49
Yakkabog‘, Shо‘rchi, Bо‘ka, Termiz, Tо‘rtkо‘l zavodlari qurildi. Qolgan
zavodlarda yangi jin va linter mashinalari о‘rnatildi. Masalan, 1958-
1961 yillarda о‘rnatilgan 178 ta yangi linterlar, chigitni linterlashni 2-3
marta oshirib, linter xо‘jaligi quvvatini 19,5 foizga kо‘tardi. Tarmoqdagi
kо‘plab zavodlar qayta uskunalandi. Faqat 50 yillar oxiri, 60 yillar
boshida qо‘shimcha 84 ta quritish-tozalash sexi qurildi. 400
tonnalik
presslar о‘rnatildi.
1
Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, 1958-1963 yillarda paxta tozalash
sanoati bir tekisda rivojlandi va respublika iqtisodiyotida muhim rol
о‘ynashda davom etdi.
1966-1970 yillarda respublikada paxta tayyorlashning yillik
о‘rtacha miqdori 4 mln. tonnadan oshib ketishi sababli 21
ta paxta
tozalash zavodi qurib ishga tushirildi. Boshqa zavodlarda jin va linterlar
tо‘la yangilandi, qudratli gidropresslar о‘rnatildi. Natijada paxta tozalash
sanoatining asosiy fondlari 43 foizga о‘sdi.
2
Mustaqillikgacha bо‘lgan sо‘ngi 20 yilda (1970-1990) paxta
tozalash sanoatini modernizatsiya qilish davom ettirildi. Shu davrda
30 dan ortiq yangi zavodlar, shu jumladan 80-yillarda 12 ta paxta
tozalash zavodi qurilib, ularning soni mustaqillik arafasida (1990 y)
119 tani tashkil etdi.
3
Shuni ham aytish kerakki, bu davrda paxta tozalash zavodlari
yiriklashtirildi. Qorakо‘l, G‘ijduvon, Kattaqо‘rg‘on, Qо‘rg‘ontepa,
Hazorasp, Qо‘qon-1, Quva, Juma, Denov va boshqa paxta tozalash
zavodlari quvvati yiliga 100 ming va undan ortiq paxta hosilini qayta
ishlashgacha oshirildi.
Sanoatning paxta tozalash tarmog‘iga ehtiyot qismlar yetkazib
beruvchi Samarqand “Paxtamash”, Chust “Olmospaxtamash”
korxonalari qurildi, Kattaqо‘rg‘on “Paxtamash”, “Toshpaxtamash-2”
korxonalari esa qayta ixtisoslashtirildi.
Tarmoqda
asosiy xomashyo-paxta tolasi, shuningdek momiq, chigit
chiqishini yaxshilash, sifatini oshirish, yangi paxta navlarini yaratish
bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Shu maqsadda, О‘zbekiston paxta
1
Sovetskiy Uzbekistan za 40 let. 71, 72-bet.
2
I.Iskandarov, Tekstilnaya prommshlennost Uzbekistana.-T, 1974,84- bet
3
O‘zbekiston Respublikasi. EnsiklopediY..258 bet
50
tozalash sanoati rivojlanishining shо‘rolar davri bosqichida (73 yilda)
Markaziy paxta tozalash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti (1926 y.),
Toshkent davlat maxsus paxta tozalash uskunalari konstruktorlik
byurosi
(1953 y.), Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy-tekshirish
instituti (1959 y.) tashkil etilib, ilmiy izlanishlar olib borildi.
1
Natijada, olimlar va tarmoq ishchi xodimlari hamkorligida paxta
tozalash sanoati uchun texnologik qurilmalar paxtani tayyorlash,
quritish, tozalash, saqlashda qо‘llaniladigan mashina va mexanizmlar,
arrali va jо‘vali
jin mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigitni
saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, jami 50 dan ortiq
nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarilib joriy etildi.
Jumladan, 1975-1978 yillarda paxtani qayta ishlash bо‘yicha potok
liniyalar yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilishi yaxshi samara berdi.
Xususan, “Mehnat” va RX-1 tola tozalagich mashinalari
Zagreb
(1977y.), Plovdiv (1979) xalqaro yarmarkalarida oltin medalga sazovor
bо‘ldi.
2
Shunday qilib, О‘zbekiston paxta tozalash sanoati shо‘rolarning
74 yillik hukmronligi davrida katta tarixiy bosqichni bosib о‘tdi. Bu
davrda zamonaviy paxta tozalash zavodlari soni 119 taga yetdi. Tola
ishlab chiqarish 1980 yilda eng yuqori darajaga yetib 1 mln. 745 ming
tonnani tashkil etdi.
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, birinchidan shо‘rolar davrida
О‘zbekiston paxta tozalash sanoati asosan sobiq markaz uchun xizmat
qildi va uning manfaati yо‘lida rivojlantirildi.
Ikkinchidan, respublikada jami tayyorlangan paxta xom ashyosining
atiga 6-8 foizi shu yerda qayta ishlandi. Bu hol sо‘ngi 60 yil
(1930-1990y.y.) о‘zgarmadi.
Uchinchidan, paxta tozalash zavodlari asosan shaharlarda
joylashtirildi. Natijada paxtani tashish va qayta
ishlash xarajatlari oshib
ketdi, ekologik muhit buzildi.
Tо‘rtinchidan, respublika iqtisodiyoti asosan paxtachilik, paxta
tozalash sanoati bilan bevosita va bilvosita aloqador tarmoqlarga
ixtisoslashib bir tomonlama rivojlandi.
1
O‘zbekiston Respublikasi. EnsiklopediY.251, 259- bet
2
O‘sha joyda, 251 - bet
51
Beshinchidan, shо‘rolarning 74 yillik hukmronligi davrida
qanchalik harakat qilinmasin, tola chiqishi va sifatida jiddiy о‘zgarish
bо‘lmadi, toladan tayyor mahsulot ishlab chiqarish markazda qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: