2.9. PV-ETSK kirish paneli, o'zgaruvchan tok tashqi tarmos'idagi
yuklamalarni hisoblash va DGA ni tanlash
Kirish panelini hisoblashdan maqsad uni quvvat bo'yicha yuklanishini tekshirish va panelning buyurtma hujjatlarida ko'rsatilishi kerak bo'lgan manbalash fiderlaridagi eruvchi kiritmalarning toklarini aniqlashdir.
PV-ETSK turidagi bitta panelning maksimal quvvati - 80 kVA. Bu quvvatdan orttirilganda, PV-ETSK turidagi ikkita panel va shunga muvofiq SHVP-73 (rus. ЩВП-73) turidagi ikkita shchit o'rnatiladi. Bunday holatda panellardan biriga SMB va aloqaning barcha yuklamasi, shuningdek, kafolatlangan ta'minot manbaiga, boshqasiga esa - manevrli postlar va kafolatlanmagan manbaiga ega bo'lgan (umumiy yoritish, ventilyatsiyalash, ustaxonalar va boshqalar) barcha iste'molchilar ulanadi.
Kirish panelining quvvati yuklamalarning alohida ko'rinishlari yig'indisi bilan aniqlanadi: mavjud bo'lgan har xil turdagi summa (yig'indi) yordamida hisoblanadi: SMB aloqa, yoritish va ventilyatsiya qurilmalari hamda manevrli postlar (ular mavjud bo'lganda).
SMB yuklamalarining quvvati PR-ETSK, PVP-ETSK, PSPN-ETSK va PP25-ETSK panellarining yuklamalari bo'yicha aniqlanadi.
PR-ETSK paneli tomonidan PV-ETSK uchun hosil qiladigan yuklamasi PR-ETSK yuklamalarining umumiy quvvati Ppr , Qpr, Spr lar hamda TSI va TS2 transformatorlaridagi quvvat isroflaridan tashkil topadi. Har bir TS transformatoridagi quvvat isroflarining aktiv ΔPtc va reaktiv ΔQtc tashkil etuvchilari taqriban quyidagi qiymatlarga teng: ΔPtc =540 Vt, ΔQtc=750 var.
PVP-ETSK panelidan PV-ETSK paneliga o'tuvchi 24 V li nazoratli batareyaning sig'imini tiklash rejimida halokatdan keyingi eng noqulay paytdagi ishlash davrida hosil qilinadi.
Bu yuklamaning aktiv tashkil etuvchisi quyidagi ifoda bo'yicha hisoblanadi:
bunda, Uzb - batareyaning jadallashtirilgan zaryadlanishidagi kuchlanishi (31 V ga teng [5]); ηp - to'g'rilagich (zaryadlash) qurilmalarining FIK (u 0,6 ga teng).
PVP-ETSK yuklamasining reaktiv tashkil etuvchisi taqriban stansiyadagi strelkalar soni 100 gacha bo'lganda - 1180 var, 100 dan ortiq bo'lganda esa - 1400 varga teng deb olinishi mumkin.
PSPN-ETSK strelka panelidan PV-ETSK paneliga yuklama strelkalarni o'tkazishda, ularning ishchi zanjirlarini Ppcp, Qpcp, Spcp manbalash quvvati bilan hamda agar stansiyani isitish ko'zda tutilgan bo'lsa, elektr isitish (220 V li) quvvati bilan aniqlanadi.
Strelkalarni o'tkazish zanjirlarining quvvati bir vaqtning o'zida o'tkaziladigan strelkalarning soniga bog'liq bo'lib, isroflarni hisobga olgan holda EM posti uchun:
60 tagacha strelkali stansiyalarda - Ppcp=2,1 kVt, Qpcp -0,9 kvar gacha;
60 dan 100 ta strelkali stansiyalarda - Ppcp=3,0 kVt, Qpcp -0,9 kvar gacha;
100 dan ortiq strelkali stansiyalarda - Ppcp=4,1 kVt, Qpcp =0,8 ga teng deb qabul qilinishi mumkin [5].
PP25-ETSK panelidan PV-ETSK panelining yuklamasi, panellar soni , ularning ulanish sxemasi, shuningdek, tortqi turi bo'yicha aniqlanadi.
Ma'lumki, rels zanjirlari PCH50/25-300 o'zgartgichlaridan 25 Gts chastotali tokni iste'mol qiladi. Chastota o'zgartgich esa tarmoq tomonidan 50 Gts chastotali tokni iste'mol qiladi.
O'zgartgichning 25 Gts li yuklama va 50 Gts yuklama tomonidan hisobiy quvvatlari orasidagi bog'lanishlar uning yuklanishi va ulanish sxemasiga bog'liq.
PCH50/25-300 turidagi ikkita yoki undan ortiq o'zgartgichlarni o'zgaruvchan tok tarmog'iga yakka holda yoki sinfazali ulaganda, ular har birining 50 Gts chastotadagi hisobiy quvvati 2-ilova bo'yicha aniqlanadi . Ikkita PCH50/25-300 turidagi o'zgarteskari fazali tarmoqqa ulanganda, ularning 50 Gts chastotadagi hisobiy quvvati sinfazali ulanish sxemasidan farqlanadi va 25 Gts chastotali yig'ma yuklanishini hisobga olgan holda 3-ilova bo'yicha aniqlanadi. Shuning udhun agar stansiyada faqat bitta PP25-ETSK turidagi panelni o'rnatish ko'zda tutilgan bo'lsa, unda uning PV-ETSK panelida yuklamasi, Snnu, undagi mahalliy va yo'l o'zgartgichlarining ulanish sxemasiga bog'liq bo'ladi.
Ular sinfazali ulanganda (ushbu uslubiy ko'rsatmaning 2.10. bo'limida
o'zgartgichlarning ulanish shartlari bayon etilgan), 50 Gts chastotada PP25-ETSK panelining hisobiy quvvatini quyidagicha aniqlashimumkin:
(41)
bunda, - 50 Gts chastotadagi o'zgartgichning hisobiy quvvati; u 25 Gts li tomondan, 2-ilovadan uning Sфмп, yuklamalari bo'yicha olinadi (ushbu uslubiy ko'rsatmaning 2.8. bo'limiga qarang); - panelda foydalanilayotgan o'zgartgichlar soni.
Agar mahalliy va yo'l o'zgartgichlarining yuklamalari bir-biridan sezilarli darajada farq qilsa, unda ularning hisobiy quvvati (41) ifoda bo'yicha mahalliy va yo'l o'zgartgichlar uchun alohida anislanib, so'ngra panelning umumiy quvvati ni olish uchun ular qo'shiladi.
Paneldagi mahalliy va yo'l o'zgartgichlari teskari fazada ulangan bo'lsa, unda uning hisobiy quvvati quyidagicha aniqlanadi.
Umumiy holatda bitta panel 2 ta mahalliy va 6 ta yo'l o'zgartgichlaridan iborat bo'lganligi uchun (ma'lumki, yo'l o'zgartgichlari o'zaro sin-fazali ulangan bo'ladi) unda panelning ikki juft o'zgartgichlari 50 Gts li chastotadagi hisobiy quvvati, ularning yig'ma (Sфпп +Sфмп) yuklamasiga bog'liq ravishda 3- ilovadagi ma'lumotlar bo'yicha aniqlanadi.
Shunday qilib, paneldagi teskari fazali ulangan o'zgartgichlarning hisobiy quvvati quyidagicha aniqlanadi:
V·A ( 2 - ilovadan )
Do'stlaringiz bilan baham: |