Radioelektron qurilmalar va tizimlar


Elektr ta'minoti qurilmalarining tuzilma sxemasi



Download 0,68 Mb.
bet10/11
Sana25.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#580920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Epat.Muhriddin

2. 10. Elektr ta'minoti qurilmalarining tuzilma sxemasi
MRM elektr ta'minot qurilmalarining tuzilma sxemasi amalga oshirilgan hisoblar va tanlangan turdagi manbalovchi panellar bilan jihozlash asosida bajariladi. Tuzilma sxemasi PP25-ETSK panelidagi chastota o'zgartgichlarning ulanish zanjirlaridan tashqari, bitta ipli tasvirda ko'rsatiladi. Panellar orasidagi bog'lanishlar va yuklamalar zanjirlarining o'tkazuvchanligi sxemada ulardagi shtrixlar soni bilan belgilanadi.
Tuzilma sxemasini ishlab chiqishda quyidagini hisobga olish kerak: o'zgarmas tok elektr tortqi uchastkalarida, 50/25 Gts li chastota o'zgartgichning daydi toklari orqali magnitlanishining oldini olish uchun PP25-ETSK panellari yerdan TS3 turidagi transformator bilan izolyatsiya qilinadi.
TS3 transformatori (1-rasmga qarang) aloqa qurilmasining yuklamasi o'rniga kirish paneliga ulanadi. Bundaloqa qurilmalari TS3 transformatoriga alohida avtomatik o'chirgich AV orqali ulanadi.
PP25-ETSK panellarida topshiriq shartlariga mos ravishdagi yo'l va mahalliy o'zgartgichlarni, ularning ulanish sxemasi fazalashtirishni hisobga olgan holda ko'rsatiladi.
Ma'lumki, fazasezgir rels zanjirlarining normal ishlashini ta'minlash uchun yo'l va mahalliy chastota o'zgartgichlar o'zaro bir-biri bilan bikr faza bo'ylab ulangan bo'lishi kerak.
25 Gts li chastota 50 Gts li chastotadan kam bo'lganligi sababli parametrik chastota bo'lgichlarni o'zgaruvchan tok tarmog'iga sinfazali ulashda, 50 Gts chastotaga nisbatan ularda qo'zg'atiladigan tebranishlar bir xil ehtimollik bilan 0° yoki 180° qiymatlarni qabul qilishlari mumkin, ya'ni 25 Gts li yo'l va mahalliy o'zgartgichlar bir-biriga nisbatan fazada yoki teskari fazada bo'lib qolishi mumkin. PCH 50/25 turidagi yo'l va mahalliy o'zgartgichlarning bikr fazalashini ta'minlash uchun PP25-ETSK panelidagi barcha o'zgartgichlar mos ravíshda fazalashtiruvchi relelarga mos bo'lgan fazalashtiruvchi qurilmalar FU bilan ta'minlanadi.
O'zgartgichning o'zgaruvchan tok tarmog'i sinfazali ulangan bo'lsa, o'zgartgichlarning chiqishlaridagi fazalashtiruvchi qurilmalar faza bo'yicha mos keluvchi 25 Gts kuchlanishlarning olinishini ta'minlaydi, bunda agar ular tarmoqqa teskari ulansa, unda bir-biriga nisbatan 90° siljigan kuchlanishlar olinadi.
Avtonom va o'zgaruvchan tok elektr tortqili uchastkalarda fazasezgir rels zanjirlaridan foydalaniladi. Ular bir-biriga nisbatan 90° fazaga siljitilgan kuchlanish bilan manbalashga mo'ljallangan. Shuning uchun bunday uchastkalarda yo'l va mahalliy o'zgartgichlar o'zgaruvchan tok tarmog'iga teskari fazada ulangan bo'lishi kerak.
Yo'l relelarining mahalliy elementlaridagi kuchlanish yo'l elementlari kuchlanishiga nisbatan tayanch hisoblanadi. Shuning uchun mahalliy o'zgartgichlarning chiqish kuchlanishlari faza bo'yicha o'zaro mos kelishi kerak, bunda har bir panel doim sinfazali ulanadi.
Paneldagi birinchi mahalliy o'zgartgich yetakchi o'zgartgich sifatida qabul qilinadi va unga nisbatan barcha mahalliy va yo'l o'zgartgichlari fazalashtiriladi. Shuning uchun 1P o'zgartgichga fazalashtiruvchi qurilma FU o'rnatilmasligi ham mumkin.
Ma'lumki, PCH 50/25 chastota o'zgartgich 50 Gts li o'zgaruvchan tokining faqat bir yarim davridan foydalangan holda islaydi, bunda ikkinchi yarim davrida ventil yopiq holda bo'ladi. Shuning uchun o'zgartgich manbalanayotgan kuchli tok transformatorining ikkilamchi chulg'ami bo'ylab o'zakni magnitlovchi, transformatordan foydalanishni kamaytiruchi va qo'shimcha energiya isroflarini chaqiruvchi tokning o'zgarmas tashkil etuvchisi oqib o'tadi.
Ushbu magnitlovchi tok paneldagi joiz qiymat (12 A) dan ortmaydi, bunda mahalliy va barcha yo'l o'zgartgichlari teskari fazada ulanadi.
Paneldagi o'zgartgichlar sinfazali ulanganda esa magnitlovchi tokning ruxsat etilgan qiymatdan ortmasligi uchun mahalliy o'zgartgichlar faqat to'rtta yo'l o'zgartgichlar bilan ishlashiga sozlanadi. Agar kuchlanishlari faza/bo'yicha 90° ga siljishini talab qiluvchi rels zanjirlari mavjud bo'lmasa, qolgan ikkita yo'l o'zgartgichlari salt reimida ishlaydi. Bu o'zgartgichlarning mahalliy o'zgartgichlar bilan teskari fazada tarmoqqa ulanishi faqat magnitlovchi tokni kamaytirish uchun qo'llaniladi. Agar stansiyada ikki yoki undan ortiq panellar o'rnatilgan bo'lsa, ular bir-biriga nisbatan o'zakning magnitlanishini kamaytirish uchun teskari fazada ulanadi. Ammo ulardan manbalanayotgan rels zanjirlarining panellari teskari fazada ulanganda, izolyatsiyalovchi ajratmalar mavjud bo'lmagan holda ajratish chegarisida hosil bo'ladigan bir-biriga xavfli ta'sirdan himoyalanmaydi. Shu sababli manbalash uchastkalari chegaralaridagi rels zanjirlarini ajratish faqat manbalovchi transformatorlar orqali amalga oshiriladi. Panellarning sinfazali ulanishi esa transformatorlarning bunday joylashishini talab qilmaydi. Shuning uchun ikkita panellarni o'rnatish kerak bo'lgan hollarda, ammo magnitlanishnihosil qiluvchi o'zgartgichlarning umumiy soni to'rttadan ortmaganda, ushbu panellarni sinfazali ulashga ruxsat etiladi.
Foydalanilmagan o'zgartgichlar bu hollarda tarmoqdan uzilgan bo'lishi kerak.
Uchta panellarning uchinchi paneli, birinchi ikkita teskari fazalangan panellarning istalganiga sinfazali ulanadi. Panellar sinfazali ulanganda, qo'shimcha panellardagi o'zgartgichlarni fazalashtirish asssiy paneldagi birinchi asosiy panel orqali amalga oshiriladi. Qo'shimcha panelning mahalliy o'zgartgichi 1P bu holatda o'zining fazalashtiruvchi qurilmasi 1FU yordamida fazalashtiriladi.
Ikkita panellar teskari fazada ulanganda, ularning fazalashtiruvchi qurilmalari o'zlarining mahalliy o'zgartgichlari 1P va 2P dan manbalanadi. Misol tariqasida, 1-rasmda paneldagi mahalliy va yo'l o'zgartgichlarning teskari fazada va sinfazada ulanishi ko'rsatilgan.
Panellarning o'zaro ulanishi teskari fazada keltirilgan. Ularning sinfazali ulanishi 1-rasmda punktir bilan aks ettiradi.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish