orkestr j o ‘rligida, ma’lum yakkaxon cholg‘u bilan birgalikda ijro
etiladi. Ariozolarni mazmunida bo‘layotgan voqealaming tavsiloti,
ulaming muhokamasi o‘rin olib, ulardan so‘ng kelgan mazkur
ariyalar uiarga lirik-falsafiy yakun yasab beradi,
Ariyalar nomi boim agan xorlar yakkaxonlarga taqsimlanib,
umumiy his-tuyg‘ular, qalb harakati aks etish uchun mo‘ljallanib,
ichki kontrastlardan yiroq. Ko‘p ariyalar da capo an’anaviy shaklda
yozilgan. Ular orkestr va yakkaxonlar jo ‘rligida ijro etilib, vokal-
cholg‘u ansambllarga aylanib qoladilar.
Ariozolarning ariyalarga qardoshligi quyidagi jihatlar bilan
ko‘zga tashlanadi: a) ular Yevangeliya matniga emas, balki erkin
she’riy vaznga asoslanadi; b) yorqin melodik ifodaviyligi, shu-
ningdek, ariya va ariozo o ‘rtasida ulami orkestr mavzulari, umumiy
vokal ovozlar va cholg‘ular bilan bog‘liqlik rishtalarida. Ularning
bunday birlashuvi “kichik polifonik turkumni” eslatadi, uning
birinchi qismi nisbatan erkin bo‘lib, ikkinchisi muqaddima vazifasini
o‘tasa, so‘nggisi mavzu va shakl tuzilishi bo‘yicha birmuncha
mukammaldir.
“Matfey bo‘yicha iztiroblar”ning eng jozibali ariyasi - №47, “Er
barme dich” (“Rahm qil, Tangrim!”). Bu butun asar - “tavba
qilish”ning eng yuqori pallasi (ammo asosiy fojiaviy voqeliklar hali
oldinda) bo‘lib, ariyadan avval Yevangelist Petrning voz kechishi
haqida bayon qiladi, shu bois, ariya musiqasi qayg‘udan alam
chekkan Petr nidosi sifatida qabul qilinadi.
Alt ovozi skripkaning solo ovozi bilan omuhtaligida yangrab,
vokal-cholg‘u duetni tashkil qiladi. Musiqasi qayg‘uli h-moll
tonalligida, triolli-punktir usulida qadimgi sitsiliana raqsiga yaqin
bo‘lib, lamento ohangining o‘ziga xos xonishlarida tuziladi.
Xor nomerlari ikki turga bo‘linadi:
• Yevangeliya matniga asoslangan xorlar (turbe).
• Baxning libretisti (Pikander) tomonidan yozilgan erkin she’riy
vaznga asoslangan madrigal xorlari.
Aksariyat xorlar birinchi turga kiradi. Ular
asosan hajman zieh,
dramatik va harakatchan, polifonik usullar bilan rivoj topadi. Bu
yerda voqeliklar ishtirokchilari - Isoning shogirdlari, ilk taqvodor
odamlar, qo‘riqchilar va ularning bevosita gaplari o‘rin oigan.
Shunday qilib: turbe xorlari harakatni dramatik rivojlantirishga
93
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'maklashadi. Madrigal xorlari (jami uchta - №1, №35 va №78 -
yakuniy) birinchi qismga yakun yasaydi. Ulaming har biri
katta hajmi
bilan e ’tibomi tortadi.
Qadimgi an’analarga sodiq holda, “Matfey bo‘yicha iztiroblar”
Golgof tog‘iga yurish kabi dramatik harakat ko‘rsatishdan boshlanadi
(№1 xor). Ikki xoming partiyasi turlicha talqin qilinadi: birinchi xor
Isoni taqdiridan iztirobli ko‘z yosh to‘kkanlar bo‘lsa, ikkinchi x o r -
“kim?”, “nima?” va “qayerga?” so‘zlari bilan ommaning voqeliklami
kuzatib borayotganini havola etadi. Kechroq yana bir xor partiyasi
qo'shiladi (ko‘pincha o ‘g‘il bolalar xori). Mazkur xor “iztiroblar
haftasi”da ijro etilgan edi. Bax tomonidan uni asarga kiritilishi
ma’lum ramziy ma’noni o ‘zida aks ettirgan. Yakunida xorlar
birlashib, qayg‘u-alam va pushaymonli hissiyotlami gavdalaydi.
Yakuniy xor “Tinch tushda osuda yotgin” Iso Payg‘ambar bilan
oxirgi vidolashishi b o iib , uni tobutga qo‘yish sahnasini namoyish
qiladi. Uning musiqasi elegik-hayotbaxsh ohanglarda tarannum
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: