Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 MASHG‘ULOÒ JOYINING XUSUSIYAÒLARI



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154
Bog'liq
engil atletika

6.11.1. MASHG‘ULOÒ JOYINING XUSUSIYAÒLARI,
JIHOZLAR
Lappak uloqtirib mashq qiladigan joylar musobaqa
qoidasiga binoan to‘r bilan o‘raladi. Bu musobaqa sharoitiga
yaqin sharoitda mashg‘ulot o‘tkazishga imkon beradi va
baxtsiz hodisalar ro‘y bermasin uchun ehtiyot chora bo‘ladi.


317
Qishda mashqlar binoda o‘tkazilayotganda, osib qo‘yiladigan
arqon yoki sim to‘rtutqichlar, shuningdek, yangi boshla-
yotganlarga o‘rgatishda bexatar uloqtiraverish mumkin bo‘l-
gan rezina disklar kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari, tasmali
disklar, sirtmoqli to‘plar, faner raketkalar (oxirgi kuch be-
rishni taqlid qilish uchun), turgan joydan va aylanib uloqti-
radigan rezina trubkalar, shuningdek, turgan joydan uloq-
tiradigan tutqichli yadrolar ham ishlatiladi.
6.11.2. GRANAÒ VA KICHIK ÒO‘PNI ULOQÒIRISH
ÒEXNIKASI VA UNGA O‘RGAÒISH MEÒODI
6.11.3. GRANAÒ VA KICHIK ÒO‘PNI ULOQÒIRISH
ÒEXNIKASI
Granatni ushlash.
Sport granatini uloqtirishda kuch
richagini uzaytirish uchun dastasining uchidan ushlangani
ma’qul. Granatni oldingi to‘rt barmoq bilan siqib ushlanadi,
jimjiloq esa dastaning asosiga tiralib bukiladi (111-rasm).
Bu usulda ushlanganda granatning bo‘ylama o‘qi boshqa
xil usulda, ya’ni barcha barmoqlar bilan musht holida ush-
lagandagiga qaraganda bilakka nisbatan kichikroq burchak
hosil qilib turadi. Gra-
natni to‘rt barmoq bilan
ushlash tavsiya qilinadi,
chunki bunda qo‘lga un-
chalik zo‘r kelmaydi va
oxirgi harakat paytida
granat yaxshi boshqa-
riladi.
Granatni yugurib kelib
uloqtirganda eng ko‘p
uzoqlikka erishish mum-
111-rasm.
 Granatni ushlash.
A
B


318
kin. Yugurib kelayotganda granat bukilgan qo‘lda bo‘lib,
ko‘krak oldida yoki kift ustida tutiladi (112-rasm).
Granat uloqtirish nayza uloqtirish bilan ko‘pgina umu-
miylikka ega.
Granat uloqtirishning asosiy farqi bu asbobning xususiyatiga
va uni ushlash usuliga bog‘liq bo‘lib, uloqtirish harakatlari
ancha erkin va yengilroq bajariladi. Granatning uchish vaqtidagi
pastlanish momenti shunchalik ozki, hatto unga e’tibor berilmasa
ham bo‘ladi. Shuning uchun granat nayzaga nisbatan kattaroq
burchak ostida uloqtiriladi va u tik yuzada aylanib uchadi.
Nayza uloqtirishni o‘rganmagan yangi uloqtiruvchilar
quyidagilarga e’tibor berishlari kerak: yugurib kelish uzunligi
22–30 m, shundan 14–20 m granatni orqaga olib bormasdan,
yugurishga ajratiladi. Yugurib kelishning qolgan qismi (8-10
metr) uloqtirishga tayyorlanish va uni bajarishga mo‘ljallanadi.
112-rasm.
 Granatani orqaga tortib uloqtirish usuli.


319
Yugurib kelish vaqtida granat tutgan qo‘lni taranglatmaslik
kerak. Òezlanish bilan bajariladigan yugurib kelish tezligi
uloqtiruvchining tayyorgarligiga bog‘liq. Bu tezlik uloqti-
rishga tayyorlanishni va uloqtirishning o‘zini bajarishga qiyin-
chilik tug‘dirmaydigan bo‘lishi kerak.
Granatni orqaga olib borish va uloqtirish to‘rt qadamda
bajariladi. Yugurib kelayotganda granatni, odatda, oldinda
tutadilar, granatli qo‘lni orqaga olib borish esa uni pastga
tushirishdan boshlanadi va granatni uloqtirish umuman 113-
rasmda ko‘rsatilgan nayza uloqtirish usulida bajariladi.
Granatni orqaga olib borishni o‘ng oyoq bilan qadam
qo‘yishdan boshlab, yuqoridan orqaga pastga bajarish mumkin
(112-rasm). Uloqtiruvchi granatni orqaga olib borishda uloq-
tirish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga bir oz engashishi
va o‘ng yelkani pastga tushira turib, yelka kamarini burishi
kerak. Granatni orqaga olib borish chalishtirma qadamning
boshlanishi bilan tugaydi.
Qolgan hamma harakatlarda (granat uloqtirishni o‘rganish
va mashqda ham) «nayza uloqtirish» bo‘limidagi ko‘rsat-
malarga rioya qilish kerak.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish