Kuchaytirilish prinsipi.
Bu prinsipga binoan, nishonga tegish natijasida
hujayra strukturasida sodir bo'lgan dastlabki o'zgarishlar (zararlanishlar) ko'p marta
kuchaytirilib. hujayraviy jarayonlarning keng ko'lamli ikkilamchi zararlanishiga
sabab bo'ladi.
Umum holda, tegish va nishon prinsiplari, muayyan bir hujayraviy nishonning
zararlanishidan iborat shartli reaksiyani ko'zda tutadi va yagona test - effektni nur
ta’siriga javoban kelib chiqadigan reaksiya o'lchov birligi sifatida qabul qiladi. Har bir
reaksiya, muayyan bir nishonning zararlanishiga mos keladi. Tegish va nishon
prinsiplari proliferativ halokatini tasvirlashda samarali natijalar beradi. Bunda,
reaksiya birligi sifatida hujayra halokati, nishon sifatida esa hujayraning proliferativ
halokatiga sabab bo'luvchi yadro (strukturaning umumiy zararlanishi) namoyon
bo'ladi.
Kuchaytirilish prinsipiga ko'ra, DNK molekulasidagi molekulyar zararlanishlar
soni, replikatsiyalanish evaziga oshib boradi. Bundan tashqari, zararlangan
matritsaning transkripsiyalanishi natijasida, xatolar ham transkripsiyalanadi. Ular, o'z
navbatida, translokatsiya orqali oqsillarga beriladi. Strukturaviy buzilishlar natijasida.
yo'qolgan funksional qobiliyat, endi hujayraning o'sha funksiyasiga mos ehtiyojini
ta’minlay olmaydi. Takroriy transkripsiya va translyatsiyalar avj olib, ular dastlabki
yagona zararlanishning ko'payib ketishiga sabab bo'ladi.
Kuchaytirish prinsipi - ionlantiruvchi nur yutilishi natijasida kelib chiqadigan
effektning yutilgan nur energiyasiga nisbatan nomutanosib darajada katta bo'lib
ketishidan iborat radiobiologiyaning ikkinchi bir paradoksini izohlab beradi.
Masalan, nurga nisbatan o'rtacha sezgirlikka ega organizm 10 Gr ga teng halokat
dozasi qabul qilganda, yutilgan radiatsiya dozasining issiqlik ekvivalenti har gramm
to'qimaning haroratini bor - yo'g'i 0,002°S ga ko'tara oladi, xolos.
Tegish prinsipiga ko'ra, nur bilan modda o'rtasida amalga oshadigan har bir akt
o'z holicha mustaqil bo'lib, Puasson taqsimotiga bo'ysunadi. Agar nishon hajmi - v,
nur dozasi - D va nishonga tegish soni - n orqali ifodalangan bo'lsa, nishonga aniq
tegish ehtimolligi P(n) bo'lsa, Paussonga binoan:
a o'rtacha tegish bo'lib, a = nD, dir. n = 0 da 0! = 1.
Demak, testreaksiyaning sodir bo'lishi uchun nur kvanti nishonga n marta
tegishi shart. V - hajmda amalga oshadigan n - 1 yoki undan kam sondagi tegishlar
test - reaksiyaga olib kelmaydi.
Test - reaksiya hosil qilmaydigan hujayralar ulushini aniqlash uchun n dan kam
tegish sodir bo'lgan hujayralarni jamlash lozim bo'ladi. Agar bunday hujayralar soni
N, dastlabki olingan hujayralar soni esa N
0
orqali belgilansa, test - reaksiya
halokatdan iborat bo'lgan taqdirda, populyatsiyada tirik qolgan hujayralar ulushi N/
N
0
ga teng bo'ladi. Jamlash natijasida quyidagi tenglama hosil bo'ladi.
29
Bu yerda k
=
p -1 dir.
Agarda test reaksiyaga sabab bo'lgan nishonga tegishlar soni N = 1 bo'lsa,
tenglama quyidagi ko'rinishga keladi:
Mazkur tenglama eksponensial egri chiziqni ifodalab, yuqorida ko'rsatib
o'tilganidek, ko'pchilik hujayralarning tirik qolish egri chiziqlari shu xil shaklga ega
bo'ladi va hujayraning bir zarbdan faolsizlanish jarayonini aks ettiradi.
Agarda hujayralarning faolsizlanishi uchun birdan ko'p tegishlar talab etilsa, u
holda faolsizlanish jarayoni 2 - tenglama orqali tasvirlanib, tirik qolish egri chizig'i
sigmasimon shaklga ega bo'ladi. Bunday egri chiziq, yarim logarifmik koordinatalar
sistemasida yelkaga ega bo'ladi. Yelka kengligi test - reaksiya yuz berishi uchun talab
etiladigan tegishlar soni bo'lib, u tegishlar sonining oshishi bilan ortib boradi. Yelka
kengligini ifodalovchi mazkur kattalik nishonga tegadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |