Gendelning cholg‘u musiqasi. Agar I.S.Bax ijodida vokal va cholg‘u musiqa bir teng mavqeda rivoj topgan bo‘lsa, Gendelning ijodida salmoqli o‘rinda so‘z bilan bog‘liq janrlar turadi, aynan ularda kompozitorning asosiy uslubiy qirralari o‘z aksini topadi. Xususan, muallif operalarining timsollari va ifoda vositalari kompozitorning cholg'u janrlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bu borada bevo- sita bog‘liqlik rishtalarining ko‘pligini kompozitor ijodida, hatto opera va vokal asarlarida iqtiboslar keyinchalik cholg‘u musiqa janrlari tarkibiga kiritilganini ko‘rishimiz mumkin. Uning aksi ham uchrab turadi, ya’ni Gendelning cholg‘u fuga va bir qismli concerto grossolarining oratoriyalar matni kesimida qo'llanganligini ham ko'rish mumkin.
Opera va oratoriya ustida olib borilgan ko‘p yillik mehnat yo‘li ko‘plab cholg‘u asarlar yaratishga xalaqit bermadi. Uning cholg‘u musiqasida to‘rtta yirik guruhni ajratish mumkin:
orkestr uchun bastalangan asarlar;
kamer musiqa (sonatalar, skripka, goboy, fleyta uchun triolar);
organ konsertlari;
klavir asarlari.
Gendel ijodi uchun xos bo‘lgan janrlardan biri organ, grosso, orkestrli konsertlar bo‘lgan. Aynan konsertlar bilan kompozitor keng tinglovchilar doirasi oldiga chiqishlar qilib, ularni oratoriya qism- larini orasida, antrakt vaqtida ijro qilgan. Gendelning barcha konsertlari sof saroy uchun asarlar bo‘lib, hech qachon cherkovda ijro etilmagan.
Gendelning cholg‘u asarlari qatorida katta shuhrat qozongan Concerto grosso op.3 va op.6 qayd etiladi. Bu katta hajmli asarlar ko‘pincha beshda qismdan iborat bo‘lib, ba’zida to‘rt va olti qismli,
112
hatto sakkiz qismli asarlar ham uchraydi. Agar I.S. Bax konsert turkumining ma’lum bir turini shakllantirgan bo'lsa, Gendel uning tarkibiy qismlarini erkin talqin qilishga imkon beradi va ko‘p holatda sur’at (temp) simmetriyasi asosida keltiradi: tez - vazmin -tez.
Uning concerto grossolarida ko‘pincha syuitalardan o‘rin olgan raqs qismlar - polonez, menuet, myuzet, allemanda, jiga, sarabanda kiritilib, bu borada muallif konsert, syuita, sonatalaming qismlari orasida balki katta farq ko‘rmaganidan dalolat beradi. Uning cholg'u asarlarida tasdiqlangan qismlarning shakldagi ahamiyati, tarkibli davomiylik omiliga itoat qilish kuzatilmaydi.
Demak, Gendelning cholg‘u musiqasi uchun ko‘proq syuitalik tafakkur turi xos bo‘lgan deb qayd etish mumkin. Gendelning cholg‘u musiqasining bosh kompozitsion tamoyili, jumladan, Concerto grosso kontrasti asosida tuzilgan: kirish qismining tantanali kayfiyati undagi polifonik rivojlov shiddati va kuychan lirika bilan uyg‘unlashadi. Ma’lumki, Gendelning concerto grossolari XVIII asrning 30-yillarida mashhur bo'lib ketadi. Biroq concert! grossi so‘zi undan oldin italyan davr musiqa amaliyotida qo‘llab kelingan. Yangilikka hamisha shay bo'lgan kompozitor u yashagan mamlakat, davrtalabi qilgan musiqa ehtiyojlariga tezkorlik bilan javob izlashga harakat qiladi. Italiyada Korelli asarlari, jumladan, konsertlari uning e’tiborini jalb qiladi.
Gendelning concerto grosso op.3 asari torli tarkib uchun mo‘ljailangan. Uni ikki goboy (yoki ikki fleyta) va basso continue ijro etadi. Konsertlar or.6 - faqat torli va basso continue, yakkaxon sifatida ikki skripka bosh o‘rinni egallaydi. Ko'plab konsertlar fransuz va italyan turdagi uvertyuralar bilan ochiladi. Ularda aibatta bir fugalashgan qism bo‘lib, aksariyat hollarda tez sur’atda keladi. Fugalashgan bo‘limlar uvertyuralarda ham uchraydi.
Gendelning klavir musiqasining asosiy janri sifatida syuita alohida qayd etiladi. Uning har bir o‘n to‘qqizta klavir uchun syuitalari o‘ziga xos olami va ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ayrim syuitalar tantanali organ hajmdagi prelyudiyalar bilan ochilib, o‘z ichiga jiddiy yoyilgan fugalami kiritsa, boshqalari qadimgi sonatalarga yaqin turadi, qolganlari sof raqs suyitalar sifatida keladi. Biroq ularda ramziy hoidagi klassik raqslar ketma-ketligi saqlanib qolinmaydi. Ko‘pincha Gendel asosan, ikki-uchta raqslar bilan cheklanib, turkumni boshqa asarlar bilan to‘ldirgan. Shuningdek, syuitalarda fugalashgan bo‘limlar,
variatsiyalar va badihago'ylikka asoslangan asarlar (fantaziyalar, prelyudiyalar) o'rin oladi. Asarlaming qismi uchtadan yettiga qadar asosan bir tonallikda kelishi bilan tavsiflanadi.
Kompozitoming syuitalari qatorida №7, g-moll musiqa ixlosmandlari e’tiborini qozongan. Bu katta turkum bo'lib, oltita turli xarakterdagi raqslardan tashkil topgan. Faqat uchtasiga nom berilgan. Bu: IV qism - sarabanda, V qism - jiga, VI qism - passakaliya. Birinchi uchtasi syuita turkumi uchun xos bo‘lmagan asarlardir (uvertyura, andante va allegro). Shu bilan birga, kompozitor mazkur asarlami raqslar tabiyatiga yaqinlashtirishga harakat qiladi. Xususan, andante musiqasi 4/4 o‘lchovida, allemanda xarakteriga xos ko‘ri- nishda, raqs kabi shoshmay ijro etiladi. Allegroda Gendel kuranta uchun an’anaviy bo‘lgan 3/8 o‘lchovni saqlab, unga xos jonli harakatni ifoda etadi. Faqat uvertyura raqs tabiatidan yiroq bo‘lib, uning joylashuvi, ya’ni turkumni ochib bergani tufayli kirish vazifasini bajaradi. Jiddiy va yuksak bu uvertyura fransuzcha turida bajarilgan: unda ikkita qarama-qarshi bo'limlar solishtiriladi. Biri vazmin, to‘liq akkord fakturasi bilan orkestr jarangiga hamohang bo'lsa, ikkinchisi tez tempda kelgan qahramonona ariyalarni eslatadi. Jiddiy, qat’iyatli va shiddatli harakat kontrasti ilk bor mazkur uvertyurada namoyish etilib, butun syuita turkumini kezib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |