Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 MASHG‘ULOÒ JOYINING XUSUSIYAÒLARI



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154
Bog'liq
engil atletika

6.11.8. MASHG‘ULOÒ JOYINING XUSUSIYAÒLARI,
JIHOZLAR, KIYIM VA POYABZAL
Yoz va kuz oylarida nayza uloqtirish bo‘yicha mashq
mashg‘ulotlari stadionda, qishda esa usti yopiq binolarda
(yengil atletika zali yoki manejda, gimnastika zali yoki
shtanga ko‘tarish zalida) va ochiq havoda o‘tkaziladi. Ko‘k-
lamda va qisman yozda mashg‘ulotlar daraxtzorda, sayhon
yerda, istirohat bog‘ida, tosh uloqtirish, krosslar va turgan
joydan xilma-xil sakrashlarni o‘tkazish mumkin bo‘lgan daryo
bo‘ylarida olib boriladi. Nayza uloqtiruvchilarning bino
ichida va stadionda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlari uchun
umumiy jismoniy mashqlarda qo‘llaniladigan gimnastika
narvoni, turnik, halqalar va taxta supa bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Bino ichida nayza uloqtirish uchun ko‘zlari 3–4 santimetrli
sim to‘rlardan iborat osma to‘siq ham bo‘lishi kerak.
Arqondan qilingan to‘rlarning ko‘zlari yirikroq bo‘lsa ham
bo‘laveradi, ammo bunda nayzalar uchun tegishli uskunalar
talab qilinadi.
Sim to‘rga uloqtirish uchun ikkala uchiga rezinka qal-
poqchalar kiydirilgan poynaksiz nayzalardan foydalangan


344
ma’qul. Òemir poynak o‘rniga ham g‘arov-tayoqlar uchun
mo‘ljallab tayyorlangan rezina qalpoqcha kiygizib qo‘yiladi.
Metall nayzalar o‘rniga dyural naychalar yoki yog‘och
tayoqlar ishlatish mumkin. Bino ichida o‘tkaziladigan mash-
g‘ulotlar uchun kerakli qo‘shimcha ashyolar: boshqa xil
uloqtirish asboblari, qismlarga ajratiladigan shtanga, gantellar,
uloqtiriladigan tasmali to‘ldirma to‘plar (2–5 kg va
0,5–1 kg), uloqtiriladigan mayda to‘plar (100–200 g), qum
solingan xaltalar (5–15 kg), uchiga yuk osig‘lik arqon
o‘raladigan «g‘altak», rezina chiviqlar hamda gimnastika va
shtanga zallarining jihozlari.
Stadionda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan nayza uloq-
tiruvchilar uchun yengil atletika ashyolari, qismlarga ajra-
ladigan shtanga va gimnastika shaharchasining jihozlari
bo‘lishi kerak.
Qishda stadionda asfalt yoki sement yotqizilgan may-
donchadan uloqtirgan ma’qul. Sovuq havoda nayza uloq-
tiradigan bo‘lsa, sportchi mashq kostyumi, boldirga yopishib
turadigan shim yoki reytuz kiyib oladi. Qishda mashg‘ulot
o‘tkazish uchun shamolda issiq saqlaydigan va harakatga
xalaqit bermaydigan kostyum kiyiladi.
Nayza uloqtirish tuflisi tagining old qismida ham, tovonida
ham mixlari bo‘ladi. Òufli oyoqqa yopishib turishi kerak.
Shuning uchun tufli qo‘njli (botinka) bo‘lib, uchidan yuqo-
risigacha shnurlanadigan bo‘lgani yaxshi. Yumshoq yerda
uloqtirishda qattiq yerdagiga nisbatan uzunroq mixi bor tufli
kiyiladi. Qisqa masofalarga faqat old qismida mixi bor oddiy
yengil atletika tuflisida yuguriladi. Ochiq joylarda, qipiqli
yo‘lkalarda va taxta polda tagi pishiq rezinkali tuflida
razminka va mashq qilgan ma’qul. Qishda ochiq havoda
mashg‘ulot o‘tkazganda, kam suv o‘tkazadigan, issiqroq tufli
kiyib olgan tuzuk.


345

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish