NOGIRONLIKKA OLIB KЕLMASLIGI UCHUN
Radikulit kasalligining kechishi turlicha bo‘ladi. Ayrim hollarda u uch-to‘rt kun ichida o‘tib ketadi. Bu o‘tkir holat deyilib, u keyinchalik qayta qo‘zg‘alishi ham mumkin. Ko‘p hollarda esa radikulit uzoqroq (uzluksiz holatda) davom etadi. Bu vaqtda e’tiborsizlik qilinsa, oyoq falajlanadi, bora-bora kishi nogiron bo‘lib qolishi ham mumkin.Umuman, radikulit bilan og‘rigan bemorni nevropatolog shifokor davolaydi, avvalo, kasallikni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng og‘riqni kamaytiruvchi dorilar beriladi, shuning barobarida fizioterapevtik muolajalar, davo gimnastikasi, umurtqa oralig‘ini kengaytirish (umurtqalararo disk faoliyatini tiklash), sanatroiylarda davolanish tavsiya etiladi. O‘z bilgancha belga issiq qilish, og‘riq qoldiruvchi dorilar ichish faqat vaqtinchalik naf berishi mumkin. Agar bemor qunt bilan davolansa, butunlay tuzalib ketadi. Surunkali radikulit va uning vaqti-vaqti bilan zo‘rayishining oldini olishda davo gimnastikasi, fizkultura va turli egiluvchanlik mashqlari bilan shug‘ullanish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |