Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


O‘quv-mashq darsi ayrim qismlarining vazifasi va



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154
Bog'liq
engil atletika

O‘quv-mashq darsi ayrim qismlarining vazifasi va
mazmuni. 
Mashg‘ulotning kirish qismi.
Kirish qismining
vazifasi o‘quvchilarni uyushtirishdan, ya’ni guruhni saflash,
raport qabul qilish, davomatni tekshirish, dars vazifasi va
mazmunini tushuntirish, guruhni mashq bajarish uchun qayta
saflashdan iborat. Shuningdek, saf mashqlari, burilishlar,
yurish va boshqalar ham kirish qismiga qo‘shiladi, chunki
uyushtirish va intizom o‘rnatishda bularning ham ahamiyati
bor. Kirish qismi 3–10 minut davom etadi.
Mashg‘ulotning tayyorlov qismi.
Òayyorlov qismning
vazifasi: shug‘ullanuvchilarda umuman badanni qizdirib olish
va ularni bo‘ladigan kuch kelishga tayyorlash – chigalyozdi,
mushak kuchini va egiluvchanligini rivojlantirish, bo‘g‘im-
larda harakatchanlikni oshirish, harakatni boshqara olish
qobiliyatini yaxshilash va yengil atletik turlar, texnika un-
surlari bilan tanishtirish. Umumiy badan qizdirish tezlanishli
yoki sportcha yurish (200–400 m) dan boshlanib, sekin
yugurishga (400–800 m) o‘tadi. Òayyorlov qismning boshqa
vazifalari asoboblarda, asboblar bilan va ularsiz bajariladigan
umumiy rivojlantiruvchi va maxsus tayyorlov mashqlari bilan
hal etiladi. Yana basketbol, voleybol unsurlari kabi mashqlarni
ham qo‘llash mumkin. Bu mashqlar vositasida ham yanada
jadalroq keyingi ishga tayyorlansa bo‘ladi.


348
Yangi boshlayotganlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘u-
lotlarning tayyorlov qismiga oddiy umumiy rivojlantiruvchi
mashqlar kiritiladi. Yengil atletikachilarning tayyorlik dara-
jalari o‘sgan sari bu mashqlar murakkablasha boradi. Òay-
yorlik darajasi yuqori yengilatletikachilar mashg‘ulotining
tayyorlov qismiga umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashq-
lar teng miqdorda kiritiladi.
Darsning tayyorlov qismiga mashqning tayyorlov davrida
ko‘proq va musobaqalash davrida ozroq vaqt ajratiladi.
Darsning tayyorlov qismi qancha davom etishi tanlangan
yengil atletika turining xususiyatiga, atletlarning tayyorlik
darajalariga va boshqalarga qarab (30 dan 15 minutgacha)
o‘zgaradi. Òayyorlik darajasi ancha yuqori yengilat-
letikachilarda, xususan ularning yaka tartibda mashg‘u-
lotlarida, kirish va tayyorlov qismlari chigalyozdi bilan al-
mashtiriladi.
Chigalyozdi sportchi organizmini bo‘ladigan mashq
(trenirovka) ishiga tayyorlaydi.
U, kuch kelish asta-sekin
oshib boradigan qilib maxsus tanlangan jismoniy mashqlar
majmuasidan iborat. Agarda chigalyozdi uchun mashqlar
noto‘g‘ri tanlansa, uning foydasi kam bo‘libgina emas, balki
salbiy bo‘lishi ham mumkin. Asta-sekin razminka qilishni
qisqa vaqtli kuchli ish bilan almashtirib bo‘lmaydi, chunki
bunda atlet tez charchab qoladi, organizmining funksional
imkoniyatlari to‘la ochilishiga imkon qolmaydi. Sportchining
vazifasi – chigalyozdi vositasida organizmning ish qobili-
yatini yanada oshirish, uni bo‘ladigan ishga tayyorlash bilan
birga, mashqning asosiy qismi uchun kuch saqlab qolishdan
iboratdir.
Mashq mashg‘ulotlarida o‘tkaziladigan chigalyozdi kuch
kelish juda ham oz bo‘lmasligi kerak. Shug‘ullanuvchilarning
tayyorlik darajasi ortgan sari, uni ham oshira borish lozim.
Chigalyozdiga kiritilgan jismoniy mashqlar umumiy jismoniy
tayyorgarlikka ham bir qadar yordam beradi.


349
Chigalyozdi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism-
ning vazifasi asosan vegetativ funksiyalarni (qizdirishni) ku-
chaytirish hisobiga organizmning umumiy ish qobiliyatini
oshirishdir. Chigalyozdining ikkinchi qismida sportchi o‘zida
bo‘lajak ishga moyillik hosil qilib olishi kerak.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish