R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 1,94 Mb.
bet20/36
Sana11.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#543765
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Prelyudiya f-tnoll (“Senga murojaat qilaman, Tangrim!”). Ushbu prelyudiyada xoral kuyi yuqori ovozga berilib, hukmronlik qiladi va shu tariqa asarning umumiy timsolini belgilab beradi. Xoral mavzusi kuychanligi bilan ajralib, yumshoq, sokin ohanglarga asoslangan. Bas ovozidagi bir tekis ritmik harakat bo‘rttirilib, musiqaga ma’lum ma’noda qat’iylik ato etadi. Asosiy kayfiyat - chuqur irodali, yuksak g‘am- dir.


jumlalarga bo‘linadi va aniq kadensiya bilan yakunlanadi; ikkinchi qism yalpi rivojlanib, ketma-ket keladi.
Ikki qismli polifonik turkumlar. Ikki qismga ajratilgan kompozitsiyalarga asosan kirish vazifasini bajargan muqaddima asar (prelyudiya, fantaziya, tokkata va fuga) bo‘lib, ular Baxdan avval yashagan kompozitorlar ijodida keng qo‘llanilgan. Aksariyat hollarda mustaqil bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan fuga, tokkata, fantaziya yoki aralash turdagi bir qismli kompozitsiyalar keng o‘rin olgan. Ular

Asarning fakturasida uchta qatlamni ko‘rish mum- kin: yuqori ovoz (xoralning bosh kuyi o‘rta registrdagi inson ovoziga o‘xshab ketadi), bas chizgisi va o‘rta ovoz - ohang nuqtayi nazaridan juda ifodaviy va ritmik harakat- chan. Shaklan ikki qismli bo‘lib: birinchi qism aniq


erkin holda prelyudiya - badihago‘ylik va fugalashgan lavhalarga tayangan. Bax ushbu an'anani buzib, ulami ikki kontrast sohalarga ajratib, bir-biriga uzviy va mantiqan bog‘liq bo‘lgan, biroq mustaqil polifonik turkumning alohida qismiarini yaratib beradi. Birinchi qismda erkin, badihaviylik tomonlar mujassam etilgan bo‘lsa, ikkinchi qismi - fugada qat’iy tashkil qilingan me’yorlar o‘rin olgan. Fuganing musiqiy rivoji mantiq va janr qonuniyatlariga amal qilib yozilgan. Fugani yozilish qonun-qoidalari Baxdan avval nemis organistlari san’atida shakllangan edi.
Polifonik turkumlarning kirish qismlari bunday qat’iy rejaga asoslanmagan. Ular organdagi erkin badiha qilish amaliyotidan kelib chiqib, hissiyotlarning erkin ifoda etilishi bilan tavsiflangan. Ular uchun xos bo'lgan jihatlar:

  1. “umumiy shakl tuzish” harakati - mahoratli passajlar, gar- monik figuralar, ya’ni akkord tovushlar bo‘ylab harakat qilishi;

  2. kichik bo’g‘inlarni sekvent rivoji;

  1. templami erkin o‘zgarishi, turli kayfiyatdagi xarakterlar bilan almashishi;

  2. yorqin dinamik kontrastlar.

Baxning har bir polifonik turkumi o‘zining betakror, badiiy, individual yechimi bilan e’tiborni qozonadi. Ulaming umumiyligi mustaqil qismlami turkum ichidagi o‘zaro bog‘liqligidadir. Bu umumiylik bir xil, umumiy tonalligi mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, “Tokkata va fuga” d-mollda - kompozitsiya yaxlitligi tokkata va fuga orasidagi ko'plab umumiy rishtalar asosida kelib chiqadi.
Tokkata musiqasi katta kuch, to‘fonlik harakatni gavdalaydi. Birinchi muqaddima tovushidanoq tinglovchilami yuqori patetik shiddat o'ziga rom etadi.
Kirish mavzusi yuqoridan (avj-manbai) “jff” jarangida, organ unisonida ko‘zga tashlanadi. Deklamatsiya, chaqiriq ohanglariga asoslangan kuy, o'zining kuchli jarangida tarannum qilinishi bois, birmuncha bahaybat va ishonchli chiqqan.
Ushbu ohang fuga mavzusi asosida ham yotadi. Minor ladli V bosqich tovushqatoridan pastga, yetakchi tonga tushish misolida buni ko'rish mumkin. 041 oltitali cho‘zimliklami to'xtovsiz ostinatoli harakati bois, fuga musiqasi birmuncha dadil, motorli va faol
79


xarakterga ega. Uning kuyi negizida tokattaning ikkinchi qismiga xos belgilar mavjud: pinhon ikki ovozlik va bir necha bor “lya” tovushini takrorida yotgan bir xil ritmik sur’at. Umuman olganda, ikki kuy bir matoning varianti sifatida qabul qilinadi (fuga kuyi - oynasimon tarzda tokattani ikkinchi boTimining aksidir).
Yanada yirikroq ko‘rinishda tokatta va fuganing birligi butun turkum misolida gavdalanadi. Asar-


ning avj pallasi fuganing yakuniy qismiga to‘g‘ri keladi - patetik xa- rakterdagi eng katta koda. Bu yerda tokattaning timsollari qaytib polifonik usullar gomofon-garmonikka o‘rin bo‘shatadi. Qayta ba- haybat akkordlar va mahoratli passajlar yangraydi. Shunday qilib, bu­tun turkum ham uch qismli ko'rinishga ega bo‘ladi (tokkata - fuga - tokkatali koda). Shuningdek, d-moll fiigasida uni tokkata bilan qardoshlik rishtalarini aniqlagan belgi - intermediyalami ko‘pligida ko‘rish mumkin.Intermediyalar asosan akkordlar va ulami sekvent rivoji bilan tavsiflanadi. Shuning evaziga fuganing polifonik usuli gomofon- garmonikka o‘tib, tokattaning badihali xususiyatiga yaqinlashib qoladi. Polifonik turkumning ikki qismlarining birlashuvi, nafaqat yaqinlik rishtalarga asoslanishi, balki aksincha, bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan musiqiy timsollarni solishtirish evaziga ham yaratilishi mumkin. Masalan, g-moll - organ turkumi shu jumladan.
Fantaziya musiqasi Baxning birmuncha jiddiy va tantanali xor asarlari - si-minorli messasi va passionlarining obrazlariga yaqin turadi. Ularda ikki kontrast emotsional olamlar taqqoslanadi, biri - fojiaviy, unda bir ovozli rechitativ akkordlari yuksak tarang tessiturada go‘yo xor va yakkaxon ovozlar ketma-ket kelishiga o‘xshaydi. Organ punkti tufayli noturg'un, noohangdor akkordlar paydo bo‘ladi, rechitativ jumlalar borgan sari dramatik shiddatga ega bo‘ladi. Ikkinchisi esa barcha ko‘rinishi bilan birinchiga qarama- qarshi. Pastki ovozni sekin vazminli harakati ostida yuqoridagilar
kamaytirilgan uch tovushlikka asoslangan lirik aytimni gavdalan- tiradi. Minor ladi, yumshoq jarang musiqaga yuqori falsafiy xususiyatlar ato etadi. U g‘amgin o‘ychan pastga harakatlanuvchi ohang bilan yakunlanadi.
Fantaziyaning so‘nggi rivoji birinchi mavzuning murakkab davomi sifatida qabul qilinadi. Umumiy jarangni dramatik shiddati ikkinchi mavzuning kichik reprizasini yuqori registrda o‘tilishi oqibatida uni birmuncha chuqurlashtiradi.
Fantaziyaning fojiaviylik tusiga qarama-qarshi dadil va jo‘shqin fuga taqqoslanadi. U raqsbop xarakterda, maishiy raqslari bilan bog‘liqlik rishtalarini ayon qiladi. Xalq ijodiyotiga yaqinlik mavzuni reprizali tuzilishida, uning yakunianuvchi ko‘rinishida, ritmik urg‘ularni davomiyligida ko‘rish mumkin. Mavzuda keng yoyilgan, “dadil” kvinta, oktava intervallarga sakramlar davomiy ritmik suratlar ortida birmuncha ko‘tarinki va dinamik timsolni yaratadi. Harakat shiddatini oshirishda ladning rivoji ham ko‘mak beradi: asosiy tonallikning tonika va dominantasiga parallel majoming tonika va dominantasi solishtiriladi.
Fuga tuzilishi reprizali uch qismlikka asoslanadi. Birinchi bo‘lagi ekspozitsiya va kontrekspozitsiyadan tashkil topadi, undan so‘ng katta o‘rtaliq qismi kelib reprizasi qisqartiriladi. Har bir yangi mavzu o‘tilishi avvalida yoyilgan intermediyalar o‘rin oladi.
C-dur organ turkumning ichki tuzilishi qo'shimcha kiritilgan 3- qism evaziga yanada kengaytirilgan. Obraz doirasini rivoji mazkur asardan ko‘tarinki tokatta patetikasidan yuksak Adagio lirikasiga qadar, so‘ng, kuchli va shiddatli Grave (Adagioning yakuniy qismi) va nihoyat, Fuganing raqsbop harakatiga o‘tadi. Tokkataning asosiy rivojlanish tamoyili - badihalikka asoslangan. U bir necha mustaqil yakunlangan bo'limlardan iborat bo‘lib, bir-biridan kuy harakati va rivojining ko‘rinishi bilan farq qiladi (bu mahoratli passajlar yoki
kuy ohanglarini sekvent rivoji, yoki akkord tovushlari asosidagi figu- ratsion harakatdan tashkil topadi).
Tokkatada aniq birlashtiruvchi mantiq mavjud: boshidan oxiriga qadar - yuksak avjgacha borib taqaladi. Ovozlarni turli registrlarda kelishi va ajrab borishi orqali umumiy fakturani tobora yo‘g‘on- lanishi kuzatiladi. Oxirgi pallada harakatga organni eng pastki tovushlari - organ pedali olinadi.
Adagioda barcha narsalar tokkataga nisbatan kontrast: minor tonallik (parallel a-moll), kamer jarang - xoral prelyudyalar ko‘rinishida, bir turdagi faktura (bosh ovoz va unga jo‘rlik bo‘lgan ovoz), bir turli tematizm, virtuoz mahorat va yorqin avj cho‘qqilarining yo‘qligi tokattaning qarama-qarshi aksidir. Butun Adagio misolida jiddiylik saqlanib qoladi. Ammo yakuniy o‘nta takt avvalgilardan tubdan farq qiladi. Musiqaning xarakteri tantanavor va tantanali bo‘lib qoladi.
Hajmli bo‘lgan to‘rt ovozli fuga keng va katta mavzuga asoslanib yozilgan. Mazkur kuy diatonik bo‘lib, raqs aytimlami o‘z ichiga qamragan 6/8 o‘lchoviga asoslangan va ma’lum jihatlari bilan jiga raqsiga yaqinlashadi. Mavzu o‘n bir marotaba o‘tkaziladi: 7 marotaba ekspozi- tsiyada, 3 marotaba qayta ishlov qismida va 1 marotaba reprizada. Shunday qilib, qayta ishlovning asosiy qismini intermediyalar tashkil qiladi.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish