317
Qishda mashqlar binoda o‘tkazilayotganda, osib qo‘yiladigan
arqon yoki sim to‘rtutqichlar,
shuningdek, yangi boshla-
yotganlarga o‘rgatishda bexatar uloqtiraverish mumkin bo‘l-
gan rezina disklar kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari, tasmali
disklar, sirtmoqli to‘plar, faner raketkalar (oxirgi kuch be-
rishni taqlid qilish uchun), turgan joydan va aylanib uloqti-
radigan
rezina trubkalar, shuningdek, turgan joydan uloq-
tiradigan tutqichli yadrolar ham ishlatiladi.
6.11.2. GRANAÒ VA KICHIK ÒO‘PNI ULOQÒIRISH
ÒEXNIKASI VA UNGA O‘RGAÒISH MEÒODI
6.11.3. GRANAÒ VA KICHIK ÒO‘PNI ULOQÒIRISH
ÒEXNIKASI
Granatni ushlash.
Sport
granatini uloqtirishda kuch
richagini uzaytirish uchun dastasining uchidan ushlangani
ma’qul. Granatni oldingi to‘rt barmoq bilan siqib ushlanadi,
jimjiloq esa dastaning asosiga tiralib bukiladi (111-rasm).
Bu usulda ushlanganda granatning bo‘ylama o‘qi boshqa
xil usulda, ya’ni barcha barmoqlar bilan musht holida ush-
lagandagiga qaraganda bilakka nisbatan kichikroq burchak
hosil qilib turadi. Gra-
natni to‘rt
barmoq bilan
ushlash tavsiya qilinadi,
chunki bunda qo‘lga un-
chalik zo‘r kelmaydi va
oxirgi
harakat paytida
granat yaxshi boshqa-
riladi.
Granatni yugurib kelib
uloqtirganda eng ko‘p
uzoqlikka erishish mum-
111-rasm.
Granatni ushlash.
A
B
318
kin. Yugurib kelayotganda granat bukilgan qo‘lda bo‘lib,
ko‘krak oldida yoki kift ustida tutiladi (112-rasm).
Granat uloqtirish nayza uloqtirish bilan ko‘pgina umu-
miylikka ega.
Granat uloqtirishning asosiy farqi bu asbobning xususiyatiga
va uni ushlash usuliga bog‘liq bo‘lib,
uloqtirish harakatlari
ancha erkin va yengilroq bajariladi. Granatning uchish vaqtidagi
pastlanish momenti shunchalik ozki, hatto unga e’tibor berilmasa
ham bo‘ladi. Shuning uchun granat nayzaga nisbatan kattaroq
burchak ostida uloqtiriladi va u tik yuzada aylanib uchadi.
Nayza uloqtirishni o‘rganmagan yangi uloqtiruvchilar
quyidagilarga e’tibor berishlari kerak: yugurib kelish uzunligi
22–30 m, shundan 14–20 m granatni orqaga olib bormasdan,
yugurishga ajratiladi. Yugurib kelishning qolgan qismi (8-10
metr) uloqtirishga tayyorlanish va uni bajarishga mo‘ljallanadi.
112-rasm.
Granatani orqaga tortib uloqtirish usuli.
319
Yugurib kelish vaqtida granat tutgan qo‘lni taranglatmaslik
kerak. Òezlanish bilan bajariladigan yugurib kelish tezligi
uloqtiruvchining tayyorgarligiga bog‘liq.
Bu tezlik uloqti-
rishga tayyorlanishni va uloqtirishning o‘zini bajarishga qiyin-
chilik tug‘dirmaydigan bo‘lishi kerak.
Granatni orqaga olib borish va uloqtirish to‘rt qadamda
bajariladi. Yugurib kelayotganda granatni, odatda, oldinda
tutadilar, granatli qo‘lni orqaga
olib borish esa uni pastga
tushirishdan boshlanadi va granatni uloqtirish umuman 113-
rasmda ko‘rsatilgan nayza uloqtirish usulida bajariladi.
Granatni orqaga olib borishni o‘ng oyoq bilan qadam
qo‘yishdan boshlab, yuqoridan orqaga pastga bajarish mumkin
(112-rasm). Uloqtiruvchi granatni orqaga olib borishda uloq-
tirish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga bir oz engashishi
va o‘ng yelkani pastga tushira turib, yelka kamarini burishi
kerak. Granatni orqaga olib borish chalishtirma qadamning
boshlanishi bilan tugaydi.
Qolgan hamma harakatlarda (granat uloqtirishni o‘rganish
va mashqda ham) «nayza uloqtirish» bo‘limidagi ko‘rsat-
malarga rioya qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: