qo‘zg‘almay turish, odatda, e’tiborni bir yerga yig‘ib sakrashga
muvofaqiyatli tayyorlanib olishga yordam beradi.
Yugurib kelishda tezlikni tobora oshira borib, oxirgi qa-
damlarda eng yuqori tezlikka erishiladi. Yugurib kelishdagi
qadamlar harakatning tuzilmasi (balandlikka sakrashdan tash-


83
qari) asosan qisqa masofaga tezlanish bilan yugurishda qanday
bo‘lsa shunday. Yugurib kelishning oxirgi 3–4 qadaming
kenglik nisbatida va ularni bajarish texnikasida sakrashning
har bir turining ayrim o‘z xususiyatlari bor.
Yugurib kelishda gorizontal tezlik hosil qilinadi. Bu tezlik
depsinish paytida hosil bo‘lgan vertikal tezlik bilan qo‘shilib,
tananing boshlang‘ich ko‘tarilish tezligini hosil qiladi. Bu
esa uchish paytida tananing inersiya bilan va og‘irlik kuchi
ta’sirida siljishiga imkoiyat beradi.
Yugurib kelish tezligi bilan depsinish tezligi o‘zaro bog‘-
liqdir. Yugurib kelishning oxirgi qadamlari depsinishga o‘tadi.
Shuning uchun oxirgi qadamlar qanchalik tez bo‘lsa, dep-
sinish ham nisbatan shuncha tez bo‘ladi.
Yugurib kelib sakrashning hamma turlarida oyoq depsinish
joyiga tez va shaxdam qo‘yiladi. Yerga tegish paytida esa
oyoq deyarli to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Shunda oyoqning tayanch
vazifasidagi katta kuch kelishiga chidashi yengilroq bo‘ladi,
bukilgandagi amortizatsiyasi tarangroq bo‘ladi va yozilgandagi
foydasi ko‘proq bo‘ladi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish