R. X. Maksudov, I. S. Hayitov


О‘ZBEKISTONDA PAXTA TOZALASH SANOATINING



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana07.09.2021
Hajmi3,71 Mb.
#167442
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
toqimachilik tarixi

О‘ZBEKISTONDA PAXTA TOZALASH SANOATINING
SHО‘ROLAR MUSTAMLAKACHILIGI YILLARIDAGI
AHVOLI
Ma’lumki, shо‘rolar hukumronligi davri (1918-1990 yillar)da ham
О‘zbekiston paxta tozalash sanoati sobiq ittifoq manfaatlariga xizmat
qilishda davom etdi. Biroq, bu davrning dastlabki yillarida paxta
tozalash sanoati chuqur inqirozga uchragan edi.
Dastlab birinchi jahon urushi (1914-1918 yillar) sо‘ng sovetlar
mamlakatida bо‘lib о‘tgan fuqoralar urushi (1918-1920 yillar) natijasida
Turkiston paxtachiligi va paxta tozalash sanoati orqaga ketdi. Masalan,
1920 yilda О‘zbekistonda paxta ekiladigan maydonlar 1913 yildagi
423 ming gektardan 94 ming gektarga tushib qoldi, yoki 4,5 barobar
kamaydi. Shu davrda yalpi paxta hosili esa 17 barobar kamayib
532 ming tonnadan 31 ming tonnagacha qisqardi.
Bu hol paxta tozalash sanoatiga ham salbiy tasir kо‘rsatdi. Birgina
1920 yil 17 iyuldan 14 avgustgacha, yani salkam bir oy ichida Andijon
tumanida-17 ta, Farg‘ona tumanida-9 ta, Asaka tumanida-8 ta, jami 34 ta
paxta tozalash zavodlari vayron qilindi.
1
1920 yilda о‘lkada mavjud 228 ta paxta tozalash zavodidan atigi
16 tasi ishlamoqda edi xolos. Bu hol shо‘rolar hukumatini tashvishga
solmay qolmasdi, albatta. Chunki, markaziy shaharlarda о‘nlab
tо‘qimachilik korxonalari tо‘xtab qolgan, minglab kishilar ishsiz edi.
Jumladan, 1918 yilda Turkistondan Rossiya tо‘qimachilik korxonalariga
1310 vagon paxta tolasi jо‘natilgan bо‘lsa, 1919 yilda bu kо‘rasatkich
yana ham kamayib, atigi 940 vagonni tashkil etdi xolos.
2
Amerika, Misr yoki boshqa mamlakatlardan paxta sotib olish uchun
esa mablag‘ yо‘q edi. “Yagona manba esa Turkiston” edi. Buni yaxshi
anglagan shо‘rolar hukumati о‘z manfatlari yо‘lida Turkiston
(О‘zbekistonda)da zudlik bilan paxtachilik va paxta tozalash sanoatini
tiklash xamda rivojlantirishga kirishdi.
Dastlab, 1918 yilda paxta tozalash zavodlari milliylashtirildi, ya’ni
xususiy mulkdorlardan davlat ixtiyoriga tortib olindi. Sо‘ng 1919 yil
1
I.S.Hayitov, T.Akbarov. O‘zbekiston paxta tozalash sanoati tarixidan.-T.; “Bilim jamiyati”, 1989 y. ,7- bet.
2
 O‘sha joyda


42
fevralda 1 milliard, shu yil oxirida yana 1 milliard 267 million rubl
mablag‘ О‘zbekiston (Turkiston)da paxta tozalash sanoatini tiklash va
rivojlantirishga ajratildi.
1
 Albatta, tarmoqni rivojlantirishga sarflangan
bu mablag‘lar keyinchalik bir necha yuz barobar bо‘lib qaytishini shо‘ro
hukumati yaxshi bilardi. Ha, sovet Rossiyasi tо‘qimachilik va
ip-gazlama sanoati uchun о‘ta dolzarb bо‘lgan bu masala shaxsan
hukumat raisi diqqat markazida turdi. Natijada 1918-1922 yillarda
hukumat raisi 71 marotaba hukumat azolari etiborini Turkistonda
paxtachilik va paxta tozalash sanoati muommolariga qaratdi.
Shuningdek, Turkistonda faoliyat kо‘rsatgan Butunrossiya
Markaziy ijroiya qо‘mitasi va RKP(b) Markaziy Komitetining Turkiston
ishlari bо‘yicha komissiyasi, keyinchalik Turkbyuro va О‘rta Osiyo
byurosi ham о‘lkada paxta tozalash sanoatiga katta «e’tibor» berdi.
Masalan, Turkkomissiya 1920 yil 30 yanvardan 1922 yil 11 fevralgacha
9 marta, Turkbyuro 1921 yil fevraldan 1922 yil fevralgacha 7 marta,
О‘rta Osiyo byurosi 1922 yil oktabrdan 1924 yil oktabrgacha 10 marta
paxta tozalash sanoati masalalarini maxsus kо‘rib chiqdi.
Shuning uchun ham 1920 yil fevralda RSFSR XKK “Turkistonda
paxta tozalash sanoatini qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida” qaror qabul
qildi. Kо‘p о‘tmai, 1921 yil martda Turkiston paxta qо‘mitasiga
677 million, 1922 yil may oyida 1,5 milliard, dekabrda yana 9,7 million
rubl ajratildi.
2
 Shо‘rolar hukumati bu bilan cheklanmadi, chunki unga
«paxta suv va havodek» zarur edi.
Kо‘rilgan chora-tadbirlar natija bera boshladi. Arxiv xujjatlarining
guvohlik berishicha, 1922-1923 yil paxta mavsumidan boshlab paxta
tozalash zavodlari foyda kо‘rib ishlay boshladilar. 1923 yilda tiklangan
paxta tozalash zavodlari soni 23 taga, 1924 yilda esa 35 taga yetdi. Bitta
zavod hissasiga tо‘g‘ri keladigan tola ishlab chiqarish 1913 yildagi
о‘rtacha 186 ming puddan, 1923 yilda 268 ming pudga, 1924 yilda esa
ikki barobar kо‘payib 374 ming pudga yetdi.
Boshqacha qilib aytganda, 1924-1925 yilda paxta tozalash sanoatida
yalpi mahsulot ishlab chiqarish 57,8 million rublni tashkil etdi. Bu
1
 I.Hayitov. Endi milliy boyligimizga aylandi j-l, «Guliston», 2-son, 2001 y., 44-bet.
2
O‘sha joyda


43
1913 yilga nisbatan (96,2 million rubl) 60 % ga teng edi.
1
1924 yilda Toshkent va Andijonda, 1925 yilda Mang‘it, Hazorasp,
Kitob, Qо‘rg‘ontepa, Qо‘qonqishloqda yangi paxta tozalash zavodlari
qurib ishga tushirildi. Shunday qilib, 1924 yilda Kommunistik partiya va
sovet hukumati turkistonlik mahaliy aholidan sо‘ramasdan, yuqoridan
turib о‘z bilganicha, ammo uzoqni kо‘zlab, aniq maqsad yо‘lida
о‘tkazgan miliy-davlat chegaralanishi natijasida sobiq SSSR tarkibida
tuzilgan sobiq О‘zbekiston SSR ixtiyoriga о‘tgan о‘lkadagi 110 ta paxta
tozalash zavodidan 1925 yilda 52 tasi ishga tayyor edi.
Bu hol asta-sekinlik bilan bо‘lsada, sobiq ittifoq tо‘qimachilik
sanoatining ham jonlanishga olib keldi. Ammo bu ham “markaz” ning
ehtiyojini qondira olmas edi. Natijada respublikada paxtachilik va paxta
tozalash sanoatini tiklash, qayta ta’mirlash va yangilarini qurish davom
ettirildi. 1926 yilda Qorasuvda, 1927 yilda Uchqо‘rg‘on, Shahrixon,
Haqqulobodda yangi paxta tozalash zavodlari qurildi. Natijada 1927-
1928 yilga kelib, О‘zbekiston sanoati yalpi mahsulot hajmi bо‘yicha
1913 yil darajasiga yetdi. Biroq, uning yetakchi tarmog‘i paxta tozalash
sanoati hali 81 foiz darajasida qolayotgan edi.
2
Paxta tozalash sanoati faqat 1928-1929 yil mavsumiga kelib
tiklandi. Bunda Toshkentda qurib ishga tushirilgan va asosan paxta
tozalash zavodlari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bosh paxtachilik qо‘mitasi” ning
mexanik ustaxonalari malum rol o’ynadi. Ustaxonada tola va momiqni
ajratuvchi jin va linterlar ishlab chiqarilishi tarmoqga chetdan ehtiyot
qismlar olib kelishni tо‘xtatdi.
Natijada paxta tozalash zavodlarida jin va arralar soni kо‘paydi.
Masalan, 1913 yilda bitta zavodda о‘rtacha 5 ta jin 333 ta arra
о‘rnatilgan bо‘lsa, 1927 yilda ularning soni mos ravishda 7,5 va
573 taga yetdi. Bu о‘z navbatida,paxta tozalash zavodlarining о‘rtacha
kuvvatini 58 ot kuchidan (1913) 150 ot kuchiga oshirdi. Yoki 1913 yilda
bitta jinga 10,3 ot kuchi tо‘g‘ri kelgan bо‘lsa, 1927 yilda 20,8 ot kuchi
tо‘g‘ri keldi. Umuman, 1913 yildan 1928 yilgacha paxta tozalash
zavodlarining ishlab chiqarish quvvati uch barobar, bitta jin va arraga
1
 Industrialnoye raziitiye  Uzbekistana .... T.: 1966 y., 59-bet
2
 Uzbekistan za 15 let. stat.sb. 116-bet.


44
tо‘g‘ri keladigan xomashyo yuklamasi esa ikki barobarga oshdi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish