Kvodlibet - qadimgi poppuri shaklidagi asar bo‘lib, o‘z ichiga ko'cha-kuyda xirgoyi qilingan quvnoq kuylar bilan chatishtirilgan asarlar ketma-ketligini tashkil qilgan. Hazil hatto taniqli invensiyaiar tarkibida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, fa-major ikki ovozli invensiyani tinglaganimizda quvonchga to‘Ia ohangli kuy har bir ovozda baralia o‘tishi, sol-major invensiyasida esa kompozitor “tovuqni qichqirishini” yaratishga intilganligi ko‘rinib turadi, si- minor ikki ovozli invensiyasi kompozitoming orkestr syuitasidan o‘rin olgan taniqli “Shutka” (“Hazil”) asari bilan parallel rishtalami o‘matishga chorlaydi.
Biroq ko‘plab namunalar qatorida jiddiy, go‘zal, dard va iztrobga boy uch ovozli sol-minor, do-minor, si-betnol-major kabi invensiyaiar ham bor. Aynan uch ovozli invensiyaiar Bax tomonidan “simfoniya” deb atalgan. Bugunda “siinfoniyalar” deb biz orkestr uchun mo‘ljallangan maxsus musiqiy shaklni nazarda tutamiz, ammo kompozitor yunoncha bu so‘z bilan “ohangdoshlik” ma’nosini bildirib, asarda barcha ovozlami harakati ohangdoshlikda kelishini nazarda tutgan.
Baxning boshqa turkumi - “Yaxshi temperatsiya qilingan kla- vir” yanada murakkabroq, mazmun va mahorat jihatdan serqirra va rang-barangdir. Bu turkumning haqiqatdan ham Bax ijodining qo- musi deb e’tirof etilishi bejiz emas. 1722-yilda yakunlangan birinchi jildning kirish qismida kompozitor quyidagi satrlami yozib qoldirgan: “Musiqa bilan shug‘ullanishga shay bo'lgan yoshlaming foydasi uchun mashqlar o‘mida, tajribaga ega bo‘lganlar uchun ko‘ngil huzuri uchun mo'ljallangan”.
Bu maqsad kompozitor uchun benihoyat muhim bo'lgan ko'rinadi, negaki, Leypsigda yashagan davrda u bu turkumning ikkinchi jildini yaratib tugatadi. Birinchi jild kabi, u yigirma to‘rtta ikki qismli polifonik asarlardan iborat bo‘lib, har biri alohida ijro etilishi mumkin. Turkumga prelyudiya va fuga kirib, ular bir tonallik ostida birlashadi. Masalan, do-major prelyudiya va fuga va h.z. Ya’ni tadrijiy ravishda xromatizm asosida butun diyez va bemol, major va minor ladlarining tonalliklari davrasi qamrab olinadi. Bunday ketma- ketlikdagi tuzilish kompozitoming badiiy amaliyotga temperatsiya tizimining barcha tonalliklarini kiritish istagi bilan amalga oshirilgan.
Mazkur tizim oktavani 12 bir xil yarimtonlarga bo‘linishini nazarda tutgan. Tabiiy tizimda klavir cholg‘usi kichik son belgili tonalliklarda jaranglanishiga mo‘ljailangan. Temperatsiya tizimi esa klavir cholg‘usini nafaqat major va minoming barcha tonalliklarida chalishni, balki modulatsiyalar orqali boshqa tonallikiarga erkin o‘tish yo‘llarini ochib berdi. Temperatsiya Baxdan avval ma’lum bo‘lgan, biroq faqat kompozitor sa’y-harakati bilan, uni badiiy amaliyotga kiritish va undan avval kam ishlatilgan ko‘p belgili tonalliklami ijro amaliyotiga joriy etilishi uchun yo‘l ochib berdi.
O‘z oldiga birinchi galda sof amaliy vazifalami qo‘ygan kompozitor asl san’atkor yondashuvidan yiroqlashmadi. U mazmunan boy va serma’no ikki qismli polifonik turkumning orasida solishtirish turlarining xilma-xil yo‘llarini inkishof qildi. Organ musiqa kabi bu solishtirish asosida erkin badihalikka asoslangan prelyudiyani jiddiy, aniq yaratish tamoyillariga tayangan fuga bilan qarama-qarshi taqqoslash usuli asos bo‘ldi. Ba’zan bu kontrast prelyudiya va fugani butkul bir-biriga o‘xshamasligi, xususan, turli emotsional, janr, tematik, kuy mavzular harakati va boshqa omillar bilan farqlanishida, ba’zan esa ular bir-biriga qardosh ohanglar rishtalari bilan bog‘- liqligida namoyon qilinadi.
Agar organ polifonik turkumlarga dabdabalik, yuqori mahorat mohirligi, konsert kenglik, monumentallik xos bo‘lsa, klavir asarlari xonakilik tabiati bilan farqlanadi. G‘oyaning chuqur va ifodaviy aksi asar markaziga qo‘ilgan. Shu bois, klavir turkumlarida boshqacha uslubiy usullar kompozitor tomonidan qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Qirq sakkizta prelyudiya va fugada Bax hech biriga o‘xshamas ifoda vositalarini mohirona ishlatadi.
Yaxshi temperatsiya qilingan klavir va kompozitoming ko‘plab klavir opuslari orasida jahon san’atining durdonalariga aylangan namunalar ko‘p. Birmuncha murakkab, shu bois, kam ijro etiluvchi polifonik asarlarini kompozitor ijodining yakuniy bosqichida Leypsigda yaratgan. Bularga partitalar, “Goldenbergli5 variatsiyalar”, “Musiqiy tuhfa”, “Fuga san’ati” kabi yuksak professional ijrochilik
mahoratiga da’vogarlik qilgan asarlar kiradi. Bu asarlar ham klavir, ham organ variantida bizgacha saqlanib qolgan. 1
Kompozitoming orkestr uchun asarlari, ko‘p bo‘lmasa-da,' ijodiy izlanishlar borasida e’tiborga loyiq. Ma’lumki, kompozitor ! hayoti davomida orkestr bilan ko‘p ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Kyotenda uning tasarrufida ajoyib orkestr bo‘lgan, shu yerlik hokim Leapold Angal-Ketenlik ham klavesin, skripka, viola da gamba cholg'usida chalgani ma’lum. Shaxsan san’at rahnamosini o‘zi turli kecha, bazm va tadbirlarda qatnashishi kutilgan. Bu tadbirlar uchun musiqani kompozitor yozib, o‘zi bu tadbirlaming rahbari bo‘lgan. Aynan shu bois, bu yerda skripka solo uchun sonata va partitalar, violonchel uchun syuitalar, orkestr uchun Brangdeburg graft buyurtmasi asosida yozilgan “Branderburg” konsertlar yaratilgan.
Bax cholg‘u asarlami kechroq Leypsigda ham yaratadi. Biroq bu yerda asosiy janrlar o‘rnida yangilari - vokal-cholg‘u janrlar ko‘tarildi. Leypsigda avliyo Foma cherkovining bosh kantori lavozimida ishlagan Baxning e’tibori tabiiy holda vokal musiqani yaratishdagi izlanishlarga qaratildi. Vokal musiqani kompozitor yoshligida yaratgan, jumladan, Amshtad va Myulxauzendagi davrda “Pasxali” va “Saylovli” kantatalar yaratgan edi. So‘ng Kyoten va Veymarda bu sohadagi tajribalarni amalga oshirgan. Biroq bu sohadagi samarali ijodiy izlanishlar aynan Leypsigda amalga oshirildi. Bu davr kompozitor ijodining eng yetuklik va yuqori mahoratga ko'tarilgan cho‘qqi davridir. Aynan shu davrda Baxning 300 ga yaqin diniy kcmtatalari yozildi. Ular cherkovda yakshanba kunlari ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lib, cherkov xizmatidan so‘ng Yevangeliyaning ayrim lavhalarini tinglovchilarga havola etib, o‘y- fikrlarni chuqur xayoliy olamga sho‘ng‘ib borishiga turtki bergan.
Kantatalar yakkaxon, xorli, aksariyati - aralash shaklda ijro etiladi. Kantatalar o‘z ichiga ariya, rechitativlar, ansambl va xorlar, orkestr va cholg‘u ansambl tarkibidagi nomerlami kiritgan. Ular mazmun va xarakter bo‘yicha xilma-xil bo‘lib, turli emotsional rang- bo‘yoqdagi hissiyotlar palitrasini namoyon qiladi. Cherkov uchun yaratilgan kantatalar bilan bir qatorda, u yigirma to ‘rtta dunyovty kantatalarning mua\Vdi hamdir. Ular ma’lum tadbir yoki to‘y sharafi uchun yozilgan bo‘lib, bayramona tadbirlarda ijro etilgan. Mazkur kantatalarni mavzusi ko‘pincha antik mifologiyasidan olingan (“Feb
va Pan musobaqasi” kantatasi xalqchil janrli va yuqori lirik janrli musiqa o‘rtasidagi baxsni ko‘taradi).
Kompozitor, shuningdek, maishiy kantatalami ham yaratgan, xususan, “Qahvachilik”, “Dehqonchilik” kantatalari shular orasidan joy olgan. Ba’zan kompozitor dunyoviy kantatalami cherkov kantatalariga alishtirgan (mashhur si-minor messasi shular jumlasidan).
Do'stlaringiz bilan baham: |