Jahongir keldi. Men shu ondayoq
jo'nadim
gaplaridi ifodalangan flkrlar bir-biriga o‘zaro bogiiq
bo‘lib , gaplarning biri ikkinchisini taqozo etadi. Bu jihatdan ular
Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim
gapidan ajralib turadi.
Demak, qo‘sh rna gap grammatik shakllangan va birdan ortiq
axborotni tashish uchun mo‘ljallangan nisbiy mustaqil sodda
gapning grammatik, seniantik, intonatsion va kommunikativ
jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Q o‘shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda
gapdan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Awalo, bu —
grammatik va intonatsion nomustaqillik.
Bahor keldi, shuning
uchun. dala ishlari qizib ketdi
qurilmasiga ergash gapli qo‘shma gap
tu sin i bergan jihat maznuiniy va grammatik taqozo etish va birdan
ortiq axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi
gapdagi mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy
zieh bog‘lanishsiz ham qo‘shma gap liosil bo‘lishi mumkin.
Osmonda
turnalarning «qurey-qurey»i
eshitilardi,
uzoqlardan
cho ‘ponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi.
Ikkinchidan,
shuning uchun
bog‘lovchisi qo'shma gap a ’zolarini grammatik
jihatdan zieh munosabatga kiritgan (Biroq bu bogiovehisiz ham
qo‘shm a gap hosil qilish mumkin:
Bahor keldi, dala ishlari qizib
ketdi.)
Ammo sodda gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo‘shma
g ap n i sodda gapga parchalab yuborishi mumkin:
Bahor keldi,
shun ing uchun dala ishlari qizib ketdi
—
Bahor keldi. Shuning uchun
dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma'lum boladiki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda
gapning
o ‘zaro zichlasliuvi
mazmun, grammatik shakl va
intonatsiya nuqtayi nazaridan bo‘ladi. Ammo bu omillar darajali
ziddiyatda turadi:
intonatsiya — grammatik shakl — mazmun
Chunki mazmuniy bog‘liqlik va grammatik shakl mavjud bo‘lsa
h a m , birlashtiruvchi intonatsiya bo'lmasa, ayrim gaplar qo‘shma
392
gapni tashkil
eta olmaydi. Amnio mazmuniy bog‘liqlik v a
grammatik aloqa bo'lm asa ham, intonatsiya asosida qo‘shma gap
hosil qilish mumkin (bogiovchisiz qo'shma gap). Sodda gaplar
asosida ajratuvchi pauza bo‘lganda, qo‘shma gapning yaxlitligiga
putur etadi. Masalan,
Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen
qarshilik qilmasliging kerak.
G aplar orasida qo'shma gapning
barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohangning yo‘qligi
sodda gaplarniag mustaqil bo'lishiga olib kelgan.
Qo‘shma gapni uyushiq kesinrli sodda gapdan, sodda va
qo ‘shma gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq
kesimli sodda gap egasi bitta, bitta umumiy ( P ra)ga ega bo'lgan
birdan ortiq kesim dan tashkil topgan gap. Misollar: 1.
Jamshid
o'qir, yozar va ch ila r edi. 2. Do ‘kondorlar do‘konlarini ochib,
mudrab o ‘tirishardi.
3 .
Qushlar tinimsiz chug‘urlashar va charx
urishar edi.
Uyushgan gap esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga,
shuningdek, bitta um um iy (P„,)li birdan ortiq kesimga ega bo'lgan
gap. Misollar: 1.
Bahor kelar, dala ishlari qiiib Icetar edi. 2. Jamshid
o ‘¿¡ir, Jahongir yozar, Isroil esa chilar edi.
3.
D o‘kondorlar savdoga
chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o ‘tirishardi.
Qo‘shma gap esa har biri o‘z ( P m)ga ega b o ‘lgan birdan ortiq
kesimdan tashkil topadi: 1.
Jamshid o ‘qirdi, Jahongir yozardi, Isroil
esa chizardi.
Substansial yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli
gap ham qo‘shm a g a p sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda
sliaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik (kesimlik) ma’nolari
birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtayi nazardan
ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo'shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gap orasida teng yoki
tobe sintaktik aloqa mavjud bo'ladi. Agar u teng bog‘lovchi
yordamida amalga osliirilgan boisa, tenglanish deyiladi: 1. O
‘g ‘lim
keldi va to'yni boshlab yubordik.
2.
Bahor keldi va dala ishlari qizib
ketdi.
To‘g‘ri, bu gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va
ularni mazmunan tobe-hokim gaplaiga kiritísh mumkin. Biroq
gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud boiganda,
formal yondashuv gaplarni teng munosabatli q o ‘shma gap sifatida
qaraydi. Shu boisdar» bog'lovchili qo‘shma gap
bogiovchiaing
tabiatiga ko'ra, bog'langan qo‘shma gap va ergash gapli qo'shma
gapga ajraladi.
Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo'shma gaplardagi
tenglashish v a tobelanishdan farq qiladi.
Bu quyidagilarda
qo'rinadi:
393
1) sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalami vujudga
keltiradi.
Aniqrog‘i, teng aloqa uyushiq boiaklarni o‘zaro
bog‘laydi: 1.
Yashil o ‘rmonlar va qorli tog'lardan o'tdik. 2. Javohir
o'qir va yozar edi.
So‘z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga
keltiradi:
kitobning varag'i, kitobni o'qimoq
kabi. Q o‘shma gapda esa
teng v a tobe aloqa bitta lisoniy birlik — qo‘shma gapning turli
ko‘rinishi uchun xizmat qiladi.
Tobe va teng bogiovchi vosita bir xil semantik munosabatni
ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma’no kuchli yoki
kuchsizligi bilan farqlanadi:
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi —
Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Har ikkala
qo‘sh m a gap a’zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati
mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz.
Gaplarning propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat
va
bog‘lovchisi buni kuchsiz,
shuning uchun
bog‘lovchisi kuchli
nam oyon qilgan;
2)
sodda gapdagi teng bog'lanish qo‘shma gapdagi teng
bog‘lanishga
nisbatan mustaqil.
Chunki sodda gapda teng
bog‘lanish uyushuvlik bilan «yoidosh». U sodda gapni kengaytirish
vazifasini bajarsa, qo'shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka
birlashtirish vazifasini bajaradi;
3) tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma’noviy
m unosabati jihatidan sodda va qo‘slima gap farqlanadi. Sodda
gapda b)og‘lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi
va uyushiq bo'Iaklarda yuz beradi.
So‘z birikmasi tarkibidagi
grammatik vositali tobelanishni bog‘lovchisizlik, vositasizlikka
almashtirib b o ‘lmaydi. Qo'shma gapda esa ergash gapli qo'shma
gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog‘langan qo'shma gap
tarkibidagi sodda gaplarni ham bog'lovchisiz gapga aylantirish
m um kin. U ning aloqa turi bogiovchisiz aloqadir.7.
Botirlari kanal
qazadi,
shoirlari g ‘azal yozadi.
(TTOl.).
2. Bor boricha, y o ‘q
holicha.3. Yaxshi otga bir qainchi, yomon otga ming qamchi.
(MaqaVJ. 4. Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
(Oyb.).
Bog'lovch isiz qo‘shma. gap tarkibidagi sodda gap o ‘zaro tobe
yoki te n g bog‘lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy
va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog‘lovchi vosita,
mazm uniy va intonatsioa birikuvclianlik omili qo‘shma gap
tarkibida yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa,
boshqalari buuing evaziga kuchayadi.
Demak, bogiovchisiz
394
qo'shina gapda bogiovchi vositaning hissasi mazmuniy va
intonatsion birikuvchanlik omili zimmasiga yuklatiladi.
ICo'rinadiki, ikki yoki undan o rtiq sodda gapning bir murakkab
hutunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy
va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‘shma gapni
tashkil etayotgan sodda g ap ohang jihatidan nxutlaq tugallikka ega
bolmaydi. Ammo mazmuniy v a grammatik jihatdan nisbiy
yakunlangan bo'ladi. B u
nisbiylik mustaqil sodda gapdagi
tugallanganlikdan farqlanadi. Qo‘shm a gap tarkibida birikayotgan
bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta’sir etmasdan
qolmaydi. Natijada yangi modal m a ’no vujudga keladi. Bu m asala
kesirnning MKSh va NICSh turi b ila n ham zieh aloqador hodisa.
Shuningdek, qo‘shma gap tarkibiy qismini bog"lavotgan bog‘lovchi
vositadagi modal ma’no ham a n a shu hosila modal m a ’noga
qorishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |