Opera ijodi. Buyuk nemis kompozitori G.F. Gendel sermahsul faoliyatining qariyb 34 yili opera asarlari ustida ish olib borishga bag‘ishlangan bo'lib, jamiki 40 dan ortiq operalaming aksariyat qismi italyan opera-seria andozasiga qaratilgan.6
Ma’lumki, XVIII asrda italyan opera-seria janrida ro‘y bergan tadri- jiy (evolyutsion) o‘zgarishlar kompozitoming e’tiboridan chetda qolmadi.
Xususan, G.F. Gendel o‘zining opera ijodida olib borgan tajriba va izlanishlari, inqirozga uchrayotgan opera-seria tafovutlarini ozod etishga qaratilgan bo‘lib, islohotga “chiqish” yo‘llarini belgilab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
G.F. Gendelning ijodi bilan shug‘ullangan nemis musiqashunosi German Krechmar o‘z vaqtida uni “musiqiy dramaning islohotchisi” deb ta’riflagani bejiz bo‘lmagan, albatta. Darhaqiqat, G.F. Gendel opera janrida islohot arafasida turgan, biroq undan nariga o'tmadi. Kompozitor izlanishlarining yuksak kamoli uning oratorial ijodida aks etdi. Faqat yigirma yildan so‘ng, ushbu davming shakllangan mos shart-sharoitlarida X.V.Glyuk tomonidan operadagi islohot amalga oshirildi.
G.F. Gendelning “Tamerlan” operasi yetuklik ijod davrida yaratil- gan asarlar qatorida alohida o‘rin egallaydi. Mazkur operani yaratishga qadar kompozitor opera ijodida katta yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, shu yillarda yuqori dramatizm, ta’sir etish kuchining chuqurligi jihatidan mukammal asarlar yaratdi. (“Yuliy Sezar” (1724), “Tamerlan” (1724), “Rodelinda” (1725), “Scipion” (1726), “Admet” (1726)).
Opera Londonda yaratilgan bo‘lib, xususan, kompozitoming N.F. Xayme, P.A. Rolli kabi mashhur librettochilar bilan hamkor- likda ijod qilgan damlariga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, G.F. Gendelning operalari, librettolari o‘z vaqtida nihoyatda mashhur bo'lgan - A. Salvi, P. Metastazio, A. Dzigo kabilaming librettolari asosida yozilgan.
“Temur” - G.F. Gendel yaratgan oltinchi opera bo‘lib, Qirol Konservatoriyasining oltinchi mavsumini ochib bergan. Operaning ijrosiga taniqli opera san’ati yulduzlari - Franchesko Kussoni (Asteriya), Franchesko Borozini (Boyazid), Anna Vitsenza Dotti (Iren), Djuzeppe Bosnii (Andronikos) va Andrea Pakini (Temurlan) taklif qilingan edi. Operaning birinchi ko‘rinishi Agostine Piovene librettosiga asoslangan bo‘lib, premyeradan oldin o‘zgartirilib, yangi ko'rinishda namoyish qilindi. So‘nggi ko'rinishda opera N.F. Xayme librettosi nomi bilan nashr yuzini ko‘rdi.7
Ma’lum bo‘lishicha, N.F. Xayme o‘sha vaqtda Londonda ijro etilgan ko‘plab italiyan matndagi operalami qayta ishlab, ulami pastichchiolarga moslab bergan. Shunday qilib, “Tamerlan” operasi Nikola Franchesko Xayme8 iibrettosiga asoslangan bo‘lib, o‘z vaqtida Yevropa mamlakatlarini hayratga solgan Anqara atrofidagi 1402-yilda bo‘lib o‘tgan Amir Temur va turk sultoni Boyazid yildirim 1 o'rtasidagi jangning asoratlari haqida bayon etadi.
“Tamerlan” asari G.F. Gendelning ijodini eng yuksak, opera- seria andozasidagi namunani tashkil etadi.
Operada o‘rin olgan “ishq-muhabbat” mavzusi operani dramatur- gik rivojlovida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan “muhabbat” qahramon obrazini transformatsiya etilishida muhim vazifani o‘taydi.
Operaning bosh qahramonlari - buyuk, bahaybat Amir Temur shahsiga undan qolishmaydigan, gohida undan ustun turgan jasur qahramon - Boyazid shaxsi taqqoslanadi.
Opera uch aktdan iborat bo‘lib, ulaming har biri bir necha sahnalarga bo‘lingan. Operaning “bog‘lanish” rivoji birinchi ko‘rinish- dan, jumladan, Amir Temurni Boyazidga ozodlik berishga tayyor degan istagini bildirish bilan boshlanadi. Ikki qahramon o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib, taqqoslanishi o‘zini fojiaviy yechimini III aktda topadi. Yakuniy akt butun operaning eng yorqin dramatik nuqtasini aks etib, Boyazid vafoti bilan gavdalanadi. Dramatik kuchining chuqurligi bo‘yicha o‘z vaqtida mazkur opera Romen Rollan tomonidan “katta musiqiy drama” deb izohlangani bejiz emas, albatta.
Opera librettosi tarixiy sujetga asoslangan. F. Gassparin operasi kabi mazkur operaning musiqiy dramaturgiyasini maqsadi ikki shaxsni bir-biriga taqqoslashga qaratilgan. Zero, ulami birlashtirgan
“ishq-muhabbat” rishtasi, o‘z navbatida, ulami turli qarama-qarshi turgan toifalarga, ijobiy va salbiy qahramonlarga ajratib qo‘yadi.
Shu bilan birga, aynan “ishq-muhabbat” rishtasi musiqiy drama- turgiyasini ilg‘or rivojlantiruvchi omiliga aylanadi: Boyazid Asteriya qizini - otash, otalik mehri bilan sevadi; Andronikos va Asteriya bir- biriga ko‘ngil qo‘ygan; Turkiya knyaginyasi Iren Amir Temumi sevadi, u esa, o‘z navbatida, Asteriyaga ko‘ngil qo‘ygan.
Operaning dramaturgik rivoji, o‘z navbatida, musiqiy drama- turgik tuzilish tartibini belgilab berdi. “Temur” operasida opera-seria an’anasining shartlari deyarli saqlanib qolgan. Xususan, rechi- tativlarga (“secco”, “accompagitato”) operaning harakat va voqelikni ko'rsatish yuklangan bo‘lsa-da, ari- yalarga - emotsional hissiyot doira- sini aks etishi mo‘Ijallangan.
Yagona xor sahnasi operani yakunida kelib, shunchaki, qahramon- lami umumiy an’anaviy sahnasiga aylanib qolmay, balki butun drama- ning bosh va yakuniy xulosasini chi- qarishga qaratilgan: “Yangi kun keldi. U g‘olib!”.
Kompozitor opera-seria an’ana- sidan kelgan xilma-xil nomerlarning tartibini buzmay, saqlagan holda,
ularga yangicha yondashib, dramatizatsiya borasida (rechitativlar va ariya tartibida) yangi rivojlov yo‘lini qoYlaydi (III akt).
Ma’lumki, opera G.F. Gendel tomonidan italyan tilida yozilgan bo'lib, 1925-yili Xerman Rott tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, umumiy musiqiy dramaturgiya tizimini saqlagan hoida, birmuncha qisqartirilgan shaklda qayta nashr etilgan.9 Mazkur operaning klavir nashri, ishimizning tahlil asariga asos bo‘ldi.
G.F. Gendelning asari 1985-yili Berlinda, so‘ng Gendel ta- valludining 300 yilligida (2001) Germaniyaning Xalle shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy Gendel festivalida sahnalashtirilgan. Demak, bizning tariximiz bilan bevosita bog‘liq buyuk kompozitorlarning opera-seria andozasidagi jozibali asarlarini 0‘zbekistonda ham baholi-qudrat o'rganib, teran tahlil etish nihoyatda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |