Qo‘shimcha mashq mashqlari.
Mashq ko‘rganlik darajasini
oshirishda ustozning topshirig‘i bilan uyda bajariladigan
(xonada va ochiq havoda) jismoniy mashqlarning muhim
ahamiyati bor. Bunday mashg‘ulotlarni har kuni 30–40
358
daqiqadan erta bilan yoki boshqa bo‘sh vaqtda o‘tkazish
tavsiya etiladi. Ko‘p sportchilar mashq mashqlarini ertalab,
nonushtagacha bajaradilar. Bu mashqlarning faqat gigiyenik
ahamiyatigina emas, balki jismoniy fazilatlarni rivojlantirish
va texnikani takomillashtirishda ham ahamiyati bor.
Bunday mashg‘ulotlar, odatda, bir necha chigal yozadigan
(razminka) mashqlardan va bitta yoki ikkita nisbatan kam
vazifalarni hal etuvchi, masalan, ma’lum guruh mushaklari
kuchini rivojlantiradigan, bo‘g‘imlarda harakatchanlikni
oshiradigan,texnika unsurini takomillashtiradigan va hokazo
mashqlardan iborat bo‘ladi (uyda qum to‘ldirilgan xalta,
to‘ldirma to‘p yoki tosh bo‘lsa, kuchni rivojlantiruvchi mashq-
lar qilish mumkin). Shuningdek, stul, karavot suyanchig‘idan
foydalanish, eshiklar orasiga turnik ilib yoki halqa osib,
mashq qilish ham mumkin. Har kungi mashqlar ayniqsa
egiluvchanlikni va mushaklarni bo‘shashtira olishni rivoj-
lantirish uchun kerakdir. Bunday mashg‘ulotlar vaqtida,
ayniqsa katta ko‘zgu qarshisida, texnikaning ayrim detallarini
takomillashtirish ham mumkin. Agarda yugurish, uloqtirish,
sakrashga imkoniyat bo‘lsa, har kuni ertalab texnikani
takomillashtiradigan mashqlar qilsa ham bo‘ladi. Umumiy
va maxsus chidamlilikni rivojlantirish, sog‘lig‘ini mustah-
kamlash uchun, daraxtzorda 5 – 10 daqiqa davomida, sta-
jerlar uchun esa undan ham ko‘proq, tinch sur’atda yugurib
yurish, tezlanishli yugurish va boshqalar juda foydalidir.
Mashqlarni nahorga bajarmaslik kerak. Mashqdan oldin,
masalan, ikkita pecheniy yeb, yarim stakan sut ichib olinsa
yaxshi bo‘ladi. Mashqlardan keyin dush qabul qilib yoki
artinib, keyin nonushta qilish kerak.
Shuningdek, kross, chang‘ida yurish, basketbol, voleybol
kabi bo‘sh vaqtda bajariladigan boshqa mashqlar ham
qo‘shimcha mashq mashqlariga kiradi.
Òurli miqyosdagi musobaqalar – mashq ishini tashkil
qilishning muhim shakllaridandir. Yengilatletikachi faqat
359
musobaqalarda o‘zining irodaviy va jismoniy fazilatlarini
to‘la namoyish qiladi, o‘z organizmiga eng katta talab qo‘yadi,
mashq ko‘rganlik darajasi anchagina ortishiga erisha oladi.
Òayyorlanishdagi vazifa qanday ekaniga qarab sportchi ba’zi
musobaqalarda g‘alabaga intilib, bor kuchini sarf qilsa, ay-
rimlarida faqat mashq va tajriba orttirish maqsadida qat-
nashadi.
Musobaqa ham uch qismdan – chigalyozdi, musobaqaga
qatnashish, yakunlovchi mashqlardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |