3-vazifa.
Oxirgi kuch berish fazasini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Yelka kamarini o‘ngga burgandan keyin
uloqtirish tomoniga qaragan holda turgan joydan nayza
uloqtirish. 2. Shu mashqning o‘zini, o‘ng tomonga yarim
burilib turgan holda bajarish. 3. Joydan turib granat, tosh va
koptok uloqtirish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Oxirgi kuch berishni o‘rgatish
turgan joydan nayza uloqtirishdan boshlanishi kerak. Birinchi
mashqda yuz uloqtirish tomoniga to‘g‘ri qarab turgan holda
nayza uloqtiriladi. Nayzani uloqtirishdan oldin nayza ush-
lagan qo‘lni erkin ravishda orqaga tortib yelka kamari o‘ngga
burilishi kerak.
Uloqtirish harakatlari uloqtirish texnikasining yozuvlariga
muvofiq bajariladi. Nayzani «yelka ustidan» o‘tkazishga va
uni bilakni faol yozib tashlashga asosiy e’tibor beriladi. Bu
murakkab harakatni bilib olish uchun, har xil predmetlarni
sherigi (yaxshisi o‘qituvchi) yordamida tashlab, oxirgi kuch
berishni ko‘proq taqlid qilish kerak. Bu vazifani bajarishdagi
boshqa talablar oldingi vazifadagi kabi. Uloqtirish yo‘na-
lishiga yarim burilib turgan joydan uloqtirishdagi talablar
ham xuddi shunday.
Shundan keyin oldindagi chap oyoqni ko‘tarib, tizzasi
bukik o‘ng oyoqda turgan holatdan boshlanadigan hara-
katlarni o‘rganish boshlanadi. Òashlash chap oyoqni yerga
tushirish bilan bir vaqtda bajarilib, tarang chap oyoq ustidan
olg‘a o‘tish bilan tugaydi.
Oxirgi kuch berishni o‘rgatishda xarsang tosh, yengil (500–
600 g) granat, to‘ldirma to‘plar, barmoqlar bilan ushlanadigan
moslamalar bilan bajariladigan mashqlar ishlatiladi. Granat
340
yoki kalta (30–40 sm) tayoq uloqtirish vertikal tekislikda
chiqarib yuborishni nazorat qilishga imkon beradi. Nayzani
tez uloqtirib yuborishni bilib olmaganlar ko‘proq uncha
uzoq bo‘lmagan masofadagi nishonga tosh otib mashq
qilishlari kerak.
Oxirgi kuch berish boshlanishida chap oyoq yerga qanday
qo‘yilishiga va tirsak oldinga chiqqan «kamalak» holatidan
o‘tishga, shuningdek, oyoqlar faol harakat qilishiga ko‘proq
e’tibor beriladi. Òirsak bo‘g‘ini lat yeb qolmasin uchun,
nayzani uloqtirib yuborayotganda tirsakni past tushirib
bo‘lmaydi.
4-vazifa.
Yugurib kelishdan nayzani uloqtirishga o‘tish
texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Chalishtirma (eng so‘nggidan oldingi)
qadamga taqlid qilish. 2. Chalishtirma qadamdan nayza
(tosh, koptok) uloqtirishni taqlid qilish va uloqtirish. 3. Nayza
(tosh, koptok) ni orqaga tortgan holda yugurib kelib
uloqtirish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Yugurib kelishdan nayza
uloqtirishga o‘tish chalishtirma qadam vaqtida amalga
oshiriladi. Buni bajarishda eng muhimi oxirgi kuch berishni
yugurish bilan qo‘shib olib borishda tezlikni yo‘qotmay turib,
asbobdan yuqori darajada va tez o‘tib ketishdir.
Chalishtirma qadamga avvalo (nayzasiz) taqlid mashqlari
yordamida o‘rgatiladi. Buning uchun uloqtirish tomoniga
yon bilan yoki yarim burilgan holda turib, bukilgan o‘ng
oyoqni chap oyoqqa chalishtirib, chap oyoqdan o‘ng oyoqqa
yengil sakrash kerak.
Shundan keyin chalishtirma qadam yon tomon bilan tik
turgan holda, oyoqlar yelka kengligidan kengroq qo‘yilib,
tana og‘irligi ko‘proq o‘ng oyoq ustiga joylashgan va chap
oyoq oldin cho‘zib ko‘tarilgan, gavda bir oz orqaga
tashlangan va o‘ngga burilgan holatda bajariladi. Qo‘l nayzasiz
(keyin nayza bilan) doimo yuqorilatib orqaga cho‘zilgan
341
holatda saqlanadi. Chap oyoq yerga qo‘yiladi va uloqtiruvchi
nayza otishning dastlabki holatiga o‘tadi. O‘ng oyoq yerga
tegishi paytida chap oyoqni oldinga chiqarishni bila borgan
sari, yurib va yugurib kela turib chalishtirma qadam tashlashni
o‘rganishga o‘tish kerak.
Chalishtirma qadamni tezlatish uchun, avvalo chap oyoqda
tez depsinmoq lozim.
5-vazifa.
Nayza bilan yugurish va nayzani orqaga oborish
texnikasini o‘rgatish.
Vositalar:
1. Nayzani yelka ustida ushlagan holda bir
maromda va tez yugurish (50–60 m gacha). 2. Yurish va
sekin yugurish paytida nayzani (tosh, to‘p) orqaga tortish.
3. Shu mashqning o‘zini yugurib kelishni tezlashtirayotib
bajarish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Nayza bilan yugurib kelish
texnikasini oldingi vazifalarni hal qilish jarayonida bir yo‘la
o‘rganish mumkin. Nayza bilan yugurishni o‘rgatish vaqtida
harakatlarni erkin bajara olish va nayzani yelka ustida ko‘tarib
yugurish muhim ahamiyatga egadir. Nayza ushlash og‘ir
bo‘lmasin uchun, uchini sal yerga qaratib, qiyaroq tutish
kerak.
Nayzani orqaga oborish o‘ng qadam bilan boshlanib,
2 qadamda bajariladi. Nayzani orqaga oborayotganda tezlikni
pasaytirmaslik ayniqsa muhim.
6-vazifa.
Nayzani yugurib kelib uloqtirishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Nayzani (tosh, to‘pni) dastlabki qisqa yugurib
kelishdan (2–4–6 qadamdan) uloqtirish. 2. Yugurishni tez-
lashtirgan holda nayzani (tosh, to‘pni) uloqtirish. 3. Belgi-
langan uzoqlikdan to‘liq yugurib kelib nayza uloqtirish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Qisqa yugurib kelib nayzani
uloqtirishdan oldin 2–4 qadamdan uloqtirishga taqlid qilish
kerak. Bu mashqlarni yengil tosh yoki to‘p bilan bajarish
mumkin. Orqaga oborishni to‘g‘ri bajarilishini yugurib kelish
uzoqligi va tezligini asta-sekin oshirib, nayzani yengil
342
uloqtirish bilan birga olib borish kerak. Bunda shug‘ul-
lanuvchilar diqqatini uloqtirish ma’romiga jalb qilish lozim:
chunonchi, nayzani orqaga oborishning boshlanishi bilan
uloqtiruvchining tezlanib siljishi, chalishtirma qadamga yaxshi
e’tibor berish va u bilan oxirgi kuch berishni ham birga
bajarish. Oxirgi kuch berishda qo‘l har doim yelka ustidan
o‘tishi, bilak esa oldinga-yuqoriga harakat qilishi kerak.
Shug‘ullanuvchi yuqorida ko‘rsatilganlarni, ya’ni lat yeyishdan
saqlanish uchun qo‘lni yelka ustidan to‘g‘ri o‘tkazishni, nayza
ushlashni to‘liq o‘rgangandan so‘ng, to‘liq yugurib kelib
uloqtirishga o‘tishi mumkin.
Uloqtiruvchi bolalar uchun dastlabki yugurib kelish
masofasining uzoqligi 8–10 yugurish qadamcha bo‘lishi
mumkin. Òo‘liq yugurib kelish uzoqligi va nazorat belgilarni
aniqlash uchun shug‘ullanuvchilarning har biri nayzani
2–3 marta to‘liq yugurib kelib uloqtirishi kerak. Shundan
keyin, dastlabki holatdagi oyoqlar izi, chap oyoqning birinchi
qadami izi va nayzani orqaga oborish vaqtiga to‘g‘ri kelgan
chap oyoq izi belgilanadi. Oxirgi belgi uloqtirish uchun
chegaralash yoyi qayerda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.
Belgilar orasidagi masofalarni o‘lchab yugurib kelish
uzunligini va nazorat chiziq uchun joyni aniqlash mumkin.
7-vazifa.
Nayza uloqtirish texnikasi unsurlarini tako-
millashtirish va ularni individuallashtirish: turli xil sharoitlarda
to‘g‘ri uloqtirish malakalarini mustahkamlash.
Vositalar:
1. Nayzani (tosh, to‘pni) 3–5 qadamdan yugurib
kelib uloqtirish. 2. Òo‘liq yugurib kelib nayzani shamol
yo‘nalishiga nisbatan turli tomonga uloqtirish. 3. Nayzani
musobaqa qoidasiga rioya qilgan holda bor kuch bilan
uloqtirish va musobaqalarga qatnashish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Nayzani yugurib kelib uloq-
tirishning asosiy chizmasini o‘rgangandan keyin, oxirgi qa-
damlar harakatining ma’romlari (ayniqsa chalishtirma qa-
damning oxirgi kuch berish bilan bog‘lab olib borilishi),
343
nayzani orqaga oborish usuli, yugurib kelish uzunligi va
uning eng qulay tezligi aniqlashtiriladi. Shu bilan bir qatorda,
oxirgi kuch berishda oyoqlar bilan zarbli depsinishni o‘r-
ganishga va oxirgi kuch berishdagi xatolarni tuzatishga ham
e’tibor beriladi.
Shuningdek, (ayniqsa rejayerlash xususiyatiga ega bo‘lgan
nayzalarda) nayzaning uchib chiqish burchagining to‘g‘ri
bo‘lishini ham kuzatib turish kerak. Òexnika va uloqtirish
malakalari qanchalik mustahkam o‘zlashtirilganligi haqida
chamalashlar va musobaqalardagi natijalarga qarab fikr yuritsa
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |