Ustun ma’lumotlarining ba’zi tarkibiy qismi −
atributga mos keladi. Atribut
ma’lumotlarning eng oddiy tuzilmasidir. Jadvalda yuqorida ko’rib o’tilgan tarmoqli
va ierarxik modellardagi kabi ko’p tarkibiy qismlari guruh yoki takrorlanuvchi guruh
kabilar belgilanishi mumkin emas. Jadvalning har bir ustinining ma’lumotlari tegishli
tarkibiy qismi (atribut)ning nomiga ega bo’lishi kerak. Ma’nosi jadval satriga teng
bo’lgan bir yoki bir nechta atributlar jadvalning
kaliti hisoblanadi.
Ma’lumotlar
bazasini
tuzishda
relyatsion
yondashuv
munosabatlar
nazariyasining terminologiyasi qo’llaniladi. Eng oddiy ikki o’lchamli jadval
munosabat sifatida belgilanadi. Tegishli atribut mazmuniga ega bo’lgan jadval ustini
domen deyiladi. Turli atributlar mazmuniga ega bo’lgan satrlar esa