R. X. Alimov, O’. T. Xayitmatov, A. F. Xakimov, G. T. Yulchieva, O. X. Azamatov, U. A. Otajanov


Ma’lumotlar  bazalarning  ob’ektga  –  mo’ljallangan  modeli



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/242
Sana08.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#330589
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   242
Bog'liq
3081-Текст статьи-7666-1-10-20200822

Ma’lumotlar  bazalarning  ob’ektga  –  mo’ljallangan  modeli 
dasturlashning 
ob’ektga  mo’ljallangan  tillari  paydo  bo’lishi  bilan  yuzaga  chiqa  boshladi.  Bunday 
bazalarning  paydo  bo’lishi  90-yillarga  to’g’ri  keladi.  Ushbu  turdagi  bazalar  sinflar 
usullarini  o’zida  saqlaydi.  Ko’pincha,  doimiy  sinflar  ob’ektlarini  o’zlarida  saqlab 
ma’lumotlar orasida to’siqsiz uyg’unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni 
amalga oshiradilar. 
Relyatsion  modellarning  hozirgi  zamon  MBBTlarida  ustunlikka  erishilishi 
quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 
1)
 
rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani); 
2)
 
ma’lumotlarni  boshqa 
modellarini  relyatsion  modellarga  keltirish 
apparatining mavjudligi; 
3)
 
axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi; 
4)
 
tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega 
bo’lmay  ular  bilan  ishlash  imkoniyatini  yaratadigan  MBga  nisbatan  standartlashgan 
yuqori darajadagi so’rovlar tilining mavjudligi.  
Ma’lumotlar  bazalarni  ishlab  chiqishda  2  xil  usuldan  foydalanish  mumkin. 
Birinchi  usulda,  avval  asosiy  masalalar  aniqlanib,  ularni  hal  qilish  uchun  baza 
yaratiladi  hamda  masalaning  ma’lumotlarga  bo’lgan  ehtiyoji  aniqlanadi.  Ikkinchi 
usulda,  muammo  sohasining  namunaviy  (tipik)  ob’ektlari  birdaniga  o’rnatiladi.  Bu 
erda  eng  optimal  usul-ikkala  usulni  birgalikda  ishlatishdir.  Bu  shu  bilan  bog’liqki, 
dastlabki  bosqichda  barcha  masalalar  to’g’risida  etarlicha  ma’lumotlarning 
yo’qligidadir. 
  Ma’lumotlar  bazalarini  loyixalashtirish  jarayoni  ikki  bosqichga  bo’linadi: 
muammo  sohasining  ma’lumotlarining  axborot-mantiqiy  modelini  (MAMM)  ishlab 
chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash. 
Axborot-mantiqiy  model  muammo  sohasini  axborot  ob’ektlarining  majmui  va 
ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko’rinishida aks ettiruvchi  ma’lumotlar  modelidir. 
Muammo sohasining  ma’lumotlarining axborot-mantiqli  modelini  ishlab chiqish shu 
sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (5.6-rasm). 
Muammo  sohasining  infologik  modeli  asosida  kontseptual  (mantiqiy),  ichki 
(jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. 
Ma’lumotlar 
bankiing 
mantiqiy 
 
tuzilishi—obektga 
tegishli 
bo’lgan 
axborotlarning  Mbda  joylanishini  ifodalaydi.  Hosil  bo’lgan  Ma’lumotlar  bankiing 
mantiqiy  bog’lanish  modeli  ikkinchi  bosqichining  natijasi  hisoblanadi.  Bu  modelda 
uch  turli  axborot  ifodalanadi:  ob’ekt    to’g’risidagi  xabarlar,  ularning  xususiyati  va 


 
86 
o’zaro  munosabatlari.  Har  bir  ob’ekt    modeli  yozuv  turlari  orqali  ko’rsatiladi. 
Ularning  xususiyatlari  -  yozuv  maydonlari  orqali  ifodalanadi,  munosabatlar  esa  -- 
yozuv  va  maydon  turlari  o’rtasidagi  aloqalar  yordamida  tasvirlanadi.  Bunday  model 
EHM  operatsion  tizimining,  MBBT  ning  mohiyatiga  bog’liq  bo’lmaydi,  yahni 
axborotning  ma’nosiga  bog’liq  bo’lmagan  holda  ularni  ifodalash  usuli  va  aloqasini 
ta’minlaydi. 
 
 
5.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari 
 
Mantiqiy  modelni  chizmali  va  jadvalli  usullar  yordamida  ifodalash  mumkin. 
CHizmali  usulda  ma’lumotlar  o’rtasidagi  bog’lanish  graflar  yordamida  tasvirlanadi. 
Bunda  grafning  uchlari  yozuvlarni  ifodalaydi,  qirralari  esa  yozuvlar  o’rtasidagi 
aloqalarni  ko’rsatadi.  Jadvalli  usulda  ob’ekt  to’g’risidagi  ma’lumotlar  bir  yoki  bir 
nechta ustundan iborat bo’lgan jadvallar orqali ifodalanadi. 
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning poьonali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion 
turlaridan foydalanilmoqda. 
Pogonali  model  chizmali  usul  asosida  tashkil  qilinadi.  Bunda  ma’lumot 
yozuvlari  grafning  uchlarini  ifodalaydi  va  xar  bir  yozuv  oldingi  poьona  uchlariga 
bog’langan bo’ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta 
yo’nalish  bo’yicha  qidiriladi  va  uning  joylashgan  o’rni  to’liq  ko’rsatiladi.  Poьonali 
(ierarxik)  modelga  asoslangan  MB  1-chi  va  2-chi  avlod  EHM  lari  yordamida  ishlab 
chiqilgan.  IBM  firmasi  1968  yilda  IMS  (Information  Menagement  System)  deb 
nomlangan ma’lumotlar bankini tashkil qilgan. 
Tarmoqli  model  ham  chizmali  usul  yordamida  tashkil  qilinadi.  Lekin  bunda 
tegishli  axborotlar  bir  nechta  yo’nalish  bo’yicha  olinishi  mumkin.  Tarmoqli  model 
ierarxik  modelning  kengayishi  hisoblanadi.  Bu  modelning  asoschisi  CH.  Baxman. 
Tarmoqli  modelga  asoslangan  MB  –  Integrated  Database  Menegement  System 
(IDMS)  Cullinet  Software  Inc.  Kompaniyasi  tomonidan  70  yillari  ishlab  chiqilgan. 
Ierarxik va poьonali Ma’lumotlar bankiing afzalligi — ularning tezkorligi. 
SHaxsiy  EHM  larning paydo bo’lishi  relyatsion  modellarning keng tarqalishiga 
sababchi  bo’ldi.  Relyatsion  model  jadvalli  usul  asosida  tashkil  qilinadi.  Bunda 
tegishli  ma’lumotlar  jadvalning  ustun  va  qatorlarida  joylashadi.  Ustunlar 
 
mantiqiy 
loyihalash 
jismoniy ( fizik) 
loyihalash 
ma’lumot 
ilovada 
ifodalanishini 
loyihalash 
MB 
loyihalash 


 
87 
ma’lumotning  maydonlarini,  qatorlar  esa  yozuvlarni  ifodalaydi.  Bir  ustunda  ma’lum 
sohaga  tegishli  bo’lgan  bir  qancha  ma’lumotlar  ko’rsatiladi.  Ustun  va  qator 
o’rtasidagi  bog’lanish  munosabat deb ataladi.  Har bir  ustun,  qator  va  munosabat o’z 
nomiga ega bo’ladi. 
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi: 

 
ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma’lumotlar element hisoblanadi; 

 
munosabatlarda ikkita bir hil qator bo’lmaydi; 

 
ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas. 
Relyatsion  model  bir  nechta  munosabatlardan  tashkil  topishi  mumkin. 
Relyatsion  modelning  asoschisi—Amerika  olimi  E.F.  Kodd.  Bu  modelning  ikkinchi 
nomi – Kodd modeli. 
       Ma’lumotlar  bankii  tashuvchilarda  xosil  qilish  bosqichi  fizik  tuzilishni  tashkil 
etadi.  Fizik  tuzilishi  tashqi  xotiralarda  ma’lumotlarni  joylashtirish  usullari  va 
vositalaridan  iborat  bo’lib  uning  natijasida  ichki  model  xosil  qilinadi.  Ichki  model 
ma’lumotning  mantiqiy  modelini  tashuvchilarda  aks  ettiradi  va  yozuvlarning 
joylashishini,  aloqasini  va  tanlab  olinishini  ko’rsatadi.  Ichki  model  MBBT  orqali 
hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi : 

 
ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash; 

 
tashqi xotiradan maksimal foydalanish; 

 
Ma’lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish; 

 
ma’lumotlarni  qidirish  va  tanlash  jarayonlarining  tezkorligini  oshirish  va 
boshqalar. 
 
 
 
5.7-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi 
 
Umumiy  holda  ma’lumotlar  bazalarini  boshqarish  tizimlari  (MBBT)  ikki  xil 
guruhga ajratiladi: 
Professional  yoki  sanoat  MBBTlari.  Bu  guruhga  quyidagi  MBBTlar  kiradi: 
Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress. 
SHaxsiy  (stolga  joylashtiriladiganlar).  Bu  guruhga  kiradigan  MBBT  lar: 
FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access. 
Foydalanuvchi interfeysi 
MB protsessori 
Ma’lumotlar bazasi 
1 blok 
2 blok 
3 blok 


 
88 
Hozirgi  vaqtda  Access  MBBT  ning  ishlab  chiqarishda  keng  tarqalganligini 
hisobga  olgan  holda  dasturning  ma’lumotga  kirish  arxitekturasini  ko’rib  chiqamiz. 
Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm). 
Foydalanuvchi  interfes  bloki.  Bunga  MS  Access  ob’ektlari  kiradi:  jadvallar, 
formalar,  hisobotlar  va  boshqalar.  Ma’lumotlar  ombori.  Bu  blokda  ma’lumotlar 
jadvallarining  fayllari  saqlanadi  (Access  da    mdb-fayllar).  MB  protsessori.  MS 
Access  MBBT  2000-da  ma’lumotlar  disketlari  MS  Jet  (Joınt  Engine  Technolıgy) 
ma’lumotlar  bazasi  yadrosining  yangi  32  razryadli  3.5.  versiyasi  qo’llanilgan.  Bu 
versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish