R yunusov, K. Umarov, B. Karimov



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Ishni bajarish tartibi: Talabalar yangi uzilgan o‘simlik, 
belgilab olingan gul va mevalardan, gerbariy va ma’lumot-
nomalardan va adabiyotlardan foydalanib, yong‘oqdoshlar 
oilasiga mansub turlarning botanik, morfologik va xo‘jalik 
belgilarini o‘rganadilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar 
yong‘oqdoshlar oilasiga kiruvchi yong‘oq, pekan va pista 
o‘simliklaridan foydalanadi va 6-jadvalni to‘ldiradilar.
6-jadval
Tur
Daraxt
h
os
ilga
 k
ir
is
h y
ili
Y
as
ha
sh
 m
ud
da
ti
B
ir y
ill
ik n
ov
da
si
 ni
ng 
o‘
rt
ac
ha u
zu
nl
ig
i,  s
m
B
al
an
dl
igi
, s
m
Sh
ox-
sh
abb
as
in
in

dia
me
tr
i, s
m
1. Yong‘oq
2. Pekan
3. Pista


59
10.  MEVALI DARAXTLARNING RIVOJILANISH 
DAVRLARI, O‘SUV VА TINIM FAZALARI. MEVALI 
O‘SIMLIKLARGA TASHQI MUHITNING TA’SIRI  
(2 SOAT)
Mevali daraxt yer ustki qismining bo‘yi baland yoki past 
bo‘lib birinchi navbatda o‘stirilayotgan meva turi va ularning 
navlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan payvandtaglarga va uchin-
chidan qo‘llaniladigan agrotexnikaga bog‘liq.
Daraxtning ildiz bo‘g‘zidan yuqori qismi o‘simlikning yer 
ustki qismi hisoblanadi. Mevali daraxt ko‘chatlari to‘g‘ri ekil-
ganda uning ildiz bo‘g‘zi, ya’ni kurtak payvand qilingan qismi 
yer betiga tarqal gan holda tuproq ustida yerga zich tegib turadi. 
Payvandtag yoki payvand ustning ayrim biologik xususiyatlari-
ga binoan daraxtning ildiz bo‘g‘zida shish paydo bo‘ladi.
Masalan, olchaga gilos payvand qilinganda daraxtning ildiz 
bo‘g‘zidan yuqorisi yo‘g‘onroq bo‘ladi. Chunki olma, olcha, gilos 
navlari uchun payvandtag hisoblanganligidan gilos kuchli, olcha 
esa kuchsiz bo‘ladi.
Yuqorida aytilganidek, ildiz bo‘g‘zidan to birinchi yon shoxi 
o‘sib chiqqan yerigacha qismi tana deyiladi. Tananing vazifasi 
juda kattadir. Daraxtning ildizi yerdan o‘zlashtirilgan oziq mod-
dalarni nam bilan daraxtning shox-shabbalariga o‘tkazadi.
Barglarida paydo bo‘lgan plastik organik moddalarni ildiz 
tizimiga yetkazib beradi. Kuchsiz payvandtaglarda o‘stirilgan 
olma daraxtlari tanasining balandligi 30–40 sm, kuchli payvand-
taglarda o‘stirilgan olma va boshqa mevali daraxtlar tanasining 
balandligi 50–70 sm bo‘ladi.
Tanani haddan tashqari baland va past bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Tana haddan tashqari baland bo‘lsa, daraxt-
ning shox-shabbalari balandlashib ketadi, shamol ta’sirida bir to-
monga egilishi yoki mevasi to‘kilib ketishi mumkin.
Baland bo‘yli daraxt shox-shabbalaridan hosilni terib olish, 
uni parvarishlash va hosilli shoxlar tagiga tirgovuchlar qo‘yish 
ham ancha qiyinlashadi. Tana haddan tashqari pasayib ketsa da-
raxtning shox-shabbasi atrofida tarvaqaylab o‘sganligidan ular 


60
bog‘ qator orasida mashinalarning erkin yurishiga xalaqit be-
radi.
Tuprog‘i sho‘rlangan yerlarda ham tananing balandligi 10– 
20 sm dan kamroq bo‘lganida daraxtning shox-shabbasi 
quyuqlashib yerga yaqinroq o‘sadi.
Daraxt tanasining hamda po‘stining shikastlanmasligiga qu-
yosh nuri ta’sirida qattiq sovuqdan saqlanishga alohida ahamiyat 
beri lishi lozim. Markaziy lider shoxda kelgusida navbatdagi ya-
ruslar barpo qilinadi.
Markaziy tanadan o‘sib chiqqan yosh shoxlar birinchi tartib 
shoxlar, ikkinchi tartib shoxlardan uchinchi tartib shoxlar va 
shunga o‘xshash bir necha tartib shoxlar paydo bo‘ladi.
Tana tepasidagi har tomonga yoyilib o‘sgan shox, butoq va 
novdalar daraxtning shox-shabbasi deyiladi.
Shox-shabbaning o‘sayotgan qismida barglar, gullar va turli 
shaklda kurtaklar chiqargan yangidan-yangi novdachalar pay-
do bo‘ladi. Turli mevali daraxtlarda hosil novdachalari turlicha 
bo‘ladi.  Chunonchi  olma,  nok  kabi  urug‘li  meva  daraxtlarida 
uzunligi 3–5 sm bo‘lgan halqali meva chiviqlari, meva nayza-
chalari bo‘ladi.
Danakli meva daraxtlarida esa nihlar buketli novdachalar, 
halqasimon novdachalar kabi hosil novdachalar mavjud. Tana 
po‘stloq bilan qoplangan: po‘stning sirtqi qavati hujayralardan 
iborat. Ostki, ikkinchi qavatining hujayralarida bargida hosil 
bo‘ladigan organik moddalar harakatlanadi. Barg bilan qoplan-
gan bir yillik shoxcha novda deyiladi.
Mevali daraxtlarning shox-shabbalari piramidasimon, shar-
simon va yoyiq bo‘ladi. Qlcha va gilos hosil shoxchalari qisqa 
bo‘ladi, ularning ichida o‘sish kurtagi va yonida yonma-yon 
joylashgan gul kurtaklari turadi. Bu xil meva shoxchalari dasta 
deyiladi.
Bundan tashqari danakli mevalarda ham o‘sish va gul kur-
taklari aralash hosil shoxchalari bo‘ladi. Novdadagi har bir barg 
qo‘ltig‘ida kurtak bo‘ladi, bular yon kurtak deyiladi. Novdaning 
ichida ustki kurtak bo‘ladi. Yon kurtaklarning hammasi ham 


61
o‘savermaydi. Bunday kurtaklar uyquga ketuvchi kurtaklar de-
yiladi.
Mevali daraxtlarda kurtaklar yoz davomida shakllanadi, 
meva kurtaklari dumaloq, uchi to‘mtoq, o‘sish kurtaklari esa 
yumaloqroq va uchi nayza bo‘ladi. Urug‘li meva daraxtlarida 
ba’zan meva kurtaklaridan gul va novdalar o‘sib chiqadi, bu kur-
taklar aralash kurtaklar deyiladi.
O‘zbekiston sharoitida olma, nok va olcha daraxtlarida hosil-
li va o‘suvchi kurtaklar iyun oyining oxiri iyulning boshlarida, 
gilosda iyul oyining ikkinchi yarmida, o‘rikda iyul oyining 
uchinchi o‘n kunligida shakllana boshlaydi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish