Odam miya po،stlog،ining ma’lum qismi (miya chap yarim peshona qismining pastki tomondagi pushtlarning orqa qismi) shikastlansa, bemorda nutq artikulatsiyasi, ya’ni nutq talaffuzi buzilib qolishini bundan yuz yil avval 1861 yilda Broka kashf etgan. Broka bunday miyaning ana shu qismi “so‘z obrazlarining motor, ya’ni harakatlantiruvchi markazidir”, deb xulosa chiqargan edi. So'zlar talaffuzining markazlari miyaning xuddi shu qismida joylashgandir. Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin (1874 yilda) K.Vernike miya chap yarim shari tepa qismidagi pushtlarning orqa qismi shikastlanganda nutqni tushunish qobiliyati yo‘qolib qolishini aniqladi va miya po‘stlog‘ining ana shu qismida “so‘zlarning sensor obrazlari” joylashgan degan xulosaga keldi.Bunday tadqiqotlar odamning nutq bilan bog‘langan hamma funksiyalarini psixologik va fiziologik jihatdan o‘rganishga aloqador bir qancha tekshirish ishlarini boshlab berdi. Shu ishlar natijasida nutq bilan bog'liq bo'lgan barcha psixofunksiyalar miya po‘stlog4ning ma’lum qismlari ishtirokida yuzaga chiqishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |