R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari


Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

Jismoniy va jismoniy plandagi ehtiyojlar. 
Ular odam organizmi strukturasiga 
shunchalik kuchli singib borganki, uni hayoti davomida kunlik qondirilishini talab 
qiladi. Bular harakatlanishga, tungi uyquga, ovqatlanishga, ichishga va boshqalarga 
bo ‘lgan ehtiyojlardir.
Jamiyat va yakka ehtiyojlar. 
Jamiyat ehtiyojlari katta odamlar guruhi umuman 
mamalkat aholisiga xosdir. Ular o ‘zini qondirilishi uchun o ‘ziga xos sharoitlarni talab 
qiladi. Ularni ko‘pchiligini bir odam amalga oshiraolmaydi, ular faqat jamiyat 
faoliyati, davlat yoki mahalliy hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Harbiy xavfsizlikka, jamiyat tartibini saqlash, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan 
ehtiyojlar jamiyat ehtiyojlari hisoblanadi.
Yakka ehtiyojlar shaxsiy, shuningdek o‘z kombinatsiyasiga ko‘ra, aniq 
odamlarga xos bo‘lgan iste’mol xususiyatlarni aks ettiradi. Ularni anchagina qismini 
individ mustaqil ravishda yoki xizmatlar sohasiga murojaat qilish orqali amalga 
oshiradi.
Ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar. 
Ular turli tuman bo‘lib, ko‘pgina hollarda o ‘ta 
muhim hisoblanadi va odamlarni butun ongli hayotida yo‘ldosh bo‘ladi. Ularni 
xususiyati shundaki, tug‘ma etiyojlardan farqli o ‘laroq, ko‘pgina hollarda madaniy 
muhit ta ’sirida shakllanadi va shaxsni ijtimioy statusi, m a’lumot darajasi va umumiy 
rivojlanishi bilan bog‘liq.
SHuning bilan birga ijtimioy madaniy ehtiyojlarni m a’lum qismi, masalan 
fiziologik ehtiyojlar kabi o‘ta zarur emas. Bir qism ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar 
ko‘pgina hollarda boshqalarga taqlid qilish yoki ijtimioy muhitni maqsadli 
yo‘naltirilganligi ta ’siri sababli paydo bo‘ladi. Xususan ko‘p hollarda odam ijtimoiy 
informatsiya, moda va reklama ta ’siriga moyil.
Servis faoliyati keng spektrdagi birlamchidan (jismoniy, fiziologik) tortib eng 
murakkab (bilish, m a’naviy rivojlanish) insoniy ehtiyojlarga hozir javob bo‘ladi.
2012-2016 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturini qabul 
qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi "2012-2016 
yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi 
to'g'risida" qarori doirasida yaqin besh yil mobaynida barcha xizmatlarning
164


solishtirma og'irligi YAIM dagi ulushini 55% ga yetkazish belgilab olindi. Hujjatda 
qayd etilganidek, xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005 
yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o'sgan. Buning natijasida avvalambor 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi. Axborot- 
kommunikatsiya, bank, sug'urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy 
yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur'atlar bilan 
rivojlanishiga e'tibor qaratildi.
Yangi dastur 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat 
ko'rsatish sohasining ulushni bosqichma - bosqich oshirilishini nazarda tutadigan 
2012-2016 yillarda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasining 
asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o'z ichiga qamrab 
oladi. Xizmat ko'rsatish sohasi respublikada 13 ta asosiy turlar bo'yicha taqsimlanadi. 
Ular: aloqa va axborotlashtirish, kompyuterni dasturlashtirish, moliya (bank, sug'urta 
xizmatlari va moliyaviy lizing) transport, qurilish, texnologik uskunalarga texnik 
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha, qishloq xo'jalik texnikalari, savdo va 
umumiy ovqatlanish xizmatlari, ta'lim va sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va 
boshqa xizmat turlari kiritilgan.
Yaqin kelajakda kompyuterni dasturlashtirish, shuningdek savdo hamda 
umumiy ovqatlanish xizmatlari bo'yicha eng yuqori o'sish sur'ati 2,4 barobar ortishi 
kutilmoqda. Sog'liqni saqlash, turistlik, maishiy va texnologik uskunalarga texnik 
xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar sohasida o'sish 2,3 barobar 
bo'lishi prognoz qilinmoqda. Dastur shuningdek O'zAAA ko'rsatuvchi yangi 
xizmatlar turlarini prognozlashtirilgan rivojlantirish parametrlarini ham qamrab oladi. 
Ular qatoriga kommunikatsiya (kompyuter va abonentlik terminallarini ta'mirlash), 
interaktiv televidenie, videotelefoniya, kompyuter texnikasini, mobil telefonlarni va 
boshqalarni ta'mirlash sohasidagi korxonalarda texnik xizmat servislari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2006­
2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish 
chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 17 apreldagi qarorida belgilangan mikrofirmalar 
va kichik korxonalar uchun foyda solig'i hamda yagona soliq to'lovi bo'yicha 
imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi. Shu 
munosabat bilan yangi xizmatlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra ko'rsatilgan 
soliq imtiyozlari ta'sir qiladi.
2012 yilning II choragidan boshlab qishloqjoylardagi mahallalar hududida 
maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
(sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta'mirlash bo'yicha ustalar va 
boshqalar) qat'iy belgilangan soliq to'lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi. Qarorga 
muvofiq "Mikrokreditbank" OATB mablag'lari hisobidan 2012-2016 yillarda xizmat 
ko'rsatish sohasini rivojlantirishga yo'naltiriladigan imtiyozli kreditlar 189,9 mlrd.
165


so'm deb belgilandi. Ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari xizmat ko'rsatish 
sohasining yangi obyektlarini barpo etishga, shuningdek xizmat ko'rsatishga 
ixtisoslashtirilgan amaldagi tadbirkorlik sub'ektlarini texnik va texnologik 
jihozlashga (qayta jihozlashga) maqsadli tarzda yo'naltiriladi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilning I choragida 
iqtisodiy faoliyatning barcha turlari bo'yicha bozor xizmatlarining umumiy hajmi 
10,8 trln. so'mni tashkli etgan bo'lib, bu o'tgan yildagi davrga qaraganda 12,5 % 
o'sishga ega bo'lgan. Mazkur sohaning bozor islohoti tahlili transport sektoridagi 
xizmatlarning eng yuqori joylashuvini ko'rsatmoqda. Joriy yilning I choragida uning 
solishtirma og'irligi umumiy hajmda 29,5% ni tashkil etdi. Ekspertlar buni davlatimiz 
Prezidentining 2010 yil 21 dekabr sansidagi "2011-2015 yillarda infratuzilma, 
transport va kommunikasiyalar qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi 
to'g'risida " gi qarorining O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishga qo'shimcha 
impuls deya baholamoqdalar. Transport infratuzilmasiga kiritilishi rejalashtirilgan 
($6,9 mlrd.) qo'yilmaning 48,9% - avtotransport infratuzilmasini, 22,9% - temir yo'l 
infratuzilmasini va 9,4 % - aviasion transportni modernizatsiyalashga sarflanishi 
prognozlashtirilgan.
Hukumat 
qarori 
doirasida 
avtomobil 
va 
temir 
yo'llari, 
ko'priklar 
modernizatsiyalanmoqda, avtotransport vositalari parklari, temir yo'l lokomotivlari va 
vagonlar parklari yangilanmoqda, yangi o'rta va uzoq masofaga parvoz etuvchi 
yo'lovchi kemalar o'zlashtirilmoqda. I chorakda 19,5% ulushga ega transport, 
shuningdek savdo va umumiy oqatlanish xizmatlariga O'zbekistonda ko'rsatilgan 
bozor xizmatlarining qariyb yarimi to'g'ri keldi. 2012 yilning I choragida chakana 
tovar aylanmasi hajmini 11% oshirilishi oziq - ovqat mahsulotlari, kundalik extiyoj 
mollariga bo'lgan talabning ortishi bilan izohlanadi.
Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilda respublikada 
98,4 ta chakana savdo ob'ekti hiobdan o'tgan. Supermarket, do'kon va savdo 
pavilonlarining soni 32 dan 35 ortgan. Chakana savdo obyekti va umumiy oqatlanish 
sohasiga 65 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar jalb etilgan. Ekspertlarning qayd 
etishicha mamlakatda chakana savdo hajmining ortib borishining yana bir omili 
sifatida plastik kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish tizimi dinamik sur'atlari 
bilan rivojlanishi bilan izohlamoqdalar.
Bandlikning dinamik rivojlanishi saqlanib qolgan soha - aloqa va 
axborotlashtorish xizmatidir. I chorakda ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi umumiy 
hajmining 6,8% ni tashkil etdi. O'sish esa 2011 yildagi muvofiq davrga nisbatan 
33,2% ni tashkil etgan.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish