127
Umumiy summada o‗zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‗liq
bo‗lsa, u xolda birlik mahsulotga nisbatan hisoblanganda ular o‗zgarmas bo‗lib
qoladi.
O‗zgarmas xarajatlar yig‗indisi korxonaning ishbilarmonlik faoliyat darajasi
o‗zgarganda o‗zgarmay qoladi, biroq ishlab chiqarish hajmlari o‗zgarganda
birlik
mahsulotga hisoblangan bu xarajatlar o‗zgaradi. O‗zgarmas xarajatlarga ijara haqi,
amortizatsiya chegirmalari,
mulk solig‗i xarajatlari va boshqalar kiradi. Yarim
o‗zgarmas xarajatlar alohida ahamiyatga ega.
Zamonaviy boshqarish tizimlari ishlab chiqarish hajmlarining o‗zgarishi,
mahsulot realizatsiyasidan
olingan daromad, xarajatlar va sof foyda o‗rtasidagi
bog‗liqlikni tahlil qilishga asoslanadi. Bunday tahlil operatsion deb nomlanadi
(inglizcha nomining qisqartirilgani – CVP).
Operatsion tahlil
– korxonada tezkor
moliyaviy rejalashtirishning asosiy quroli bo‗lib, faoliyatning moliyaviy natijalari
xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va narxlarga bog‗liqligini kuzatish imkonini beradi.
Operatsion tahlilning asosiy elementlari quyidagilar:
rentabellik chegarasi;
operatsion richag;
zaxiraning moliyaviy puxtaligi.
CVP- tahlil, korxona zarar ham foyda ham ko‗rmagan
sharoitda, tushumni
aniqlash imkonini beradi. Tushumning bunday hajmi yuqori nuqta deb ataladi. Uni
topish uchun uchta usulni qo‗llash mumkin: grafik, hisoblash va marjinal foyda.
Operatsion vositaning kuchi doimiy xarajatlar va ularning ulushiga bog‗liq
bo‗lib, korxonaning moslashuvchanlik darajasi va tadbirkorlik riskining kelib
chiqishini belgilaydi.
Korxona kapitallari tarkibida kredit foizlarining o‗sishi hisobiga doimiy
xarajatlarning ortishi moliyaviy vositalar samarasining o‗sishiga olib keladi.
Bir vaqtning o‗zida operatsion vosita, bitta aksiyadan keladigan foyda hajmini
oshirib, moliyaviy vosita ta‘sir kuchining ortishiga ko‗maklashgan holda,
mahsulot
realizatsiyasi hajmining o‗sishiga (tushum) nisbatan daromadning yanada tezroq
128
o‗sishini generatsiyalaydi. Shunday qilib, moliyaviy va operatsion richaglar, bir-birini
kuchaytirgan holda, o‗zaro chambarchas bog‗liqdir.
Operatsion va moliyaviy vositalarning umumiy ta‘siri ikkala vosita bir-birini
o‗zaro ko‗paytirgan holda birga harakat qilishidagi samarasida ifodalanadi.
Ikkala vosita ta‘sirining umumiy samara darajasi korxonaning umumiy risk
darajasidan dalolat beradi va realizatsiyadan olingan daromad 1%ga
ortganda bitta
aksiyadan keladigan daromad necha foizga o‗zgarishini ko‗rsatadi. Bu qudratli
vositalarning birga qo‗shilishi korxona uchun halokatli bo‗lishi mumkin, chunki
tadbirkorlik va moliyaviy risklar, noma‘qul natijalarni
multiplikatlashtirgan holda,
o‗zaro qo‗shiladi.
Korxonaning umumiy xatarini kamaytirish vazifasi uchta variantdan birini
tanlashdan iborat:
1)
operatsion vositaning kuchsiz ta‘siri bilan moliyaviy vosita samarasining
yuqori darajasini qo‗shish;
2)
kuchli operatsion vositani moliyaviy vosita samarasining past darajasi bilan
qo‗shish;
3)
bir me‘yordagi moliyaviy va operatsion vositalarni qo‗shish.
U yoki bu variantni tanlashda risk minimal bo‗lgan holda aksiya kurs narxining
mumkin qadar maksimal qiymati umumiy ko‗rinishdagi mezon bo‗lib xizmat qiladi,
bunga risk va daromadlilik o‗rtasida kelishuv orqali erishiladi.
Operatsion va moliyaviy vositalar ta‘sirining umumiy samara darajasi,
korxonaning dividend siyosatini amalga oshirish imkonini ta‘minlagan holda,
rejalashtirilayotgan realizatsiya tushumiga bog‗lik ravishda
bitta aksiya keltiradigan
daromad qiymatining rejadagi hisoblarini bajarish imkonini beradi.
Xulosa qilib, aytganda chiqimlar va xarajatlarni hisoblash, ularni hisoblash
tartiblarini o‗rganish masalaning bir tomoni bo‗lsa, masalaning ikkinchi tomoni bu
xarajatlarni
turlarga ajratish, qarorlar qabul qilishda ularning ahamiyatiga qarab,
foydalanish hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatida xarajatlar nuqtai nazaridan kam
yoki ko‗p, ahamiyatli yoki arzimas chiqimlar bo‗lishi mumkin emas. Har bir
xarajatning o‗z o‗rni va xarajat tarkibiga olib borilishiga ko‗ra tasniflanishiga ega.
129
Shuningdek, operatsion tahlil usullarini qo‗llagan
holda mahsulot tannarxining
optimal qiymatini aniqlash va uni amaliyotga tatbiq etish moliyaviy menejmentning
ustuvor yo‗nalishlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: