123
Shuni aytish kerakki, О‘zbekistonda charmdan oyoq-kiyimlar tikish
о‘z an’analariga ega. Yurtimizda qadimdan hunarmandlar
va kosiblar
kо‘lda har xil andaza va turdagi poyabzallar, xususan etik, maxsi, kalish
tikib kelganlar. XX asrdan kо‘nchilikning sanoat asosiga о‘tishi bilan
tufli, botinka, sandal, shippak, piyma, kalish, shuningdsk maxsus ish
poyabzallari ishlab chiqarish ham о‘zlashtirildi.
Yarim avtomat quyi tayanch mexanizmining chizmasi
124
Poyabzallardan
namunalar
О‘tgan asrning 20-yillaridan respublikamizda poyabzal fabrikalari
qurilishi ham boshlandi. Jumladan, 1927-yilda Toshkentdagi 1-poyabzal
fabrikasi, 1935 yilda esa 2-poyabzal fabrikasi qurildi. Sо‘ngra yana 5 yil
davomida Buxoro, Samarqand, Tо‘rtkо‘l, Termiz, Andijon, Qо‘qon,
Chirchiq, Namangan poyabzal korxonalari qurilib ishga tushirildi.
Natijada 1940 yilga kelib О‘zbekistonda keng tarmoqli poyabzal sanoati
shakllandi.
Respublikada yetarli mikdorda xomashyoning borligi va poyabzal
mahsulotlariga talabning yildan-yilga oshib borishi, urushdan keyingi
60-70-yillarda ham bu tarmoqni yanada rivojlantirishni taqazo etdi.
Natijada 1960 yilda
Pop rezina poyabzal fabrikasi, 1969 yilda Farg‘ona
va Yangiyо‘l poyabzal fabrikalari qurildi. Toshkentdagi 1 va 2-poyabzal
fabrikalari, Chirchiq va Qо‘qondagi korxonalar kengaytirilib, qayta
jihozlandi. Ular mahsulot turlari bо‘yicha ixtisoslashtirildi. Masalan,
Yangiyо‘l va Chirchiq poyabzal korxonalarida kо‘proq bolalar
poyabzali ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Bugungi kunda respublikamiz poyabzal sanoati korxonalarini
xorijiy hamkorlar bilan sheriklikda eng zamonaviy asbob-uskunalar
bilan qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda. Masalan, 1995 yilda
«Farg‘ona poyabzal» aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning
«Salamander» firmasi о‘rtasidagi hamkorlik natijasida
yillik loyiha
kuvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaklar poyabzali ishlab chiqarishga
teng bо‘lgan «О‘zsalaman» qо‘shma korxonasi mahsulot bera boshladi.
125
Germaniya, Fransiya, Chexiya va boshqa davlatlar firmalari
ishtirokida Yangiyо‘l, Chirchiq poyabzal fabrikalari ham zamonaviy
texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Bunda ayniqsa «Kibo» firmasining
ishtiroki katta bо‘ldi.
Bugungi kunda О‘zbekistonda 10 dan ortiq yirik poyabzal fabrikasi,
shuningdek mahalliy sanoatning kо‘plab
mayda korxonalari ishlab
turibdi. Respublika hukumati bu tarmoqga katta e’tibor bermoqda. 2000
yilda Vazirlar Mahkamasi - О‘zbekiston Respublikasi hukumatining
qarori bilan maxsus «О‘zbekcharmpoyabzal» uyushmasi tashkil etilib,
kun-poyabzal sanoati uning ihtiyoriga berildi.
Poyabzal sanoatida, ayniqsa sentetik va suniy materiallardan
foydalanish istiqbolli yо‘nalish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: