R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast, Aning



Download 0,7 Mb.
bet91/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast, Aning nash’asidin ko’ngil erdi mast -
deb she’rini boshlar ekan, shoir qanday “may”ga ishora qilayotganini “subhi alast” iborasining ma’nosi va manbaasidan bexabar odam, albatta, to’g’ri tushunib etishga qodir bo’lmaydi.
Alloh taolo bashariyat otasi Odam jismini safol yanglig’ loydan yaratib, unga o’z ruhidan pufladi.110 Shunday qilib, jisman moddiy, ammo ma’naviy kamolot qudratiga ega bo’lgan inson paydo bo’ldi.
Odam va Havvo jannatdan chiqarilgach, ularning zurriyotlari bo’lmish bashariyat ahli butun er yuziga tarqalib ketdi. Ayni shu holatni Alisher Navoiy o’z tarjebandining birinchi bandida ramziy ravishda “may” to’la ko’zaning sinib, behisob “sing’on safol” bo’laklariga aylanishi sifatida tasvirlaydi. She’rning har bir bandi chuqur majoziy mazmunni o’zida aks ettiruvchi quyidagi bayt bilan yakunlanadi:
Xarobat aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing’on safol.
Xarobot” timsoli mumtoz adabiyotimizda juda ko’p ma’nolarga ega. U ham vayrona, ham mayxona, ham mug’ dayri, ya’ni otashparastlar ibodatxonasi, ham bu foniy dunyo - asli barchasi bir narsa – xarobot. Shoir may istaydi, ammo may to’la ko’za chil-chil bo’lgan, uning qo’lida faqat bir parcha “sing’on safol” qolgan.
Ammo haqiqiy oshiq uchun may ko’zasining sinig’i - sopol parcha yuzida saqlangan bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o’zida aks ettira oluvchi vahdat mayi to’la qadah (jom) o’rniga o’taveradi, o’sha vazifani ijro qilaveradi.
Bu nima degani?
Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu yagona mohiyatni ko’z bilan ko’ra olmaydi, inson faqat uning majozini - ko’zgudagi aksini ko’rishga qodir. Majozda, ya’ni tabiat, voqelik ko’zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat (yagonalik) zohiran kasrat (ko’plik)ga aylangan, shu sababli bu voqeiy dunyo xarobotdir, vayronadir, butparastlar ibodatxonasidir, uni oshiq mayxona sifatida ko’radi, har sanamda yagona bir sanamni ko’rib unga oshiq bo’ladi.
Inson ko’ngli vahdat mayi bilan to’la bo’lgan ko’za (sabu)ning singan bir parchasi, unda bir qultum loyqa aralash may mavjud. Vahdat mayiga tashna oshiq shu may quyqasini yaxshilab tinitmog’i lozim, shundagina u yaxlit ko’zguning bir parchasi singari Haqiqat nurini o’zida aks ettira boshlaydi. Oshiq unga boqib mast bo’ladi, o’zligini yo’qotib, abadiyatga daxldor bo’lish imkonini paydo qiladi. Bunday oshiqlik-mastlik inson ko’nglidan hirsu havas zangini, xudbinlik (egoizm) zangini (ranjini, g’amini) yuvib tashlaydi. G’ayr (begona) shu xudbinlikdir, shirk shu xudbinlikka dildan joy berishdir, ko’ngil ko’zgusini bosgan zang ham ushbu xudbinlikning o’zidir.
Bu timsol va tasvirlar naqshbandiya irfoni doirasidan turib ilgari intilayotgan oshiq- shoir qalbida tug’ilib kelayotgan majoz tariqi unsurlaridir. Ular kelgusida yangi poyalarga ko’tarilish uchun qo’yilgan ilk qadamlardir. 15 yoshida keksa Lutfiyni hayratga solgan ilohiy iste’dod shu tariqa yangi ufqlarga ko’z tikmoqda edi.
3. Buyuk bobokolonimiz o’zi tuzgan birinchi devoni “Badoyi’ ul-bidoya” bilanoq turkiy tildagi she’riyatni arab va fors mumtoz adabiyotining eng peshqadam namunalari darajasiga olib



109 O’sha kitob, s. 173.
110 O’sha kitob, “Hijr” surasi, 28-29-oyatlar, s. 263.
159
chiqdi. Ammo bunday qaraganda, bu ishlar barchasi “Xamsa”ning debochasi edi, xolos. Nazarimizda, agar turkiy “Xamsa” yozilmasa, nafaqat bizning, ya’ni turkiy xalqlarning adabiyoti, ma’naviyati, balki butun islom mintaqa ma’naviyati bugungi yaxlitligi, bugungi tugalligiga ega bo’lmas edi. Shunday ekan, Navoiy ijodiy takomili ikkinchi bosqichining tayanch ustuni - shoirning shoh asari “Xamsa” desak, yanglishmaymiz. 1483-1485 yillar ichida yozib tugallangan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo’lib, Navoiyning barcha she’riy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Islom ma’naviyati namoyondalari o’z ijodlarida salaflarini inkor etish, ilgari batamom ko’rilmagan yangilik yaratishga intilish emas, balki ustozlar yaratgan ma’naviy boylikni yanada takomillashtirish, unga yangi jilo berish, ular izlagan yaxlit va buyuk Haqiqatning yangi va toza qirralarini kashf etish, mazmuniy boyitish yo’lidan borganlar. Bu tom ma’nosi bilan muqaddas an’ana bo’lib, islomning ilohiy kitobi “Qur’oni karim”dan sarchashma oladi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o’zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” an’anasi o’zining kamolini Alisher Navoiy ijodida kutayotgan edi va bu qutlug’ intizorlik benihoya ezgu samara berdi. Nizomiy, Amir Xusrav, Alisher Navoiy ruhiyatlari “Xamsa”ning ma’naviyat maydonida birlashib, yagona iqlim, yagona mohiyat kasb etdilar. Ushbu yagona mohiyat butun islom mintaqa ma’naviyatining eng buyuk cho’qqisidir.
Shoir o’zi dostonlarini “zohir yuzidan afsona” degan edi. Afsus, yaqin kunlargacha XX asr avlodiga “Xamsa” dostonlari ushbu “afsona” darajasida, yuzaki talqin etilib, tushuntirib kelindi. Bugungi mustaqillik, hurlik zamonida endi ma’naviyatimizning asl mohiyati haqida ochiq-oydin gapirish, fikr yuritish imkoniyati mavjud ekan, muammolar mohiyatiga chuqurroq kirib borish, teran tahlilga o’zimizni ham, yosh avlodni ham o’rgatib borish ayni farzdir. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o’qiladigan sahar (fajr), peshin (zuhr), asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi. Bu bejiz emas. “Xamsa” dostonlari ijtimoiy hayotni, turli toifalarning hayotdagi o’rni va vazifalarini ularning butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog’liq holda tadqiq etgan holida, undagi barcha botiniy rishtalar yana borib Tavhid e’tiqodiga ulanadi.
Xamsa” alohida bir olam. Undagi nafaqat har bir doston, balki har bir bob behudud boy mazmun va mohiyatlarni o’z ichiga yashirgan ajib tilsimdir. Aytishlaricha, me’roj tunida Muhammad alayhissalom arshi a’lo ostida qulflog’lik bir xona ko’rib Jabroildan: “Bu qanday makon?” deb so’rabdilar. Javob bo’libdiki: “Ey, rasululloh, bu makon teran ma’nolar xazinasidir va sening ummatlaring ichidagi shoirlar tili ushbu xazinaning kaliti turur”. Ushbu rivoyatdan kelib chiqib, Nizomiy o’zining birinchi dostonini “Maxzan ul-asror”, ya’ni (ilohiy) sirlar xazinasi, deb atagan edi. Ustozlari singari Navoiy ham ilk dostoni “Hayrat ul-abror”ni ilohiy kalom ibtidosi “Bismillohir rahmonir rahim” bilan boshlaydi va ushbu satrni sharhlash uchun alohida bir bob bag’ishlaydi. Komil inson tarbiyasi ushbu bobdan - undagi ajoyib ibratli tazod - “ahli qabul” va “ahli rad” tushunchalarining qiyosiy izohlaridan boshlanadi.

  1. asr ijtimoiy-ma’naviy hayotining turli qirra va jihatlarini butun ichki murakkabligi va o’zaro qiyoslari bilan qamrab ola bilgan bu dostonning birinchi maqolati Imon haqida bo’lsa, ikkinchisi Islom haqida. Navoiyning masalalarga yondoshuvi hatto ustozi va zamondoshi Abdurahmon Jomiy qarashlaridan ham ma’lum darajada farq qiladi. Ma’lumki, Jomiy o’z badiiy ijodida diniy aqidalar va tasavvuf qoidalari ta’rifiga atroflicha o’rin ajratgan bo’lib, uning “Haft avrang” (“Etti taxt”) turkumidagi “Tuhfat ul-ahror” va “Subhat ul- abror” dostonlarida namoz, ro’za, zakot, haj, uzlat, tavba, zuhd, faqr, havfu rijo, tavakkul kabi turli islomiy va irfoniy tushunchalar sharhiga alohida boblar bag’ishlangan. Navoiyning bu boradagi mulohazalaridan namuna sifatida Islom haqidagi bob oxirida berilgan hikoyat mazmuniga e’tibor qarataylik. Unda mashhur sufiy shayxi “Ibrohim Adhamning Ka’bag’a namoz bila borg’oni va Robiyai Adaviyag’a Ka’baning niyoz bila kelgoni” rivoyat etiladi. Zohidlikni ixtiyor etgan shayx har qadamida ikki rakaat namoz o’qib, 14 yil riyozat chekib, Makka shahriga etib kelib qarasa, Ka’ba o’z o’rnida yo’q. Shayxning “Ey, Alloh,” deb hayrat bilan qilgan nidosiga g’oyibdan



160
Ka’ba Robiyai Adaviyani tavof qilish uchun ketganligi haqida javob bo’ladi.111 Robiya esa tasavvufda ishq yo’lini tanlagan sufiy ayol edi. Navoiy islom va tasavvufda zuhd maqomidan ishq martabasini shu daraja yuksak qo’yadi.
Ikkinchi doston “Farhod va Shirin”ni olaylik. Nizomiy va Dehlaviy asarlarida asosan tarixiy shaxs Xusrav Parviz atrofida suhbat yuritilgan, Nizomiy shahzoda va shoh timsolida oddiy insonni tasavvur qilib, uning tantiqligi, aybu qusurlari samimiy ishqi tufayli asta-sekin barham topib, oqila Shirin ta’sirida Xusravning kamolot va fozillik kasb eta borganligini ibrat qilib ko’rsatishni niyat etgan bo’lsa, Dehlaviy ijtimoiy mavqe va muhitning shaxs ma’naviy qiyofasi va xatti -harakatiga ta’sirini ochib bergan edi. Navoiy, salaflari tajribasidan tegishli xulosalar chiqarib, shoh Xusravni butkul salbiy timsol sifatida talqin etdi va oldingi dostonlarda ideal oshiq, ammo ikkinchi darajali qahramon mavqeida turgan Farhodga asosiy diqqatni qaratdi. Ushbu o’zgarishning bosh sababi, Chin shahzodasining ma’naviyatidagi etakchi fazilat - uning o’zligi (shahzodaligi va otasi Xoqon mulkiga vorisligi)dan butkul voz kechib, pok oshiqlik va elga naf etkazish yo’lini tutganligi (toshkesar va naqqoshlik hunarini kasb qilib olganligi)dir.
Doston Farhodning arman malikasi Shirin ishqida boshdan kechirgan sarguzashtlari bayonidan iborat emas. Navoiy insonning, millatning, bashariyatning ma’naviy kamoloti haqida qayg’uradi. Shahzodaning dilda ishq bilan tug’ilishi, uning Xoqon mulkini qabul qilib olishdan ilgari sirli sandiq va undagi ko’zgu tilsimini echish qasdida Yunon safariga yo’l olishi, bu yo’lda avval ajdahoni, so’ng Axrimanni, oxiri temir tanli kamon otuvchini engib, donishmand Suqrot bilan uchrashuvga muvaffaq bo’lishi - bu afsonaviy tasvirlar ortida bashariyatning, insonning, ayniqsa, turkiy elatning, o’z mohiyatini anglab etish yo’lidagi kamolot bosqichlarini bir-bir bosib o’tishi badiiy-majoziy tasvir etilgan.
Sirli ko’zguda Farhod Shirinni emas, avvalo o’z taqdirini ko’radi. Ajdaho ibtidoiy jamoa kishisining asotir (mifologik) tafakkurida johillik va yovvoyilikni, Axriman Avesto ma’naviyatida zulmat, yolg’onchi kuchlar timsolini, kamon otuvchi temir odam esa qabilalar aro, elatlar aro ayovsiz nifoqlar davri - xudbin va beshafqat talonchilarining majoziy qiyofasini eslatadi. Ajdodlarimiz o’z ruhiyatlaridagi shunday qattol yovlarni engib, Suqrot qiyofasidagi islomgacha bashariyat erishgan ilm va hikmatni egallab, IX-XV asr islom ma’naviyatiga etib keldilar. “Xamsa” dostonlarida buningdek botiniy ma’no qabatlari ixlos bilan, salaflar ijodiga qiyos bilan izlansa, cheksiz topiladi.
“Layli va Majnun” afsonasi fors va turkiy tillarda o’nlab dostonlarga mavzu bo’lgan. Ammo ularning har biri o’ziga xos, betakror ma’no qatlamlarini ifsho etadi. Bu dostonning eng asosiy xislati - Majnun ham, Layli ham teng oshiq, teng ma’shuq. Bu doston ikki oshiq Insonning haqiqiy ishqni anglab etmaganlar orasidagi foje’ holati tasviriga bag’ishlangan deyish mumkin.
“Sab’ai sayyora” Insonning hayot va xayol dunyosidagi cheksiz adashuvlarining majoziy tasviridan iborat. Bunda yana “ahli qabul” va “ahli rad” orasidagi tazod (ziddiyat) birinchi o’ringa chiqadi. Muqbil va Mudbir, Suhayl va Jobir, Juna va Jaysur, Ma’sud va Mallu timsollari ushbu ikki guruhga mansub bo’lib, hayot sinovlaridan qanday o’tishiga qarab, “ahli qabul” saodatga, “ahli rad” esa qilmishlariga yarasha jazoga erishadilar. Ichki qissalaridagi bu timsollar asar bosh qahramoni Bahromshoh uchun ham ibrat sifatida keltiriladi. Ammo hukmdor o’z xirsu havaslarini jilovlab ola bilmaganligi, begunoh jonzotlar qonini ayovsiz to’kkanligi kasofatidan o’zi ham er yutib halok bo’ladi.
Buyuk jahongir taqdiri haqidagi oxirgi “Saddi Iskandariy” (Iskandar devori) dostoni shaklan ma’lum darajada “Xamsa” ning birinchi dostonini eslatadi. Unda ham har bobda turli ijtimoiy-axloqiy mavzudagi falsafiy mulohazalar, ibratli kichik hikoyat va hikmat-xulosa beriladi. Orada Iskandar hayotidan bir voqea hikoya qilinadi. Iskandar timsoli yaqingacha ham
E.E. Bertelьs talqiniga binoan odil shoh timsoli deb qabul qilib kelindi. Faqat Aziz Qayumov 1975 yilda nashr etilgan ushbu mavzudagi maxsus risolasida Navoiy qahramoni aslida murakkab timsol ekanini, dostonda Iskandar qiyofasi tadrijiy o’zgarishda ochib berilganini ilmiy isbot






111 O’sha kitob, s. 118-120


161

etdi.112 Yunon shahzodasi avval shohlikka o’zini noqobil deb bilgan jur’atsiz va kamtar o’smir bo’lsa, hayot va fotihlik siyosati taqozosi bilan asta-sekin o’zbilarmon va shafqatsiz istilochiga aylanib boradi va faqat o’limi yaqinlashganini sezgach, joh va kibr yo’lidagi butun urinishlari sarob ekanligini anglab etib, ko’zi ochiladi.
“Xamsa”da majoziy ishq tasvirlanadi, insonning insonga munosabatidan, ya’ni axloqiy munosabatlaridan boshlab, hukmdorning fuqarolarga va, umuman, hukmdorlikka, toj-taxtga munosabati, o’z navbatida toj-taxtning, hukmdorlik mavqeining insonga ta’siri, ya’ni insonlar hayotiga oid ijtimoiy, axloqiy munosabatlar majmui Tavhid e’tiqodi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. “Xamsanavislik” an’anasi islom mintaqa ma’naviyati takomilining badiiy tafakkurdagi o’ziga xos in’ikosi bo’lib, shunga yarasha munosabatni talab qiladi. Bu an’ana tadqiqotchidan ham, oddiy kitobxondan ham har bir dostonnning shakl va mazmuniga alohida e’tibor talab qiladi, chunki bir mavzuda yozilgan o’nlab dostonlar diqqat bilan o’qilsa, aslo bir- birini takror etmagani, balki o’zaro ijodiy bahsda yozilgani ma’lum bo’ladi. Shu sababdan har bir dostonni o’qiganda ham uning ushbu mavzu silsilasidagi o’rniga, ham har bir shoir ijodiy merosidagi mavqeiga ahamiyat qaratish lozim. Shundagina uning tamomila o’ziga xosligi va mazmun qamrovini anglab etish mumkin.
Islom mintaqa adabiyotining bu murakkab xislati, uning, masalan, Yangi davr g’arb adabiyotidan farqi XX asrning 30-yillaridayoq E.E. Bertelьs tomonidan Navoiy va Attor, Nizomiy va Dehlaviy ijodini qiyosiy o’rganish asosida ilmiy isbotlangan edi. “Xamsa” dunyosida ijtimoiy hayot tasviri inson ma’naviy takomili muammolardan ajralmas, bir butundir.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish