Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


«Oyoqlarni bukib» sakrash texnikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Bog'liq
engil atletika

«Oyoqlarni bukib» sakrash texnikasi.
Bu usul ancha oddiy
va tabiiydir. Yangi boshlayotganlar o‘rgatilmasdan turib shu
usulda sakraydilar. «Uchish qadam» tashlab ko‘tarilgandan
keyin (90-rasm), orqadagi oyoqni oldingi oyoqqa yaqin-
lashtirib, ikkala oyoqni ko‘krakka tortish kerak.
Bu holatda gavdani ortiqcha engashtirib yuborish kerak
emas. Òaxminan yerga tushishga 0,5 m qolganda oyoqlar sal
kam to‘liq to‘g‘rilanadi. Qo‘llar boshlagan harakatni davom
ettirib pastga – orqaga tushiriladi. Bunday kompensator
harakat boldirlar yerga tushish oldidan yaxshiroq cho‘zilishiga,
muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Sakrashning «oyoqlarni buklab» usulidagi jiddiy kamchilik
uchib chiqqandan keyin oldinga aylanish davri ortib ketish
ehtimolidir. Depsinishdan keyingi salgina aylanish ham
kuchayib ketadi. Oyoqlarni bukish va unga engashish
natijasida sakrovchi aylanish radiusini kamaytiradi, burchak
90-rasm.
 Yugurib kelib uzunlikka “oyoqlarni bukish” usulida sakrash.


262
tezligini va aylanish davrini oshiradi; bu esa muvozanatni
yo‘qotish degan so‘zdir (91-rasm). Muvozanatni saqlash
uchun gavdani tiklash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish boshqa
usullarga nisbatan bu usulda samarasizdir.
«Ko‘krak kerib» sakrash texnikasi
(92-rasm) quyidagicha
bajariladi. Sakrovchi «qadamlab» ko‘tarilgandan keyin sil-
kinch oyog‘ini pastlatib orqaga tortib, bungacha sal ildamlab
qolgan depsinuvchi oyoqqa yaqinlashtiradi. Shunday qilib
91-rasm.
 Yugurib kelib uzunlikka “oyoqlarni bukish” usulida
sakraganda gavdaning aylanishi va uchishi.
92-rasm
. Yugurib kelib uzunlikka “ko‘krak kerib” usulida sakrash.
Barvaqt yerga tushganda
aylanib ketish
UOM
To‘g‘ri bajarish


263
ikkala oyoq ham sal orqada qoladi: silkinch oyoq ko‘proq
to‘g‘rilangan, depsinuvchi oyoq tizzasi esa qattiq bukilgan.
Shu bilan bir vaqtda, tos 
UOM
ga nisbatan oldinga siljiydi-
da, sakrovchi ko‘kragini kerib, belini orqaga egadi. Bunday
harakatga yarim bukilgan qo‘llarni yon tomonlardan orqaga
yoki orqadan yuqoriga aylantirib, yon tomonlarga tez harakati
yordam beradi.
Sakrovchi shunday ko‘krak kerganicha taxminan uchish
fazasining yarmini uchib o‘tadi. Bunday uchishni u pauzadek
sezadi.
Yerga tushish paytida gavda olg‘a engashadi. Gavdaning
oldingi yuzasidagi taranglangan mushaklar tez bukilishga
yordam beradi. Oyoqlar tezda oldinga uzatiladi, gavda ol-
dinga engashadi, qo‘llar esa oldinlab pastga harakatlanib,
yerga tushishga yaqin dastlabki holatga qaytadi.
«Ko‘krak kerish» usulining kamchiligi shundan iboratki,
sakrovchi ko‘pincha depsinish vaqtidayoq ko‘krak kera
boshlaydi. Lekin, sakrash texnikasini to‘la o‘zlashtirib
olmagan sakrovchilargina bunday xato qiladilar. Ular ko‘krak
kerishni o‘ylab, tayanch vaqtidayoq orqaga egila boshlaydilar;
natijada depsinish yaxshi chiqmay qoladi. Bundan tashqari,
yerga tushishga tayyorlangandan keyin (bu tayyorlanish
ko‘pincha barvaqt bo‘ladi), oyoqlar pastlashib ketib, yerga
tushish yomon chiqadi. Agar texnika mukammal rivojlangan
bo‘lsa, ko‘krak kerish uchish fazasida, yerga tushishga
tayyorlanish o‘z vaqtida bo‘lsa, bu usulda sakrash juda
yaxshidir.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish