271
Metodik ko‘rsatmalar.
Sakrashning bu unsuri texnikasi
boshqa usullarga o‘tganda deyarli o‘zgarmaydi.
Shuning
uchun, yerga to‘g‘ri tushishni o‘rgangandan keyin, uni ko‘p
marta takrorlab, malakaga aylantirib olish kerak.
Ko‘pincha yosh shug‘ullanuvchilar, mushaklari zaiflik
qilib, yerga tushayotganda oyoqlarini yuqoriroq ko‘tara
olmaydilar. Shuning uchun yerga tushishni sonlari ko‘-
taradigan mushaklar kuchini oshiradigan maxsus mashqlarga
qo‘shib o‘rgatish kerak.
5-vazifa.
Yugurib kelishdan depsinishga to‘g‘ri o‘tishni
va oxirgi 4 qadam ma’romini o‘rgatish.
Vositalar:
1. 3–5 qadamdan
yugurib kelib uzunlikka
sakraganda, depsinuvchi oyoqni «sidiruvchi harakat» bilan
depsinish joyiga tezlashtirib faol qo‘yish. 2. Shuning o‘zini
60–80m ga yuguraturib, har beshinchi qadamda depsinib
bajarish. 3. Òaxtaning narigi yog‘iga chegara qo‘yib, qisqa
va o‘rta
masofadan yugurib kelib, uzunlikka sakrash. Bu
mashqni bajarayotganda shug‘ullanuvchi odatdagi tezlikda
yugurib kelib, oyog‘ini tezda chegara qo‘yilgan taxtaga qo‘yib,
depsinishi kerak.
Metodik ko‘rsatmalar.
Yugurib kelishdan depsinishga
o‘tishdagi qadamlar ma’romi,
doimiy mashq qilishni talab
qiladi. Har qanday uzoqlikdan yurib kelib uzunlikka sak-
raganda ham oxirgi qadamlar ma’romiga e’tibor berish kerak.
Oxirgi besh qadam uzunligini o‘lchab, ular ma’romi qan-
chalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash kerak. Shug‘ullanuvchilarga
oxirgi qadamlar ma’romining va oyoqni taxta ustiga, qadamni
qisqartirib, tez qo‘yishning ahamiyati va xususiyatlarini
tushuntirish kerak. Buning uchun qiya yo‘lkadan foydalanmoq
kerak. Qiya yo‘lka bo‘ylab juda ko‘p martalab qisqa va o‘rta
masofada katta tezlikda yugurib
kelib depsinishga yaqin-
lashish texnikasini va depsinish texnikasini takomillashtirish
imkonini beradi.
Yugurib kelishda oxirgi qadamlar ma’romining to‘g‘ri
bo‘lishiga intilish bilan birga, bu qadamlar shiddatini oshirishni
272
ham o‘rgatish kerak. Oxirgi qadamlarni kuchanmay bemalol
bajarishni tez-tez eslatib turish kerak. Oxirgi qadamlarda
ham «baland» yugurishning ahamiyati katta. Buni faqat oxirgi
qadamlarini cho‘zib-cho‘zib, oyoqlarni yarim bukib qu-
yadiganlarga eslatib turish kerak.
6-vazifa.
Uzunlikka sakrash
texnikasini yaxlit takomil-
lashtirish (o‘rtacha yugurib kelishdan).
Vositalar:
1.Òezlanishli o‘rtacha yugurib kelishni (10–
12 yugurish qadamlari) qayta-qayta takrorlab, uning uzun-
ligini aniq belgilab olish. 2. O‘rtacha
yugurib kelishdan
uzunlikka sakrash. Shuning o‘zini yaxshi texnika ko‘rsa-
tishdan musobaqalashib bajarish. 3. Uchish uzoqligining
yarmida 60–80 sm balandlikda qo‘yilgan planka ustidan,
o‘rtacha yugurib kelib, uzunlikka sakrash. 4. O‘rtacha yugurib
kelib uzunlikka sakrashdan musobaqalashish.
Do'stlaringiz bilan baham: